VII.4. Tuxumlardan jo‘ja ochirish.
Tuxumdan jo„ja ochib chiqishi uning tarkibidagi murtakning rivojlanishini
ta‟minlashni taqozo etadi. Bu jarayon tabiiy sharoitda kurk mokiyon
parrandalarning tuxumning embrion rivojlanishi davrida bosib yotishi bilan
ta‟minlanadi. Hozir ham shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda jo„jalar kurk tovuqlar
yordamida ochiriladi. Bunday instinktga faqat mahalliy tovuqlar ega bo„lib, zotli
tovuqlar bu odatdan mahrum, yoki seleksiya natijasida ushbu fe‟l yo„qotilgan.
268
Sanoat parrandachiligida jo„jalar albatta inkubator yordamida ochiriladi, bu
usul ma‟lum davrda, xohlagancha jo„ja olish imkonini beradi.
Inkubatorlarda murtakning mo„tadil rivojlanish uchun zarur bo„lgan tabiiy
rivojlanishga xos sharoitlar yaratilgan.
Tuxumning sun‟iy ravishda ochirishga kishilar qadimdan qiziqqan, dastlab
Osiyo mamlakatlari va Misrda, keyinchalik Yevropada shunday ishlar amalga
oshirilgan, ya‟ni sun‟iy jo„ja ochirish tabiiy manbaalardan foydalanib amalga
oshirilgan. XV asrdagina issiq suvdan foydalanib jo„ja ochirish Gollandiyada
amalga oshirilgan. Birinchi inkubator XVII asrning ikkinchi yarmida A.G.Bolotov
tomonidan yaratilgan. Faqatgina XIX asrning oxirida elektr inkubatorlarining
kashf qilinishi haqiqatan ham parrandachilikda butunlay yangi davrni ochib berdi.
Dastlab oddiy, keyinchalik esa «Rekord», «Universal» tipidagi to„liq
avtomatlashtirilgan
sanoat
inkubatorlari
yaratildiki,
bu
hol
sanoat
parrandachiligining rivojlanishiga katta turtki bo„ldi. Inkubasiyalash tuxumlardan
sun‟iy ravishda jo„ja ochirish demakdir.
Shkafli rusumdagi inkubatorlarning yuqori tarnovlariga murtagi yetarli
rivojlanmagan, pastkilariga murtagi yaxshi rivojlanmagan tuxumlar teriladi.
Barcha rusumdagi inkubatorlarlarda xohlagan turdagi parrandalar tuxumidan jo„ja
ochirish mumkin.
Inkubatsiyaning muvaffaqiyati inkubatorlarning to„g„ri tayyorlanganligi va
tuxum sifatiga bog„liq, hamda inkubatsiyalash davomida jarayonlarini andozalar
asosida ta‟minlashdan iborat. Inkubatorga yangi tuxum qo„yilishdan oldin obdon
tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi. Tanlab olingan novaga teriladi va gaz bilan
ishlanadi. Tuxumlar butun, toza bo„lishi va albatta otalangan bo„lishi kerak.
Inkubatsiyalarning dastlabki davrida yuqori darajada isitish va namlikni saqlab
kolish; o„rtasida o„rtacha isitish, past namlik va havo almashinuvi ko„paytirish;
jo„ja chiqishdan oldan esa haroratni pastlatib, namlik va havo almashinuvi
oshiriladi.
Inkubatsiya tuxumlarini tanlashda parranda turi va zotiga mos o„rta
kattalikdagi, to„g„ri shakldagi, shikastlanmagan, po„stlogi qattiqligi va tozaligi
inobatga olinadi.
Yangi tuqqan 1-2 kunlik, ba‟zi hollarda boqish va asrash sharoitlari
me‟yordagi galalardan esa 3-4 kunlik otalangan tuxumlar ham inkubatsiyaga
qo„yilishi mumkin. Barcha inkubatsiya tuxumlari ovoskopda tekshirib ko„riladi va
to„liq otalangan tuxumlarni inkubatorga qo„yish kafolati beriladi.
Qo„shimcha sarig„i bor, sarig„i ajralib ketgan, po„sti siniq, uzunchoq va
dumaloq tuxumlar inkubatsiya uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Otalangan tuxumda mo„rtak budadi, ulardan jo„ja chiqishi me‟yor talablariga
javob berishi kerak, yoki ushbu ko„rsatkich qo„yilgan tuxumga nisbatan ochib
chiqqan jo„jalar foizi bilan belgilanadi.
Tuxumlarni inkubatsiyalash jarayoniga qator omillar ta‟sir etadi. Inkubatsiya
tuxumi olinayotgan erkak va urg„ochi parrandalarning qarindoshligi, tovuqlar
269
yoshining 8 oylikdan kam bo„lishi, mokiyonlarning tullashi, ularning ratsionidagi
oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar bilan ta‟minlanish darajasiga bog„liq.
Inkubatsiya tuxumlarini saqlash xonalarida harorat 8-12 ºS, nisbiy namlik 75-
80% ni tashkil qilishi kerak.
Tuxumlarni inkubatsiyalash davrida uning ichida harorat 37,4-37,5ºS va jo„ja
ochib chiqish paytida esa 37,0-37,2ºS, nisbiy namlik inkubatorda 50-55%; jo„ja
ochish shkafida esa 70-75% bo„lishi talab etiladi.
Inkubatorda haroratning muntazam me‟yordan past bo„lishi jo„ja ochishni
kechiktiradi, aksincha haroratning keskin oshib ketishi; 41ºS dan yuqori bo„lishi
murtakning o„limiga sabab bo„ladi.
Inkubatorlarda nisbiy namlikning me‟yordan past bo„lishi embrionning ko„p
namlik yo„qotishiga sabab bo„lib o„limga olib keladi, agar namlik oshib ketsa
tuxumdan namlik ko„tarilishi to„xtaydi, natijada tuxum po„chog„ining ustida
mikroorganizmlar rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning oqsilini buzadi.
Inkubatorda me‟yordagi havo harakati inkubatsiyalashga ijobiy ta‟sir
ko„rsatadi havo almashinuvi natijasida inkubator ichida 20,8% kislorod va 0,3%
karbonat angidrid gazi nisbati ta‟minlanadi.
Tuxumning tarnovlar yordamida inkubator ichida ag„darib turish ham tuxum
sarig„i embrionini po„choqqa siqib qo„yishidan saqlaydi, aks holda po„choqqa
yopishgan murtak ko„rib rivojlanishdan to„xtaydi.
Inkubatorlarda tuxum issiq havo bilan isitiladi, davriy ravishda o„zgarib
turadi. Inkubatsiyalashning 1-10 kunlarida tuxum yuzasidagi harorat 38,5-38,8ºS,
11-16 kunlari 37,5-38,6ºS, 17 nchi kundan 21 nchi kungacha 37-37,5 ºS dagi
harorat ushlab turiladi.
Inkubatsiyalash davomida havoning namligi dastlabki 5-6 kunda me‟yorda
ekanligini tuxum vaznining 0,5-0,6 % kamayganligi bilan aniqlanadi.
Inkubatsiyalash jarayonida uning me‟yorda kechayotganligini bilish uchun
biologik nazorat o„rnatiladi. Unda embrionni rivojlanishi quyidagicha kechadi:
ovoskop yordamida inkubatsiya tuxumlarini yoritib murtakning rivojlanishi
baholanadi; tuxumlarning vaznini kamayishini tortib ko„rishi; dastlabki jo„ja ochib
chiqish bilan uning oxirigicha bo„lgan vaqtni aniqlash; ochib chiqqan jo„jalarni soni
va sifatini aniqlash, palagda tuxumlarning barchasini ochib ko„rib embrionni o„lish
sabablarini aniqlash.
Ovoskop yordami inkubatsiyalanayotgan tovuq tuxumlari 6 nchi, 11 nchi va
19 kunlari; kurka va sesarka tuxumlari 7,13 va 25 kunlari, g„oz tuxumlari 8,15, 28
kunlari tekshiriladi. Buning natijasida otalanmagan embrion nobud bo„lgan
tuxumlar chiqarib tashlanadi.
Tuxumlarning vazni birnecha marta tortib ko„riladi , unga qarab embrionda
modda almashinuvi natijasida rivojlanishi vaznining kamayishi aniqlanadi.
Tuxum vazni butun inkubatsiyalash jarayonida me‟yorda 11-13% ga kamayadi.
Tortib ko„rish tovuqlarda inkubatsiyalashning 6 nchi, 12 nchi va 18 nchi, boshqa
parrandalarda esa 24inchi kunlari ham o„tkaziladi.
270
Inkubatsiya davri tovuqlarda 21 kun, o„rdak va kurkalarda 28 kun, g„ozlarda
30-31 kun, bedonalarda esa 17-18 kunni tashkil qiladi. Tovuqlarda tuxumdan
jo„jalar chiqishi 1 kunda, boshqa qishloq xo„jalik parrandalarida esa 2 kungacha
davom etadi.
Tuxumlardan jo„ja chiqish me‟yorda tovuq tuxumlarida 85%, o„rdak
tuxumlaridan 80% tashkil etib, o„rdak , g„ozlarda bu ko„rsatkich pastroq bo„ladi.
Jo„jalarning sog„lomligi harakatchanligi, ko„zining tiniqligi, tumshuq va
oyoqlarining rangidan, parlarining yaltirikligiga qarab aniqlanadi.
Jo„jalar tuxumdan chiqib bo„lgandan keyin asl jo„jalar o„stirishga o„tkazilib,
nuqsonli jo„jalarda go„sht-suyak uni tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |