24-§. Afinada demokratiya
1. Afinada qaysi organ yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag' ajratish to'g'risida qaror qabul qilar edi?
A) Xalq majlisi B) Xalq sudi
C) Xalq kengashi D) Oqsoqollar kengashi
2.Qonunni arzimagan darajada buzganlik uchun ham Drakont qanday jazo belgilagan?
A) Surgun B) Qamoq C) Jarima D) O'lim
3. Kimning hukmonligi davrida Afina eng qudratli davlat bo'ldi, mamlakatda demokratiya ravnaq topdi?
A) Leonid B) Miltiad C) Solon D) Perikl
4. Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, markaziy maydon nima deb yuritiladi?
A) Forum B) Senat C) Agora D) Villa
5. Afinaliklar qaysi qonunga "siyoh qolib, qon bilan yozilgan deya ta'rif berishgan?
A) Solon qonunlari B) Xammurapi qonunlari
C) Perikl qonunlari D) Drakont qonunlari
6. Necha yoshga to'lgan fuqarolar Afinada Xalq sudi faoliyatida ishtirok etar edilar?
A) 10 yosh B) 20 yosh
C) 30 yosh D) 40 yosh
Do'stlaringiz bilan baham: |