199
Sovliqlarni qo‘zilatish va qo‘zilarni o‘stirish.
Sovliqlarni qo‘zilatish.
Mamlakatimiz hududida sovliqlarni qo„zilatish ikki faslda amalga oshiriladi,
ya‟ni dumbali qo„ychilik bilan shug„ullanuvchi xo„jaliklarda dekabr-fevral
oylarida, qorako„lchilik xo„jaliklarida esa mart-aprel oylarida o„tkazilib ushbu holat
ularning turli iqlim va geografik hududlarda joylashishiga bog„liq.
Dumbali qo„ylar urchitiladigan xo„jaliklarda aksariyat qo„yxona-yaylov
usulida saqlash ulardan ertaroq qo„zi olish, qo„zilarni durkun o„stirib tog„
yaylovlariga ko„chirish imkonini beradi.
Asosan yaylovlarda saqlanadigan qorako„lchilikda cho„l, sahro qiyinchiliklari
inobatga olinib qo„zilatish bahor oylariga moslashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: