Alyuminiy kumush-oq rangli engil paramagnetik metall bo’lib, uni shakllantirish, quyish, ishlov berish oson. Alyuminiy yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanligiga, korroziyaga chidamliligiga ega, chunki sirtda ta’sirlardan himoya qiluvchi kuchli oksid hisil qiladi. Tabiatda tarqalishi Alyuminiy Yerda tarqalganligi bo‘yicha metallar ichida birinchi, umuman kimyoviy elementlar ichida esa uchinchi o‘rinni egallaydi. Yer qobig‘idagi alyuminiyning massa ulushi 7,45-8,14% gacha deb baholanadi. Biologik ahamiyati Tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan, alyuminiy biror-bir tirik organizmdagi metaboliz jarayonlarida ishtirok etmaydi (harholda, alyuminiy ishtirokida kechuvchi biror organik jarayon hozircha aniqlanmagan). ya’ni, alyuminiy – o‘lik metalldir. Garchi, alyuminiy va uning birikmalarining toksiklik darajasi juda past bo‘lsa-da, lekin, organizmga uzoq muddat davomidagi ta’siri natijasida odam va hayvonlar tana to‘qimalariga zararli ta’sir qilishi ehtimoli yo‘q emas. Organizmga alyuminiy asosan ichimlik suvi orqali kiradi. Alyuminiyning xloridlari, nitratlari va atsetatlari nisbatan kuchliroq toksik ta’sirga ega. Alyuminiyning toksik ta’siri eng avvalo asab tizimiga nisbatan bo‘ladi. Ichimlik suvi bilan organizmga tushgan alyuminiy odatda siydik bilan yana chiqib ketadi. Bir kun davomida o‘rta yoshdagi odam siydigi bilan taxmina 15 mg alyuminiy elementi chiqariladi. Shu sababli, siydik chiqarish funksiyasi buzilgan bemorlarda alyuminiyning toksik ta’siri yaqqolroq namoyon bo‘ladi Kashf etilish tarixi va noming kelib chiqishi Alyuminiyni birnichi bo‘lib 1825-yilda Daniyalik fizik Xans Xristian Ersted tomonidan alyuminiy xloridiga kaliy amalgammasini ta’sir ettirish yo‘li bilan olingan. Element nomi alumen ya’ni, lotin tilidagi achiqtosh so‘zidan yasalgan. Dastlabki paytlarda olishning qiyinligi sababli, alyuminiy metali juda qimmat bo‘lgan. Sanoat misyosida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilguniga qadar alyuminiy oltindan ham qimmat yurgan. Skandiy – Skandiy – atom raqami 21 bo‘lgan, to‘rtinchi davrning uchinchi guruhiga mansub element. Formulasi Sc. Oddiy modda shaklidagi skandiy biroz sarg‘ish tusga ega kumush rangli yengil metall. Metall skandiyning ikki xil kristall panjara shakliga ega turi mavjud. α-Sc magniydagi singari geksagonal panjara shakliga ega bo‘lsa, β-Sc esa kubik hajmli panjara strukturasiga ega. α↔β o‘tish harorati 1336 ℃. Skandiy siyrak yer elementlari yoki, boshqacha aytganda «Skandinaviya elementlari» turkumiga kiradi Biologik ahamiyati Skandiyning biologik ahamiyati aniqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |