Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish
Hozirgi  zamon  parranda  go„shti  yetishtirish  duragay  parrandalardan 
foydalanish,  ularni  to„laqiymatli  quruq  omixta  yemlar  bilan  oziqlantirish,  jadal 
texnologiyalarni joriy qilish, mo„‟tadil saqlash sharoitlarini yaratish. 
Yil davomida to„xtovsiz parranda go„shtini katta korxonalar yetishtirib beradi. 
Davriy  ravishda  to„xtovsiz  parranda  go„shti  yetishtirish,  yil  davomida  ota-ona 
galasini  o„z  vaqtida  to„ldirish  asosida,  inkubatsiya  tuxumini  uzluksiz  olish  va 
go„sht jo„jalarini o„stirishdan iborat. 
Parranda go„shtini sanoat negizida ishlab chiqarish o„ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bular ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish, yil davomida bir me‟yorda 
go„sht  ishlab  chiqarish  ta‟minlash  uchun  texnologik  jarayonlarni  jadallashtirish; 
yirik  binolardan  samarali  foydalanish;  parrandalarni  asrashda  me‟yor  talablari 
ta‟minlash  uchun  mexanizatsiya  va  avtomatizatsiyadan  keng  foydalanish; 
parrandalarning  biologik  xususiyatlarida  to„la    foydalanish  asosida  kam  oziqa  va 
mehnat harajati bilan mo„l, sifatli, arzon go„sht ishlab  chiqarishdan iborat. 
Parranda  go„shti  ishlab    chiqarishga  ixtisoslashgan  korxonalarda  ishlab  
chiqarish tugallangan texnologik jarayonlarga asoslanadi. 
Uning  tarkibida  ota-ona  galasi,  inkubatoriya,  yosh  nasllik  parrandalarni 
o„stirish, jo„jalarni go„sht uchun o„stirish, so„yish sexlari va qo„shimcha bo„limlarni 
o„z ichiga oladi. Ushbu tizim yagona texnologik harita asosida o„zviy bog„liqlikda 
ishlaydi. 
Ota-ona galasi sexi inkubatsiyalash uchun duragay tuxumlar ishlab chiqaradi. 
Bu sexda har 8 tovuqqa 1 xo„roz berkitilib birga saqlanadi. Yil davomida bir tekis 
jo„ja  ochirish  ta‟minlash  uchun  ota-ona  galasi  kamida  4  marta  nasldor  yosh 
parrandalar  bilan  to„ldiriladi.  Ba‟zi  yirik  korxonalarda  bu  tadbir  10  martagacha 
amalga oshiriladi. 


 
277 
 Nasldor  mokiyonchalar  150  kunlikda  ota-ona  galasi  tovuqxonasiga 
ko„chiriladi,  bir  oydan  keyin  ro„yi-rost  shu  guruhga  hujjat  bilan  o„tkaziladi. 
Ulardan  8  oylikdan  14-15  oyligigacha,  6-7  oy  davomida  inkubatsiya  tuxumlari 
olinadi. Kerak bo„lsa to„llashdan keyin, ikkinchi davrga tuxum olish mumkin. 
Ba‟zi    korxonalarda  ota-ona  galasi  tovuqlari    yirik  kataklarda  guruhlab 
saqlanadi. Bir katakda 30-40 tovuq va 4-5 xo„roz asraladi. Ushbu binolarda qishda 
harorat 14-18 ºS, yozda esa 25ºS dan oshmasligi kerak.  Nisbiy namlik qishda 65-
75%, yozda 55-65% tashkil etadi. 
Yorug„lik darajasi oziqa oxiri tomonda 25-35 lyuks. Eng yuqori mahsuldorlik 
paytida yoritish sutkasiga 14-15 soatdan  16-17 soatgacha yetkazladi. Tuxum berish 
jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta yem beriladi.  
Kurka  go„shti  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  korxonalar  ota-ona  galasiga 
kurka  jo„jalari  120  kunligida  sog„ligi  va  rivojlanganligiga  qarab  tanlab  olinadi. 
Ularning erkak va urg„ochilari alohida saqlanib tabiiy urug„lantirishda 1:10 nisbat 
sun‟iy urug„lantirishda 1:50 nisbat qo„llaniladi. 
Kurka  go„shti  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  ota-ona  galasi  12x96,  18x72  m 
o„lchamdagi  kurkaxonalar  bo„lib,  ularda  barcha  mikroiqlim  sharoitlari  yaratib 
beriladi.  Kurkalar  ushbu  binolar  ichida  200-250  boshdan  qalin  tushamalardan 
guruhlab  saqlanadi.  1  m²  maydonga  1,5  bosh  kurka  to„g„ri  kelib,  xonada  16ºS 
harorat va 60-70% nisbiy namlik tashkil etiladi. Kurkalarni sim kataklarda saqlash 
ularning  kurk  bo„lish  instinktini  kuchaytirishi  mumkin.  Ota-ona  galasi  kurkalari 
alohida omixta bilan oziqlantiriladi. 
O‟rdak go„shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ota-ona galasi 
yaxshi  rivojlangan,  sog„lom  150-160  kunlik    yosh  o„rdaklardan  shakllantiriladi. 
Jinsiy    nisbat 1:4  bo„lib,  erkak  va urg„ochi  o„rdaklar  birga saqlanadi.  Inkubatsiya  
tuxumi  kurkalardan  6  oylikdan  boshlab  olinadi.  Ota-ona  galasi  yiliga  6  marta 
to„ldirib turiladi. 
Jo„jalar  qalin    tushamalarda  1  m²  maydonda  8  boshdan  saqlanadi.  Havo 
harorati  8-12  ºS,  havoning  nisbiy  namligi  75-80%,  yoritish  davomiyligi  14-16 
soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yem bilan oziqlantiriladi. 
G‟oz  go„shti  ishlab  chiqarish  korxonalarining  ota-ona  galasida  g„ozlar  5  yil 
davomida  foydalaniladi,  lekin  oxirgi  yillari  g„ozlar  tuxumdorligining  pasayishi 
ko„zatiladi. 
Shuning  uchun  galada  35%bir,  30%  ikki,  25%  uch,  10%  to„rtinchi  yilgi 
g„ozlar    bo„lishi  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Shunday  qilganda  yil  davomida 
bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni  ta‟minlash mumkin.  
Ota-ona  galasi  180  kunlik    g„ozlar  bilan  tashkil  etiladi.  Og„ir  vaznli  zotga 
mansub  g„ozlar  uchun  jinsiy  nisbat  1:3,  yengillari  uchun  1:4  qilib  belgilanadi. 
Birinchi  yili  faqat  tabiiy  yorug„lik  bilan    kifoyalansa,  ikkinchi  yili  dekabr  oyidan 
yoritish  har hafta cho„zib sun‟iy   yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi.  


 
278 
G‟ozlar derazasi, qalin tushamalardan 100-150 boshdan saqlanib, 2-3 g„ozga 1 
ta  tug„ish  uyasi  qo„yiladi.  Tushama  sifatida  qirindi,  somon  yoki  maydalangan 
poxoldan foydalanish mumkin.  
Havo harorati qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo„lishi talab etiladi. 1m² 
bino  yuzasiga  1-2  boshdan  g„oz  to„g„ri  keladi.  Maxsus  quruq  omixta  yemdan  har 
boshiga 300-350 gramm beriladi. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish