1.3-rasm. Yangi tug‘ilgan buzoq va sigir tana qismlarining nisbati.
Yangi tug„ilgan hayvonlarning oyoqlari uzun, orqa tomoni biroz ko„tarilgan,
tanasi tor va sayoz bo„lib, kalla va buyni kalta bo„ladi. Voyaga yetgan
hayvonlarning oyoqlari kaltaroq, tanasi uzun, keng va chuqur bo„ladi;
B)
Yirtqich (go„shtxo„r) hayvonlar o„z bolalarini himoya qila olish qobiliyati,
quyonlar o„z bolalarini inlarida saqlash imkoniyati bo„lgani uchun ona qornida o„q
suyaklari, tug„ilgandan keyin esa tayanch suyaklari jadal o„sadi. Shuning uchun bu
hayvonlar tug„ilganda oyoqlari kalta, tanasi uzun, keng va chuqur bo„ladi,
tug„ilgandan keyin ularning oyoq suyaklari tez o„sadi.
V)
Dengiz cho„chqalarida ona qornida va tug„ilgandan keyin o„q va tayanch
suyaklari bir xil jadallikda o„sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |