Maqsadlar: ta`limiy



Download 159 Kb.
bet2/2
Sana16.04.2020
Hajmi159 Kb.
#45181
1   2
Bog'liq
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi.4-sinf

Ota – bobolarimiz alla, o’lan, lapar, yor – yor, terma, ashulalarni sevib kuylashgan, miriqib tinglashgan. Baxshilar esa “Alpomish”, “Go’ro’g’li” singari dostonlarni to’y va marosimlarda qo’biz yoki do’mbira chertib, yoddan ijro etishgan. Ayrim qo’shiqchilar doira, dutor yoki tanbur singari cholg’u asboblari jo’rligida kuylangan.

Oqituvchi tomonidan “Kuy sehri” rivoyati so’zlab berildi.

Yangi mavzu bayoni.

Konstitutsiya davlatning ijtimoiy va siyosiy tizimini, davlat organlarining tashkil etilishl va faoliyatini, fuqarolarning huquq va burchlarini belgilab beruvchi asosiy qonundir. Bir so’z bilan aytganda, konstitutsiya hayotimizni huquqiy jihatdan tartibga solib turadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. U 6 bo’lim 26 bob 128 ta moddadan iborat.

Fuqarolar, shu jumladan, bolalarning huquq va erkinliklarini Konstitutsiyamizning ikkinchi bo’limida qayd etilgan.

Konstitutsiya - baxtimiz poydevori haqida o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga tushuncha berib o’tildi.

Konstitutsiya - lotincha “konstitutio” – “tuzilish”, “tartib” so’zlaridan olingan bo’lib, “belgilayman”, “tasdiqlayman” degan ma’nolarni bildiradi.

Konstitutsiyada bolalarning bilim olish huquqi ham kafolatlangan. 41- moddada: “ Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari nazoratidadir”,- deyilgan.

Davlatimiz yosh avlodning chuqur bilim olishi uchun doimo g’amxo’rlik qiladi. Buni keyingi yillarda yangi qurilgan va ta’mirlangan zamonaviy maktablar misolida ko’rishimiz mumkin. Bugun biz ta’lim olayotgan maskanlar har jihatdan qulay, shinam va yorug’, barcha zarur o’quv jihozlari va kompyuterlar bilan ta’minlangan.

Bizning Konstitutsiyamiz eng insonparvar va adolatparvar qonundir. Unda o’z huquqini himoya qila olmaydigan kishilarning manfaatlari ham to’la kafolatlangan. 45 – moddada: “Vayaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”,- deb yozib qo’yilgan.

2008 – yil 8- yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari tog’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda ham bolalarning huquqlari to’la kafolatlangan.

O’quvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining moddalari haqida navbatma – navbat aytib o’tildi.

O’zbekiston xalqi:

inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,

hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda,

o’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,

demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,

xalqaro huquhning e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,

respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,

insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishini ko’zlab,

fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,

o’zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.

1 – modda. O’zbekiston – suverin demokratik respublika. Davlatning “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

4 – modda. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.

O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf – odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

5 – modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

6 – modda. O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.

40 – modda. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

41 – modda. Har kim bilim olish huquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

45 – modda. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.

46 – modda. Xotin – qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.

47 – modda. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajaradilar.

49 – modda.Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.

Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

50 – modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.

51 – modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar.

52 – modda.O’zbekiston Respublikasini himoya qilish – O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar.



66 – modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota – onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar.

Bir o’quvchi tomonidan Qambar Otaning “Baxt qomusi “ she’rini yoddan aytib o’tildi.

BAXT QOMUSI

Qambar Ota

Vatanimni yashnatar Hammaning haq - huquqi

Istiqlolning ziyosi. Aniq bayon etilgan.

Xalqni baxtiyor etar Halol yashash yo’llari

Erk adolat dunyosi. Qonun bilan bitilgan.


Ozod mamlakatimda Doim himoyasida

Konstitutsiyam - baxtim. Inson faxr, nomusi.

Vatanga sodiq bo’lib Yashasin mustaqillik

O’sish yurakda ahdim. Yaratgan baxt qomusi.

O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga “Bizning huquq va burchlarimiz. Qonun qoida, tartib tushuncholari haqida” gapirildi.

O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qonun oldida tengdirlar. Har birimiz o’zimizga berilgan huquh va erkinliklardan faydalanayotganimizda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning manfaatlariga, huquq va erkinliklariga putur yetkazmasligimiz shart. Masalan, har bir fuqaro dam olish huquqiga ega. Hamma dam olayotgan vaqtda shovqin – suron solish, baland ovozda musiqa etilish o’zgalarning dam olish huquqini buzish hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari yashash, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, erkin fikrlash, so’zlash va xohlagan diniga e’tiqod qilish huquqiga ega. Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish huquqiga ega. Yurtimiz fuqarolarining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bepul ta’lim olish huquqi qonun yo’li bilan belgilangan.

Har birimiz berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish bilan birga, burch va majburiyatlarimizni ham bilib olishimiz kerak. Konstitutsiyaning 11 – bobida fuqarolarning burchlari bayon etilgan. Unda har bir kishi boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklarini, qadr – qimmatini hurmat qilishiga majburligi qayd etilgan.

Xalqimizning tarixiy, ma’naviy va madaniy yodgorliklarini avaylab asrash har bir o’zbekiston fuqarosining burchidir. Shuningdek atrof muhitni ifloslantirmasligimiz, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishimiz lozim.

Ona – Vatanni himoya qilish, tinchligini ta’minlashga hissa qo’shish har birimizning sharafli vazifamiz va burchimizdir.

Dunyoda hamma narsa tartib asosida qurilgan. Masalan,katta ko’chada ketayotgan avto ulovlar harakatini ko’z oldingizga keltiring. Yo’l ikkiga ajratilgan va ulovlarning o’z yo’nalishi bo’yicha harakat qilishi qat’iy belgilab qo’yilgan. Agar avto ulovlar tartibsiz harakat qilsa, halokat sodir bo’ladi. Jamiyat ham xuddi shunday tartib – qoidalar asosida yashaydi, rivojlanadi. Qayerda tartib bo’lmasa o’sha yerda buzilish, notinchlik bo’ladi. Shunday ekan, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turish uchun ham mustahkam qonun – qoidalar kerak. Shu jihatdan olib qarasak, konstitutsiyani jamiyatni tartibga solib turuvchi qonun – qoidalar majmui deyish mumkin.

Mustahkamlash.

O’qituvchi tomonidan savollar berilib olgan bilimlari mustahkamlandi.

1.O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday huquq va erkinliklarga ega?



  • Mehnat qilish, erkin kasb tanlash

  • Dam olish

  • Fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi

  • Bepul ta’lim olish

  • Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish.

2.O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari nimalardan iborat?

-Konstitutsiya va qonunlariga rioya qilish

-Boshqa kishilarni hurmat qilish

-Tarixiy, ma’naviy va madaniy meroslarni asrash

-Atrof – muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish

-Ona – Vatanni himoya qilish, harbiy xizmatni o’tash.

Test lotto.

1.Konstitutsiya so’zi qanday ma’nolarini anglatadi?

A) “Belgilayman”, “tasdiqlayman”

B) “o’ylayman”

S) “yozaman” “chizaman”

D) “fikrlayman” “bilaman”

2.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A)1998- yil 1-yanvar

B)1993- yil 8-dekabr

S) 1994- yil 12 –may

D) 1992- yil 8-dekabr

Test kaliti.

1 A 2 D

Baholash.



Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholandi va rag’batlantirirdi.

Uyga vazifa.



“Konstitutsiya - baxtimiz poydevori” mavzusida matn tuzib kelish.
Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish