Qishki qo‘zilatish – iloji bor xo„jaliklarda ijobiy usul bo„lib, qo„ylar bosh
soni va ularning maxsuldorligini oshirishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Qishki
qo„zilatish uchun sovliqlar avgust-sentabrda qochiriladi, bu vaqtda qo„ylar yaxshi
semizlikda bo„lib durkun otalanadi, qisir sovliqlar soni kamayadi, egizlar soni
ko„payib, qo„zilar tez o„sadi. Yaylov boshlanishiga qo„zilar tayyor bo„lib
yaylovlardan samarali foydalanib, kuzga kelib ularning vazni yuqori bo„lib, yuqori
go„sht va jun maxsuldorligiga ega bo„ladi, nasldor yosh qo„ylar qishlovga yaxshi
kiradi. 10-15 % yaxshi rivojlangan urg„ochi qo„zilarni qochirish mumkin. Lekin
ushbu usulda bo„g„oz va tuqqan qo„ylarga yetarli issiq binolar va yem-xashak
bo„lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |