Bo‘g‘oz cho‘chqalarni saqlashga alohida e‟tibor beriladi. Ular 40-50 boshdan
guruhlab, yayratib saqlanadi. Ular ratsionining 65-70 % yem va 30-35 % ko„k va
dag„al oziqlardan tashkil topadi. Ularga yetarli miqdorda vitamin va mineral
moddalar yetkazib berilishi kerak. Ushbu maqsadda bo„g„oz cho„chqalarga 20 %
bo„r, 40 % osh tuzi va 40 % suyak unidan iborat mineral aralashlar yedirish ijobiy
natijalar beradi . Iloji bor xo„jaliklarda ularni ochiq maydonchalar va yaylovlarda
asrash yaxshi natijalar beradi.
Bo„g„oz cho„chqalar tug„ishiga 10 kun qolganda ona cho„chqalar
cho„chqaxonasiga o„tkazilib tuqqanga qadar 5-6 tadan guruhlab saqlanadi, tug„ishga
3-4 kun qolganda ratsion 30-40 % ga qisqartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |