Senaj bilan so‘qimlash. Hayvonlar senaj yeyishga tez o„rgandi va kuniga
20 kg gacha iste‟mol qilishi mumkin. Bu usulda so„qimlanganda dastlabki davrda
ratsion tarkibidagi omixta yemning miqdori to„yimliligi bo„yicha 15-20% ni,
yakunlovchi davrda esa 30-35% ni tashkil etadi. Bunda novvoslarning o„rtacha
kunlik semirishi 900-1000 gramm teng bo„lib, I kg semirish uchun 7,5-6,0 oziqa
birligi sarflanadi.
Omixta yem bilan so‘qimlash. Novvoslarga faqat omihta yemning o„zi
berilsa organizmda kechadigan fiziologik jarayonlar buziladi. Shuning uchun
albatta ratsion tarkibiga somon va beda pichani kiritilsa yem bilan dag„al
xashakning nisbatini 4:1 ga tenglashtirish kerak. Ana shunda o„rtacha kunlik o„sish
1100-1200 gramm ga teng bo„lib, 1 kg et olish uchun 7,0-7,5 oziqa birligi
sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |