MARDLAR QORIQLAYDI VATANNI
14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagishlangan tadbir ssenariysi
Sahna mavzu yozilgan baner, kitoblar vistavkasi hamda gullar bilan bayramona bezatilgan.
Slaydlar namoyishi boshlanadi.
Zal va sahna bayramona bezatilgan. Zalning bir tomonida bukletlar, “VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH!, Ozbekiston oglonlari, Harbiylar hayotidan kabi sarlavhalar ostida fotokorgazma tashkil etilgan. Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq talimi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla fuqarolar yigini faollari, faxriy ustozlar va ota-onalar taklif etiladi.
Davlatimiz madyiyasi yangraydi.
Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.
2-boshlovchi: Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Ulug` anjumanda Sizni xush ko‘rdik.
1-boshlovchi: -Otkir kozli lochinlari,
Kozday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin.
Qaddi baland osmonlari,
Ona Vatan posbonlari.
2-boshlovchi: Ozbegimning nomus, ori
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Burgumisol shunqorlari.
Toza vijdon, iymonlari,
Ona Vatan posbonlari.
1-boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!
14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagishlangan
MARDLAR QORIQLAYDI VATANNI mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsizlar!
2-boshlovchi: 1992-yilning 14-yanvarida Ozbekiston Respublikasi Oliy kengashining Ozbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan harbiy qismlar va harbiy oquv muassasalari togrisdagi qarori asosida Ozbekistonning oz Qurolli Kuchlari tashkil etildi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi Vatan himoyachilari kunini belgilash togrisidagi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”,- deb elon qilindi.
1-boshlovchi:Mustaqillik yillari Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirlayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida Ozbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va tinchligimiz barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bolgan, zamonaviy, eng yangi qurol-yaroglar va harbiy texnika bilan taminlangan, mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.
2-boshlovchi:Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shaklangan qadimiy anana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bolgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.
Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
1-boshlovchi: Bugungi qutlug ayyom bilan tabriklash uchun ilk tabrik sozini rektorimiz, dotsent Faxriddin Rasulovichga beramiz. Marhamat Uztoz.
(Qoshiq va raqs.)
2-boshlovchi:
1-boshlovchi: Ular bilan umri
1-boshlovchi:
Ozbekiston chaman diyor,
Yashnar bogu bostonlari.
Oq oltin mol-kol, bisyor,
Qoriqlaydi oglonlari,
Ona Vatan posbonlari.
1 -boshlovchi: Biz uchun eng aziz dunyo ozingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro ozingsan,
Muqaddas Kaba-yu Rumo ozingsan,
Muhrimda porlagan humo ozingsan.
Qalbimiz qarida shu otli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!
2-boshlovchi: Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,
Vatan martabasi baland, zabardast,
Kozday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top, shu iahon iсhra!
Do'stlaringiz bilan baham: |