Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Makroelementlar –hayvon me‟yorda yashashi uchun zarur mineral moddalar, 
ular mikroelementlarga qaraganda ko„proq talab etiladi. 
Kalsiy.  Barcha  mineral  moddalarga  nisbatan  hayvon  tanasida  ko„proq 
uchraydi; 99% kalsiy skelet va tishda bo„ladi; suyak kuli 38% kalsiy, 17% fosfor va 
1% magniydan iborat. Suyak tarkibi bir xil bo„lmay organizmga mineral moddalar 
tushishi va vitamin D ga bog„liq. 
Yosh  organizmda  kalsiy,  fosfor  yoki  vitamin  D  yetishmasa  suyaklashish 
yaxshi kechmaydi, raxit ro„y beradi;  suyaklar qiyshayadi, bo„g„inlar yiriklashadi; 
voyaga  yetgan  hayvonlarda  suyaklar  yumshoqlashadi  –  osteomolyasiya  hodisasi 
bo„ladi.  Ko„pincha  mineral  moddalar  almashinuvining  buzilishi  sersut  sigirlarda 
uchraydi; oxirgi dum umurtqalari yumshaydi yoki butunlay yo„qolib ketadi, tishlari 
qimirlab qoladi. 
Sersut  sigirlar  paraqalqon  bezi  faoliyati  buzilishi  u  ishlab  chiqaradigan 
gormonlar  suyakdan  kalsiy  va  fosforning  chiqishini  kuchaytiradi  va  tuqqandan 
tug„im parezi kasalligiga  duchor bo„ladi; qonda kalsiy keskin kamayib ketadi, sigir 
qaltiraydi, ba‟zan xushi ketib, shol bo„lib qoladi. 
Mineral  moddalar    almashinuvining  buzilishi  tovuqlar  suyagi  va 
tumshug„ining yumshashi, oyoqlar qiyshayishi, tuxum po„stlog„ining yuqalashishi 
va tuxum mahsuldorligi pasayishiga sabab bo„ladi. 
Kalsiy  manbai  bo„lib  ko„k  o„tlar,  ayniqsa  dukkakli  o„tlar  va  suyakka  boy 
hayvonot oziqalari – baliq, suyak, go„sht-suyak uni, va sut hisoblanadi. 
Amalda  qishloq  xo„jalik  hayvonlariga  mineral  oziqa  qo„shimchasi  sifatida 
bo„r, maydalangan oxaktosh, dikalsiyfosfat beriladi. 
Mineral qo„shimchalarni yedirishda organizmga tushayotgan kalsiy va fosfor 
nisbatiga  e‟tibor  berish  kerak,  aks  holda  xunuk  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin. 
Hayvonlar ratsionida  kalsiyning fosforga nisbati 1,2-2:1 ga bo„lish ma‟qul. 
Fosfor.  Tananing  80%  fosfori  suyaklar  va  tishda  bo„ladi;  qolganlari 
fosfoproteinlar,  nuklein  kislotalar  va  fosfolipidlar  tarkibida  bo„ladi.  U  uglevod  va 


 
58 
energiya  almashinuvida  muhim  o„rin  tutadi,  hamda  geksozafosfatlar  va 
adenozinfosfatlar tarkibiga kiradi. 
Fosfor  almashinuvi  kalsiy  almashuvi  bilan  bog„liq  ya‟ni  uning  yetishmasligi 
yosh  hayvonlarda  raxit,  voyaga  yetganlarida  osteomolyasiya  kasalligini  keltirib 
chiqaradi. Fosfor yetishmasligi,bo„g„inlar qisirlaydi, muskullar bo„shashadi, o„sish 
sekinlashib,  sut mahsuldorligi pasayadi; fosfor yetishmasligining belgisi  ishtahani 
yo„qolishi:  hayvon  yog„och,  suyak  va  lattalarni  va  yeb  bo„lmaydigan  narsalarni 
chaynaydi.  Shuningdek  fosfor  yetishmasligini  qonda  uning  me‟yorini  
kamayishidan  bilsa bo„ladi. 
Qoramollarda  fosfor  yetishmasligi  yem  oziqalarni  kam  iste‟mol  qilganda  ro„y 
beradi, qo„ylarda  bu hol kam kuzatiladi, chunki yaylov o„tlari tarkibida fosfor ko„p. 
Fosforga  sut, boshoqli  donlar, baliq  va  suyak  uni  boy  hisoblanadi;  pichan  va 
somonda fosfor kam. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish