Temur arvohi - Yer yuzida buzilganga o‘xshar intizom.
- Avlodimdan sohibqiron chiqolgan kim bor?
- Men to‘ldirgan ummonlarning savlati qani?
- Qani o‘shal quturuvchi yoldor dengizlar?
- Ummonlarning o‘rnida men ko‘raman
- Bir hovuzki, kaftimga ham qiladi kamlik.
- Men oltmish yil ot belidan tushmadim, toki,
- Ilalabad avlodlarim bo‘lsin jahongir.
- Har kun besh bor aytar edim: butun yer yuzi
- Torlik qilar: sig‘dirolmas ikki podshohni,
- Ammo, bugun ko‘ramanki, ellik shohga ham
- Kenglik qilar, ortib qolar shu latta dunyo...
- O‘g‘lim, sening irodangni yeb qo‘ydi kitob.
- Sipohiylik rasmlarin qilmayin pisand,
- Yulduzlarning qo‘shiniga bo‘lding farmondor.
- Osmoniy o‘lkalarni olmoqchi bo‘lib,
- Yerdagi naqd diyoringni boy berding qo‘ldan...
Do'stlaringiz bilan baham: |