Sigirlarning o„rtacha tirik vazni 500-550kg, buqalarning vazni 800-950kg
bo„ladi. Buzoqlari 35-38kg tug„ilib, yaxshi o„stirilgan 18 oyligida 400-450 kg ga
yetadi. O‟rtacha 900-1100 g semirishi mumkin.
Sigirlar sut mahsuldorligi mamlakatimizda 3000-3500 kg, sutning yog„lilik
darajasi 3,7-3,8% bo„ladi.
Shvis zotli qoramollar respublikamizning tog„ va tog„ yonbag„ri hududlarida
144
rejali bo„lib hisoblanadi. Shvis zotli qoramollar hozirgi kunda Amerika va Avstriya
shvis qoramollari bilan takomillashtirilmoqda.