Hujjatda o`chirish
Matn yozish jarayonida xato yozilgan belgini o'chirish zarur bo`ladi. Agar yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan belgidan oldin turgan bo`lsa — [] ([Enter] klavishidan yuqorida joylashgan va ikkinchi nomi [Backspace] bo`lgan) klavishni, keyin turgan bo`lsa — [Delete] klavishini bosish yetarli.
Matnning belgilangan qismini o'chirish. Agar hujjatning so'z, gap, satr yoki abzas kabi qismini o'chirish lozim bo'lsa, bu qismni blokka olib [Delete] klavishini bosish kifoya. Ba'zan, o'chirilgan qismni boshqa joyga joylashtirish lozim bo'ladi. Bunday holda kerakli qismni blokka olib, Tahrir ([Правка]) menyusidan Qirqib olish ([Вырезать]) bo'limi yoki Standart uskunalar panelidan — qirqib olish tugmasi bosiladi. Natijada qirqib olingan qism bufer deb ataluvchi yordamchi xotirada vaqtinchalik saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |