186
gavxarrang rangbarangliklar uchraydi. To„q ko„kda sadaf, oqtushganlik
rangbarangliklari bo„ladi.
Sur rang junning uzunligi bo„yicha har xil ranga ega bo„lish bilan belgilanadi.
Sur rangida 3 zot tipi mavjud: Buxoro, Surxondaryo, Qoraqalpoq. Buxoro surida
kumush, tilla, binafsha rangbarangliklar; Surxondaryo surida bronza, qaxrabo va oq
oltin rangbarangliklar; Qoraqalpoq surida shamchiroqgul, po„lati, qamar va
o„rikgulli rangbarangliklari uchraydi. Buxoro surining xususiyati jun tolasining
ostki qismi qora ustiga qarab esa och ranga kirib boradi, Surxandaryo suri esa
jigarrang asosida yaratilgan. Ushbu surning asosiy hosiyati jun tolasining osti to„q
va ustki qismining keskin och tusda bo„lishi hisoblanadi.
Qorako„l qo„zilari tug„ilgandan keyin 1-3 kunligida so„yiladi, aks holda terida
junlar o„sib teri sifati buziladi. Jun qoplami holatiga qarab qo„zilarni kechroq
so„yish teri satxining kattalashishini ta‟minlaydi. Shuning uchun so„yishni har bir
qo„zi alohida ko„rib hal etish kerak. Qo„zilar xiqildoq tagidan uzunasiga so„yiladi,
qoni oqib bo„lgandan keyin teri ostiga havo yuborilib teri shilib olinadi. Shilish
uchun qo„zi ko„kragi, qorni, oldingi va keyingi oyoqlari ichki yuzasi archilib,
qolgan qismidan teri shilib olinadi. Oldingi oyoq bilakuzuk, keyingi oyoq sakrash
bo„g„indan kesib tashlanadi. Terilar 1-2 soat sovugandan keyin birlamchi ishlov
beriladi. Terilarga №2 osh tuzidan har biriga 0,8-1,0 kg sepilib omborlarda
saqlanadi. 7 kundan keyin ular obdon tozalanib, salqin joylarda (ayvon tagida)
quritiladi. Shundan keyin ular qayta ishlash fabrikalariga yuboriladi.
Tayyorlov andozasiga ko„ra qorako„l sathi inobatga olinib, katta va o„rta
terilarga bo„linadi. Katta va o„rta terilar barra tipi, gul jingaliklarining shakliga, jun
qoplamining sifati va gul o„lchamiga qarab navlarga bo„linadi.
Qorako„lcha guruhiga kiruvchi terilar – bola tashlash yoki bo„g„ozlik kuni
yetmagan sovliqlarni noilojlikdan so„yish natijasida olinadi. Mamlakatimizda
sovliqlarni maqsadli qochirish, bo„rdoqilash natijasida tug„ilishiga 10-15 kun
qolganda so„yish yo„li bilan qorako„lcha va semiz nimta olish texnologiyasi ishlab
keladi.
Bu terilar qo„yidagi 3 xilga bo„linadi:
1. Taqir (golyak) – gulsiz, kalta junli, ba‟zan biroz muar chizgili terilarga
aytiladi.
2. Qorako„l – qorako„lcha – jun qatlamining rivojlanishi bilan me‟yorda
tug„ilgan qo„zilarga yaqin turadi. Bunday terilar tug„ilishiga bir hafta qolgan
qo„zilardan olinib, sathi va gullarning rivojlanishi bo„yicha juni o„sgan qorako„lcha
deyish mumkin.
3. Qorako„lcha – homila jingalaklikka ega, maxsus muar chizgili kalta junli
teri hisoblanadi. Ko„prok qorako„lcha homilaning 128-132 inchi kunlarida olinadi.
Chiroyli va o„ziga xos guli evaziga uni terisi uncha mustahkam va sathi katta
bo„lmasa
ham yuqori baholanadi, I nav odatdagi qorako„l terisidan qimmat turadi.
Muddatidan o„tib, juni biroz o„sgan qo„zilardan yaxobob teri olinadi.