233
VI BOB
CHO‘CHQACHILIK.
Cho„chqachilik chorvachilikning muhim sohasi bo„lib, insonlar uchun muhim
oziq- ovqat hisoblangan go„sht va sanoat uchun xom-ashyo manbai hisoblanadi.
Cho„chqa go„shti tarkibining boyligi va to„yimliligi bilan boshqa go„shtlardan
ustun turadi, shu boisdan jahonda ishlab chiqarilayotgan go„shtning 40% dan
ko„prog„i ushbu go„shtga to„g„ri keladi. Mamlakatda go„sht muammosini hal
etishda ushbu soha alohida o„rin tutadi, chunki cho„chqalardan qisqa paytda (114-
116 kun) bola olib, ularni jadal o„stirib va bo„roqilash bilan 7-8 oyligida (100-110)
go„sht uchun so„yish mumkin. Bir ona cho„chqadan bir yilda 2 marta, har tuqqanda
10-12tadan cho„chqa bolasini olish natijasida bir yilda 20 ta cho„chqani go„sht
uchun o„stirib 2000 kg go„sht yetishtirish mumkin. Cho„chqa go„shti yetishtirish
iqtisodiy jihatdan ham samarali hisoblanadi, yoki 1 kg qoramolning semirish uchun
10 oziqa birligi, 1 kg qo„yni semirish uchun 12-15 oziqa birligi sarflanganda 1 kg
cho„chqa vazni qo„shish uchun 5-6 oziqa birligi kifoya qiladi. Bundan tashqari
cho„chqalarni turli xo„jalik sharoitlarida o„stirib, bo„rdoqilash mumkin, chunki turli
xil oziqalarni yeb arzon go„sht berish qobilyatiga ega.
Ayniqsa ular sanoat va oziq ovqat chiqindilari, o„simlik oziqalaridan ham
samarali foydalanadi.
Cho„chqalar go„shti to„yimliligi bilan bir qatorda muhim texnologik
xususiyatlarga ega bo„lib, ularni uzoq muddat saqlash va noyob go„sht mahsulotlari
ishlab chiqarish mumkin. Mamlakatimizda cho„chqachilikni fermer, dehkon va
shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Buning uchun ixtisoslashgan yoki chorva fermer xo„jaliklari evaziga sohani
tashkil qilish mumkin. Buning uchun hokimliklar, joylardagi mahalliy ma‟murlar
eski faoliyat ko„rsatmayotgan cho„chqachilik fermalarini ishbilarmonlarga bepul
(Investisiya kiritish) berish yo„li bilan sohani tiklash mumkin. Shuningdek,
fermerlar, dehqon va shaxsiy yordamchi xo„jaliklarga imtiyozli kreditlar berish,
ularga yetarli miqdorda yem va boshqa zarur qo„shimcha oziqalar bilan
ta‟minlashda ko„mak berishlari kerak.
“O‟znaslxizmat” Respublika birlashmasi fermer va dehqon xo„jaliklarini
nasldor cho„chqalar bilan ta‟minlash imkoniyatlarini axtarishlari kerak.
Sohani rivojlantirish uchun tegirmon korxonalari cho„chqalar uchun maxsus
omixta yem ishlab chiqarishni talab etiladi. Cho„chqachilikda muvaffaqiyatlarga
erishish uchn ulardan har yili bitta o„rtacha urg„ochi cho„chqadan kamida 17- 17,5
cho„chqa bolasi olish, bo„rdoqilarni 450-500 g semirtirishiga erishish, go„shtga
topshiriladigan cho„chqalarning o„rtacha vaznini 110-120 kg gacha yetkazish va 1
kg semirish uchun 6,5-7,0 oziqa birligi sarfi talab etiladi.
234
Do'stlaringiz bilan baham: |