Maqsad: Talabalarda Axborot xavfsizligi sohalari. Axborot xavfsizligi siyosati. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi haqidagi tushunchani hosil qilish. Mavzu



Download 216 Kb.
bet5/5
Sana24.07.2021
Hajmi216 Kb.
#127404
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MARUZA

konfidensiallik — ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi
  • kafolati;
  • yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
  • autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
  • apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
    • Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi – axborotni muhofaza qilish sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash tizimini, axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini, kadrlarni tayyorlash, maxsus aloqa tizimlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish tizimlarini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizimdir.
    • Axborot xavfsizligi tizimi – davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi.
    • Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi.
    • Axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilishning usul va vositalarini yaratish dolzarb masalalardan biridir.
    • Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, axborotni muhofaza qilishda yetarli darajadagi yutuqlarga erishish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni birgalikda amalga oshirish zarur. Bu himoyalanadigan axborotning konfedensialligi, tahdidning tasnifi va himoya vositalarining mavjudligi bilan belgilanadi.
    • Umumiy holda xavfsizlikni ta’minlashning kompleks choralariga:
    • – ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilish vositalari;
    • – apparat-dasturiy vositalar;
    • – kriptografik muhofaza qilishning kompleks vositalari;
    • – injener-texnik tadbirlar;
    • – texnik kanallarni blokirovkalash kompleks vositalari;
    • – obyektlarni jismoniy qo‘riqlashni kiritish mumkin.
    • Bu choralarning har biri boshqasini to‘ldiradi, bironta usulning yo‘qligi yoki yetishmasligi yetarli darajadagi himoyaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
    • Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsadlardir.
    • Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:
    • – yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlash va tashkil etish;
    • – razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik;
    • – axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
    • – axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning samaradorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish;
    • – davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini nazorat qilish;
    • – axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash;
    • – axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalishlarini aniqlash;
    • – axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni me’yoriy-metodik va axboriy ta’minlash.
    • Axborotni muhofaza qilish sohasida faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va kriptografik himoya vositalarini qo‘llash kiradi.
    • Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi quyidagi qonun, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
    • – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
    • – «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Aloqa to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun;
    • – «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun;
    • – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
    • – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
    • – Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.
    • ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT!

    Download 216 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish