Menyular satri quyidagilardan iborat:
-Fayl (файл) -Rasm (рисунок)
-Tahrir (правка) -Palitra (Палитра)
-Ko`rinish (вид) -Ma`lumot (справка)
Mustahkamlash : O`quvchilar mustaqil ravishda Paint grafik muharriri interfeysi bilan tanishib, unda ba`zi amallarni bajarishni mashq qiladilar.
Uyga vazifa.Mavzuni o`rganib kelish.
Sana: ___________________
Sinf: __________________
11-dars. Mavzu : Paint uskunalar paneli va undan foydalanish.
Maqsad:
a) ta`limiy : O`quvchilarga Paint uskunalar panelidan foydalanib har xil rasmlar ,shakllarni mustaqil chizish va bo`yashlarni o`rgatish. Mavzu yuzasidan tushuncha berish.
b) tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritishga , olgan bilimlarini hoyot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did, axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlashga va u orqali bilim olishga xotirani mustahkamlashga , tez fikrlashga o`rgatish, nutqni o`stirish.
Dars turi: Yangi bilim olish darsi
Dars usuli: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: Kompyuter, plakatlar, darslik
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
II. O`tilgan mavzuni so`rab baxolash.
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja :
Uskunalar paneli.
Qalam va mo`yqalam yordamida shakllar chizish.
Mahsqlar bajarish
Paint grafik muharririda geometrik shakllarni chizish va tahrir qilish uchun uskunalar panelidagi piktogrammalardan foydalaniladi.
Uskunalar paneli quyidagi uskunalar to`plamidan iborat:
-Ixtiyoriy sohani bbelgilash - To`rtburchak sohani belgilash
-O`chirg`ich -Chegaralangan sohani bo`yash
-Rangni aniqlash -Lupa
-Qalam -Mo`yqalam
-Purkagich -Matn
-To`g`ri chiziq -Egri chiziq
-To`g`ri to`rtburchak -Ko`pburchak
-Ellips -Burchaklari yoysimon to`rtburchak
“Sichqoncha” yordamida ixtiyoriy menyuni ochish va undagi biror amalni tanlash, uskunalar panelidan biror uskunani tanlab shakl hosil qilishimiz mumkin.
Qalam va mo`yqalam yordamida shakllar chizish.
Uskunalar panelidan qalam uskunasi tanlanadi. “sichqoncha”ning chap tugmasi bosilgan holda harakatlantirlida uning yurgichi ishchi maydonda tanlangan rangda iz qoldiradi. Mo`yqalam ham huddi qalam kabi amal bajaradi. Farqi shundaki, qalam bilan bir xil qalinlikda , mo`yqalam yordamida turli qalinlikdagi chiziqlar chizish mumkin.
Mo`yqalam uskunasi tanlanganda uskunalar panelining tagida mo`yqalam turi paneli paydo bo`ladi.. undan kerakli mo`yqalam turi tanlab olinadi. Buning uchun yurgichni rasmda ko`rsatilgan shakllardan birining ustiga olib kelib , “sichqonchaning ” chap tugmasi bosiladi.
1-mashq.
Mashqni bajarishni ishchi maydon o`lchamlarini belgilab olishdan boshlang. Buning uchun rasm menyusidagi xususiyatlar amalini tanlang. Hosil bo`lgan xususiyatlar lavhasida ishchi maydonning kengligi 600 piksel, bo`yini 300 piksel qilib belgilang so`ngra “OK” tugmasini bosing.
Mashqni bajarish vaqtida xatolikka yo`l qo`ysangiz, o`chirg`ich uskunasi yordamida rasmning xatolikka yo`l qo`yilgan qismini o`chirishingiz mumkin. Buning uchun uskunalar panelidan o`chirg`ich uskunasini tanlab, yurgichni rasmning xatolikka yo`l qo`yilgan qismi ustida “sichqonchaning” chap tugmasini bosgan holda harakatlantiring.
Uskunalar panelidan purkagich uskunasini tanlab, ishchi maydonning biror qismiga belgilangan rangli bo`yoq purkash mumkin. Buning uchun sichqoncha yordamida yurgichni ishchi maydonning kerakli joyiga olib kelib,chap tugmasi bosiladi. Purkagich , asosan , peysajlar chizishda qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |