RADIF Arabcha “ radif” so’zi, aslida, otda suvoriyga mingashgan kishini anglatib, arab tilida “yo’ldosh, hamroh, ketma-ket” degan ma’nolarni bildiradi. Shunga ko’rashe’rda qofiyadan keyin kelib , unga “mingashib”, “Yo’ldosh bo’lib” kelgan so’z yoki so’zlar radif deb ataladi. Ko’zgudek qildi seni o’zini paydo qilg’ali. Radifning “qisqa radif” va “yoyiq radif” kabi turlari mavjud. Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Tuyuq- lirik janr. Faqatgina turkiy she’riyatga xos. Tuyuq, albatta, to’rt misradan iborat bo’lishi shart. Misralari ruboiy singari a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. Ko’ngluma har yonki boqsam dog’i bor, (a) Bir sori bo’ldi firoqing, dog’i bor. (a) Tuyuq ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni “foilotun-foilotun-foilun (yoki foilon) ” tarzida qofiyalanishi shart . Taqte’si: _V_ _ / _ V _ _ / _ V _ ( yoki _ V ~ ) . Tuyuqlardagi qofiyadosh so’zlar tajnisli bo’lishi, ya’ni shakldosh so’zlar turkumidan tashkil topishi darkor. Tajnis- badiiy san’atlardan biri. Lug’aviy jihatdan jinsdosh, ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. She’riyatda shakldosh so’zlarni keltirish san’atidir. Shakldosh so’zlar qat’iylashgan so’zlardir. Lekin muallif tajnisni yuzaga keltirish uchun OHORIY (original, bir martalik) shakldoshliklarni yaratish mumkin. Masalan, ul Oy, u loy, uloy (ulay) so’z birikmalari tilda shakldosh emas. Shoir she’rda shunday qo’llaydiki, natijada ul Oy ( ul Oy yuzli), u loy (mehrsiz), uloy ( ulayin) ma’nolarini anglatadi. Ko’ngluma har yonki boqsam dog’i bor, ( dog’i bor) Har necha dardimni desam, dog’i bor. ( otashi bor) Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo’ldi firoqing, dog’i bor. (tag’in,yana bor) Yangi mavzuni mustahkamlash: Uyga vazifa: Darslikda berilgan tuyuqlardan 2 tasini tahlil qilish.
Tushuncha
|
Mazmini
|
Tuyuq
|
Tuyuq- lirik janr. Faqatgina turkiy she’riyatga xos. Tuyuq, albatta, to’rt misradan iborat bo’lishi shart. Misralari ruboiy singari a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi.
|
Qofiya
|
Arabcha “qofiya” so’zi ergashish, izdan chiqish degan ma’nolarni anglatadi. Qofiya she’riy misralarning muayyan o’rnidao’zaro ohangdosh so’z yoki so’zlarning izchil tarorlanib kelishini anglatadi.
G’azalda qofiya aa, ba, ea,fa va hakazo davom ettiriladi.
|
Radif
|
Arabcha “ radif” so’zi, aslida, otda suvoriyga mingashgan kishini anglatib, arab tilida “yo’ldosh, hamroh, ketma-ket” degan ma’nolarni bildiradi. Shunga ko’rashe’rda qofiyadan keyin kelib , unga “mingashib”, “Yo’ldosh bo’lib” kelgan so’z yoki so’zlar radif deb ataladi.
|
Tajnis
|
Badiiy san’atlardan biri. Lug’aviy jihatdan jinsdosh, ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. She’riyatda shakldosh so’zlarni keltirish san’atidir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |