Ichki sekretsiya bezlari,
ular nerv sistemasi ta‟sirida bo„ladi. Qalqonsimon
bez gormoni organizmda modda almashinuvini kuchaytirib hayvonning o„sish va
rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Jinsiy bezlarini olib tashlanishi organizmda
qator o„zgarishlarga sabab bo„ladi, ular yuvosh bo„lib, tez semiradi. Gipofiz o„sish
gormoni ishlab chiqaradi, bundan tashqari bu gormon jinsiy va sut ajratib
chiqarishni ta‟minlaydi.
Oshqozon osti bezi gormoni(insulin) uglevod almashinuvida qatnashib,
ontogenezga katta ta‟sir o„tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |