«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Bul xasta vujudimni mani o`rtadi butkul,-



Download 104,46 Kb.
bet38/43
Sana07.01.2022
Hajmi104,46 Kb.
#325561
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
« boborahim mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy tahlili»

Bul xasta vujudimni mani o`rtadi butkul,-

Ul zulfi parishon.

Ul gul yuzining ishqida man volavu bulubl,-

Ul g’unchayi xandon

Shoir xalq og’zaki ijodidan, maqol-matallaridan unumli foydalanadi, o`z asarlarini xalq jonli tiliga yaqinlashtiradi; «oddiy» so`z birikmalariga hech ikkilanmay murojaat qiladi, ularni tovlantirib, «yashirin» ma`nolarini yuzaga chiqaradi. Shoir adabiy tilimizni xalq jonli tili evaziga boyishi va yanada jarangdor, rang-barang bo`lishiga katta hissa qo`shdi:

Ko`rdimki o`shal moxliqo ofati jone,-

Guldek labi xandon.

Bir sheva bilan oldi ko`ngul sho`xi zamone

Man besaru somon.

Mashrab g’azallarida, muxammaslarida bo`lgani kabi mustazodlarida ham o`zligini – yuksak badiiy mahoratini to`la namoyish eta bildi. U yaratgan bandlar ravon va o`ynoqi, samimiy va jarangdorligi bilan kitobxonni o`ziga rom eta biladi. Insonning ruhiy kechinmalari, eng nozik his-tuyg’ulari sodda, va ayni zamonda juda ta`sirchan misralardan o`quvchi ko`ngliga ko`chadi. Bu jarayonda mahorat bilan tanlangan qofiya va radiflarning, xalq jonli tiliga xos bo`lgan va shoir tomonidan mohirlik bilan ishlatilgan “tayyor” quyma birikma iboralarning (A.Abdug’afurov) ta`sirchanligi katta.

Mashrab merosida, ayniqsa, mustazodlarida “shiru shakar” (mulamma) uslshubida yozilgan mustazod namunalari ko`p uchraydi. Jonli o`zbek va tojik tillarida yozilgan bu ishqiy mustazodlar juda o`ynoqi, ravon va ta`sirchan bo`lib, o`quvchilarga badiiy zavq bag’ishlaydi:

Shirin suxanu mohi bashar, huri liqoe, -

Husn ahliga sardor.

Jonimni halok etmak uchun turfa baloe,-

Ul zolimi xunxor.

Bundan tashqari mustazodlarda “Ko`p bisyoru bisyor”, “la`li shakarbor”, “xush raftori zebo”, “kokul bila gisularidir anbari soro”, “shiri suxan, pista dahan”, “jomsi gulgun” kabi quyma iboralar ko`p uchraydi.Shoir yor ta`rifida bor mahoratini ishga soladi, uni alqashdan, ta`riflashdan charchamaydi.



Xalq sevgan shoir o`zining mustazodlari bilan o’quvchining butun borlig’ini o’ziga jalb qilishi ham, katta mahoratdan dalolat beradi. Sharq mumtoz adabiyotning zo’rligi ham ana shunday chiroyli, maftunkor o’xshatishlarni yartishidadir. Mumtoz adabiyotimizning ko’p ijodkorlari betakror she’riy san’atlarni kashf etib, shu orqali nafaqat o’z yurtida, balki jahon miqyosida o’z o’rnini topdi.

Boborahim Mashrab o’zbek mumtoz she’riyatiga yangi ruh va o’ziga xos ijodiy nafas olib kirgan ulkan san’atkordir. Mashrab she’riyati o’zining samimiyligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Bu she’riyat haqiqiyShoirshaxsi va qismatini mukammal bir tarzda namoyon etishi bilan ham e’tiborga molikdir. Undagi mazmun kishilar baxtli umr kechirishni targ’ib va tashviq qiladi. Qalblardagi dardlarga malham bo’ladi. Millonlab odamlarni ezgullik tomon chorladi va chorlayapti.


XULOSA

“Mashrab so`zining har bir harfi ezgulik, yorg’lik, nur ro`nolik ramzi. Men o`zbek mardumning o`zini ham aynan Mashrab qiyofasida ko`raman. “Mashrab bo`lib kelmakdasarpoychan O`zbekiston...”deganida shoir Aziz Said chandon haq. Mavlono Rahimbobo o`zbegim singari taqvo sohibi, samandar, qaqnus, rind, darvesh, yalangto`sh, sarpoychan, shoh, hotam...O`zbegim singari toshqin daryo...O`zbegim singari “dardnoma”, jarohatxona”, “hasratxona”, “motamkada”(N.Komilov)...So`nggi yuz yil davomida Mashrab bobo ham o`z xalqi bilan birga mustamlakachilik zug’umlarini boshidan kechirdi,mash`um ateizm ofatiga duchor bo`ldi, shaxsga sig’inish balosiga mubtalo qilindi...

Va nihoyat!...Asrlar davomida orzu qilib kelingan muhtasham Mustaqillik diyoriga qadam qo`ydi” deb yozadilar G’aybulloh as-Salom. Haqiqatan ham Istiqlol tufayli Mashrab asarlar qayta-qayta nashr etildi, tadqiq etildi va etilmoqda.

Aslini olganda, Boborahim Mashrab nomi bizning maqtovlarimizga, ta’rifu tavsiflarimizga muhtoj emas. Buyuk shoir o’z zamonasidayoq cheksiz shon-shuhratga ega bo’lgan, shoirlar shohi deb nom olgan, tug’ma iste’dod sohibidir. U kamdan-kam uchraydigan, hayotda o’zidan o’zi zohir bo’ladigan ilm – ilm-ul Laduni deb ataladigan ilohiy marhamatga erishgan nodir insondir. Uning muxlislari orasida devonayu qalandardan tortib, sultonlargacha bor edi. Uni fuqarodan tortib xonlargacha o’ziga pir qilishni orzu qilar edilar. Uning qobiliyatidan nafaqat oddiy xalq, ilm ahli, hatto fikru zakovati qilni qirq yorib yubora oladigan donishmandlar ham hayratga tushganlar.

Mashrab – qalandar shoir. U jismini, vujudini xalqqa bergan qalandar. Mashrab o`zini baxti qaro xalqning podshosi deb e`lon qiladi.U she`rlarida zaminiy dardni – ijtimoiy haqsizlik va adolatsizlik dardini ilohiy dard – ruhning qiynoqlari dardi bilan qo`shib bayon etadi.

Afsuski, Mashrabni butun dunyo bilgani, g’azallarini, uning haqidagi qissa va hikoyatlarni sevib o’qigani, eshitgani holda uzoq yillar davomida biz shoir­ning hurmatini, izzat va ehtiromini joyiga qo’ya olmadik. Ayniqsa, so’nggi yetmish yil mobaynida imkoniyatlarimiz katta bo’lgani holda Mashrab ijodi yetarlicha targ’ib qilinmadi. Shukrki, Istiqlol bizni jaholat va g’ofillikdan ozod etdi. O’tmish allomalarimiz merosiga munosabat tubdan o’zgardi. Jumladan, Boborahim Mashrab shaxsi va ijodiga ham.

Shoir asarlarida tarannum etilgan g’oyalar barcha zamonlar uchun ahamiyatli bo’lib, bugungi iistiqlol mafkurasi uchun xizmat qiladigan umumbashariy masalalarga murojaat ham Mashrab ijodida talayginadir. Jumladan, adib boshqa janrlar qatori mustazod janrida ham ijod qilganki, ularning soni yigirmadan ortiq bo’lib, yuqorida ko’rib o`tganimizdek turli mavzularga ijod qilingan. Adib goh Ollohga murojaat qilsa, goho Payg’ambarimizdan madad so’raydi va ba’zan ma’shuqaga ishq izhor qiladi. Adib tomonidan ijod qilgan mustazodlarning asosiy mavzusini ishq, sevgi, sadoqat, muhabbat kabi go’zal insoniy tuyg’ular tarranum ettilgan. Mashrab mustazodlarida tasvir badiiy, tili sodda, vazn ravon va o`ynoqi, mana shu jihatlar shoir mustazodlarini xalq qo`shiqlariga yaqinlashtiradi, xalq yuragini zabt eta olish xususiyatiga ega.

Mustazoddagi g’oyaviy-mavzuviy umumiylik, obrazlar tizimi, badiiy tasvirlash vositalari, lirik qahramon va uning xususiyatlari masalalari, shuningdek, qofiyalanish usuli, matla` va maqta, baytlar soni va boshqalar uni g’azal bilan o`xshashligi bor deb aytishga imkon beradi. Biroq g’azal aruzning juda ko`p bahrlarida yaratilgani holda mustazod hazajning hazaji musammani axrabi mak­fufi mahzuf vaznidagina yoziladi. Bu vazn aruzning yanada o`ynoqi, tovlanuvchi bir vazni bo`lib, she`r o`quvchi qalbida o`ziga xos kuchli to`lqinlanish, hayajon hissiyotini paydo qiladi. Vazn oxiriga yana ikki ruknning qo`shilishi qalb to`lqini, qaynoqligini yanada oshirgan. Bundan tashqari, mustazod ohangi maqomlar ohangiga juda mos tushadi. Mustazod mana shu xususiyatlari bilan shoirlar va tinglovchilar, maqomchilar va shinavandalar orasida alohida shuhrat qozonib kelmoqda.

Boborahim Mashrabdan bizgacha yigirmadan ortiq mustazodlar ma’naviy meros bo’lib qolgan. Ularning ko`pchiligi ishqiy mavzuga yozilgan bo’lib, ma’shuqani portereti va nozu karashmalari, go’zalligi o’z ifodasini topgan, ko`pchiligida ishqi ilohiy kuylangan. Ayrimlarida shoir ayrim nokas kishilar kecha va kunduz toat ibodat bilan shug’ullansa ham, Payg’ambarimiz sunnatiga rioya qilmasdan tama’girlik, bid’atchilik bilan shug’ullanadigan, kimsalarni insofu adolatga chorlagan. Adibning mustazodlari bugungi tinch zamonamizga raxna solayotgan ayrim iymonsizlarga ham qaratib aytgan desak bo’ladi. Chunki shoir zamonida bo’lgan tama’girlik hozirgi kunda ham ba’zan bo’lib turgani, achchinarli holdir. Shoir yuqoridagi misralari orqali bugungi avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan, uni o’rganib, aniq xulosalar chiqarib, ezgulikni tatbiq ettishni istagan. Biz yoshlar va adabiyotshunoslarning vazifasi shunday ajoyib g’oyalarni targ’ib qilishdir.

Boborahim Mashrab tomonidan bayon etgan mustazodlardagi g’oyalar kitobxonni ezgulikka chorlab, chiroyli umr kechirishni uqtiradi.Shoirorzu qilgan zamon bizga nasib qildi. Inson borliqni aziz va mukarramidir, aqlu zakovat egalari buni yaxshi biladilar. Boborahim Mashrab shunday buyuk ijodkorlar sirasiga kiradigan, dardli shoir edi. Mashrab mumtoz adabiyotimiz tarixida o`ziga xos uslub yarata oldi; uning eng yaxshi asarlari, jumladan, mustazodlari yuksak badiiyligi va nafisligi, jo`shqinligi va nozikligi, o`ynoqiligi va ravonligi, soddaligi va engilligi bilan ajralib turadi.

Mashrab o`z davrining ilg’or mutafakkiri darajasiga ko`tarila oldi va g’azallari, mustazodlari orqali targ’ib qilgan g’oyaviy fikrlari ma`rifatga, bilimga intilgan, zulmga qarshi chiqqan kishilar uchun nazariy manbalardan biri sifatida xizmat qildi.

Boborahim Mashrabning qarashlari ilmiy va tarixiy ahamiyatga egadir. Mashrabning qarashlari inson va jamiyat rivoji masalalarida ham qimmat kasb etadi.

Mashrab boy va ko`p asrlik adabiyotimiz tarixiga nihoyatda jo`shqin, jarangdor va ta`sirchan lirik asarlarning – muxammas, g’azal, musabbaa, mustazod kabilarning muallifi, o`z davri qator illatlarini, riyokor arboblarning pastkash tabiati va yaramas qilg’uliklarini fosh etuvchi isyonkor shaxs sifatida kirdi va sezilarli iz qoldirdi. U hayotiy, dunyoviy, ilohiy lirikaning mazmunan chuqurlashuvi va shaklan boyishiga, adabiy tilimizning xalq jonli tili evaziga yanada rang-barang va jarangdor bo`lishiga, badiiy san`atlarning mukammallashuviga katta hissa qo`shdi.

Mashrabning hayotlik vaqtidayoq keng tarqala boshlagan asarlari keyingi davrlarda yanada shuhrat qozondi, uning merosi ko`plab nusxalarda xalq orasiga tarqaldi, qator shoirlar, adiblar ijodiga o`z ta`siri ko`rsatdi. Nodir va Qoriylar, Ravnaq va Dilshodlar, Furqat, Muqimiy, AndaliblarShoirg’azallariga muxammaslar va tatabbular yaratdilar, Mashrab nomini zo`r hurmat va ehtirom bilan tilga oldilar.Shoir merosining eng yaxshi namunalari endilikda xalqimizning aziz va sevimli ma`naviy mulkiga aylanib qoldi.



Download 104,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish