TOSHKENT TEMIR YO’L TRANSPORTI KASB-HUNAR KOLLEJINING
MAQSAD VA VAZIFALARI
Toshkent temir yo’l transporti kasb-hunar kollejining asosiy maqsadi, mexnat bozorining xozirgi ahvoli va istiqbolini hisobga olgan holda, shaxsning kasbiy ta’limga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iborat.
Toshkent temir yo’l transporti kasb-xunar kollejida umumiy madaniyatni, jamiyat xayotiga moslashgan, maxsus va umumta’lim dasturlarini ongli ravishda tanlab o’zlashtirib oladigan, o’zining oila, jamiyat va davlat oldidagi burchini his qiladigan komil insonni tarbiyalash uchun ijtimoiy-iktisodiy xuquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Asosiy maqsadni amalga oshirish borasidagi vazifalar quyidagilardan iborat:
-
ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisosi va kasb-hunar bo’yicha mexnat faoliyati bilan shug’ullanish xuquqini beradigan davlat ta’lim standartlari doirasidagi umumta’lim va kasbiy dastur asosida o’qitish;
-
tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir nechta ixtisoslikni egallash jarayonida o’quvchilarning kasbiy layoqat, kunikma va malakalarini rivojlantirish;
-
fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyalashuvini ta’minlash;
-
ta’lim jarayonini axborotlashtirish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, o’qishni komp yuterlashtirish;
-
vatanparvarlikni shakllantiruvchi milliy o’zlikni anglash, xalqning milliy madaniy tarixiy an’analariga hurmat, vatan bilan g’ururlanish imkonini yaratish;
-
sog’lom turmush tarzi me’yorlarini tatbiq qilish, ta’lim tarbiya jarayonini sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratish.
Toshkent temir yo’l transporti kasb-hunar kolleji
Toshkent temir yo’l transporti texnikumi 1932-yil 26-aprelda tashkil topgan bo’lib,"O’zbekiston temir yo’llari" Davlat aksionerlik temir yo’l kompaniyasi tarkibiga kiradi va moliyalashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2004-yil 27-yanvaridagi 16-sonli va "O’zbekiston temir yo’llari" Davlat aksionerlik temir yo’l kompaniyasining 2004-yil 16-fevraldagi 49-N sonli buyruqlari asosida "Toshkent temir yo’l transporti kasb-hunar kolleji" deb nomlandi.
Toshkent temir yo’l transporti kasb-hunar kolleji 2009-yil 17-martdan yangi qurib bitkazilgan binoda faoliyat yuritib kelmoqda.
Kollejda temir yo’l poligoni, chilangarlik, elektr yig’uv, maxsus elektr yig’uv, metallarga ishlov berish, payvandlash, maxsus vagon refrijerator ustaxonalari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, 40 mingdan ortiq kitob fondiga ega axborot resurs markazi, o’quv zallari, komp yuter xonalari, multimediya xonalari, lingafon xonalari, zamonaviy sport zali, og’ir atletika zali, stol tennisi zali, kurash zali, gimnastika zallari mavjud.
Ushbu ta’lim muassasasi O’zbekiston respublikasining barcha xududlaridan o’quvchilarni o’qishga qabul qiladi va ular uchun etrli shart-sharoitlari mavjud bo’lgan 450 o’rindan iborat "O’quvchilar turar joyi"ga ega.
Toshkent temir yo’l transporti kasb-hunar kollejida 11 ta kasb bo’yicha temir yo’l sohasiga kichik mutaxassislar tayyorlanadi:
-
temir yo’l transporti vositalaridan foydalanish va ta’mirlash bo’yicha mexanik;
-
temir yo’l stansiyalaridan foydalanish va xizmat ko’rsatish texnigi;
-
temir yo’l transportida sovutish jixozlari va shamollatish tizimlari qurilmalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish elektromexanigi;
-
temir yo’l vagonlariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash mexanigi;
-
temir yo’l soxasida mijozlarga servis xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik;
-
temir yo’llarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha mexanik;
-
temir yo’l elektrotexnik tizimlaridan texnik foydalanish bo’yicha elektromexanik;
-
temir yo’lda kontakt tarmoqlari va tortish podstansiyalaridan texnik foydalanish va ta’mirlash bo’yicha elektromexanik;
-
temir yo’l transporti tezkor texnologik aloqa qurilmalarini ishlatish bo’yicha elektromexanik;
-
poezd va stansiya radioaloqasi qurilmalarini ta’mirlash va xizmat ko’rsatish elektromexanik;
-
buxgalteriya;
Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasasida 2236 nafar o’quvchilar ta’lim olmoqda va ularga 109 nafar o’qituvchi hamda 41 nafar ishlab chiqarish ta’lim ustaslari ta’lim-tarbiya berishadi.
Kollej o’qituvchilari "O’zbekiston temir yo’llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda etuk mutaxassislarga biriktirilgan holda o’quv amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyotlarini o’tashadi.
O’quvchilarga fanlarni o’zlashtirishlariga qarab, belgilangan miqdorda tarmoq stipendiyalari to’lanadi. Kompaniya tasarrufida bo’lgan barcha tibbiyot muassasalarida bepul davolanishadi. Bir yilda bir marotaba ularga O’zbekiston temir yo’llari bo’yicha qatnovchi yo’lovchi poezdlariga temir yo’l chiptalari imtiyozli ravishda bepul beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |