Parrandalarning biologik xususiyatlari. Parrandalar sermahsul hisoblanadi,
leggorn zotli tovuqlar bir ymlda o„rtacha 260-280 dona tuxum beradi, broyler
jo„jalari 50-60 kunda 1,5-2,0 kg nimta, o„rdak, g„oz, kurka jo„jalari mo„l go„sht
berish qobiliyatiga ega.
Ularning tez yetiluvchanligi alohida ahamiyat kasb etadi, ya‟ni qisqa
muddatlarda mahsulot olish mumkin. Leggorn zotli mokiyon jo„jalar 5 oylikda
tuxumga kirsa, broyler va o„rdak jo„jalari 50-60 kunda go„sht uchun so„yish
mumkin.
Parrandalarni tez ko„paytirish imkoni bor, yoki bir tovuqdan yiliga 250-300
bosh jo„ja o„stirsa bo„ladi. Parrandalarda embrion tanadan tashqarida rivojlanishi
munosabati bilan yilning xohlagan fasl va paytida jo„ja ochirib ularni o„stirish
mumkin. Ayniqsa jo„ja ochirishni sanoat asosida-inkubatorlarda tashkil qilish
xohlagan payt, xohlagan miqdorda jo„ja olish imkonini beradi.
Parranda tuxumi po„choq bilan o„ralgan bo„lib, u tabiiy hisoblanadi, shu
boisdan uni uzoq muddat saqlash va tashish imkoniyatlari mavjud.
Parranda mahsulotlari boshqa chorva mahsulotlariga nisbatan arzon, chunki 1
kg mahsulot ishlab chiqarishga eng kam oziqa sarflaydi, yoki 10 dona tuxum uchun
2-3 kg, 1 kg semirish uchun ham 2-3 kg yem sarflaydi.
Parrandalarning biologik xususiyatlaridan biri ularning tana harorati yuqori
42ºS, hamda yurak urishi, nafas olishi ancha tez, bu hol ularda modda
almashuvining jadalligini ko„rsatadi.
255
Parrandalarning
ajoyib
xususiyatlaridan
biri
ularni
chegaralangan
maydonlarda-qafaslarda saqlab yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin. Bu holat
barcha parrandachilik mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish
imkonini beradi.
Parrandalar galalarini tez almashtirish imkoniyati mavjud bo„lib, bu hol
parrandalar mahsuldorligini muttasil oshirib borish imkonini beradi. Tuxum
yo„nalishidagi sanoat galasi har yili almashtirilib boriladi.
Parrandalarning boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan ustunlik tomoni
ularning so„yim chiqimining yuqoriligi hisoblanib, 75-80% tashkil etib; olingan
nimtaning 65-70% esa yeyishga yaroqli hisoblanadi.
Suvda suzuvchi voyaga yetgan parrandalar bo„rdoqilanganda, ular go„shtida
yog„ nisbati 40% gacha yetib, kalloriyaligi yuqori bo„ladi.
Parrandalarning yana bir xo„jalik uchun foydali hususiyati ular har xil
oziqalarni yeyish va hazm qilish hususiyatiga ega.
Evolyusion jarayonda parrandalar suyaklari ingichkalashib, qattiqlashgan,
ularning orasida havo bo„shliqlari bo„lib yengil. Bu hol ularda gaz almashinuvi va
nafas olishni kuchaytiradi.
Ovqat hazm qilish tizimi ham boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan farqlanib
ularda tish bo„lmasligi natijasida oziqalarni chaynamay yutadi. Ularda oziqalar
qizilo„ngach orqali jig„ildonga, undan keyin bezli oshqozonga o„tadi. Ushbu
oshqozonda me‟da shirasi bilan obdan ishlagan oziqa aralashmasi muskulli
oshqozonga tushadi va eziladi, hazmlangan oziqalar ichaklarga o„tadi. Parrandalar
ichaklari hayvonlar ichaklariga nisbatan bir necha marta qisqa bo„lib, oziqalar faqat
6-8 soat davomida turadi.
Embrion rivojlanish davrida ikki tuxumdon ham rivojlanib, voyaga
parrandalarda tuxum asosan chap tuxumdonda paydo bo„lib ajraladi, o„ng
tuxumdon va tuxum yo„llari rivojlanmay qolaveradi.
Tuxum sarig„i tuxumdonda shakllanadi, ovulyasiya natijasida u tuxum yuliga
tushadi tuxumning qolgan qismlari (oqsili,po„chog„i) tuxum yulida hosil bo„ladi,
ushbu jarayonga 22-24 soat vaqt sarflanadi, tuxum tashqariga chiqarilganda 0,5
soatdan keyin navbatdagi ovulyasiya ro„y berib tuxum sarigi tuxum yo„liga tushadi,
jarayon yana takrorlanadi. Tuxum hujayrasi tuxum otalanib, murtak tuxum sarig„i
o„rtasida joylashgan bo„ladi. Parrandalar siydik, jinsiy va tezak chiqarish a‟zolari
birlashgan bo„lib tashqi chiqaruv teshigiga (kloaka) ochiladi.
Erkak parrandalarda urug„don qorin bo„shlig„ida joylashgan bo„lib eyakulyat
chiqaruv a‟zosiga tashlanadi. Xo„rozlar o„rtacha eyakulyat hajmi 0,3 mm bo„lib,
xo„rozdan ajratilgan tovuqlar yana 10 kun mobaynida otalangan tuxum berishlari
mumkin.
Parrandalarda kurk bo„lish instinkti bo„lib tuxum bosib jo„ja ochishga imkon
beradi. Ushbu xususiyat madaniy zotlarda yo„qotilgani uchun yil bo„yi tuxum
beradi.
256
Parrandalar tana tuzilishi xususiyatlari, mahsuldorlik va xo„jalik uchun foydali
belgilariga qarab quyidagicha tavsiyalanadi:
Tuxum yo„nalishidagi parrandalar;
Tuxum –go„sht yo„nalishi parrandalar;
Go„sht yo„nalishidagi parrandalar.
Tuxum yo„nalishidagi parrandalar jussasi nozik, suyaklari ingichka va qattiq,
muskul to„qimalari kuchli rivojlanmagan, patlari qalin va mayin bo„lib, tanasi
uchburchakni eslatadi.
Go„sht yo„nalishidagi parrandalar jussasi yirik, qo„pol bo„lib, suyaklari
ingichka va bo„sh, muskullari kuchli rivojlangan, tana tuzilishi doira shaklini
eslatadi.
Tuxum go„sht yo„nalishidagi parrandalarda ikki yuqoridagi parrandalar
xususiyatlari mavjud bo„lib oraliq o„rinni egallaydi, tanasi to„rtburchak shaklni
eslatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |