Maqol deb xalqning ijtimoiy -tarixiy,hayotiy -maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so`zlarga aytiladi


Xalq maqollarining o'z va ko'chma ma'nolari bor



Download 28,36 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi28,36 Kb.
#658147
1   2   3   4
Bog'liq
4-мавзу МАҚОЛ

Xalq maqollarining o'z va ko'chma ma'nolari bor.
Turmushda ro'y bergan voqea-hodisa natijasida paydo bo'lgan vaziyatdan kelib chiqqan holda millatimiz vakili biron maqolni o'z fikrini tasdiqlash maqsadida keltirishi mumkin. Ammo mazkur maqolning o'z yoki ko'chma ma'noda qo'llanganligini ro'y berilayotgan voqeani aniq ko'z oldimizga keltirish orqali aniqlaymiz. Masalan, agar Farg'ona vodiysidagi dehqon qaysi bir sabab bilan kuzda yer haydamagan bo'lsa-yu, bahorda qayta-qayta ekin may- donini haydagani bilan yaxshi hosil olmasa, yuqorida aytil- gan maqol o'z ma'nosida qo'llangan bo'ladi. Ammo biron shaxs tomonidan biron tadbirning amalga oshirilishi kechiktirilsa va keyingi harakatlar natija bermasa ham «Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda» maqoli misol sifatida qo'llanilishi mumkin. Endi bu namuna ko'chma ma'noni anglatadi. Shu bilan birga aytish mumkinki, maqollar mazmuniga ko'ra ko'chma ma'noda ko'proq qo'llaniladi. «Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamas», «Chumchuqdan qo'rqqan tariq ekmas», «Burgaga achchiq qilib ko'rpa kuydirma», «Chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin» kabi hikmatli so'zlar ko'pincha ko'chma ma'nolarda ishlatiladi.
Turli xalqlar og'zaki ijodidagi maqollarni o'rganish bu janr namunalari mazmunan deyarli hamma xalqlarda bir xil takrorlanishini ko'rsatmoqda. Ammo bunday yaqinlikni bir xalq ikkinchi xalqdan maqolni o'zlashtirganligi bilan izohlash to'g'ri bo'lmaydi. Bizningcha, bunday yaqinlikni oddiy turmush tarzining o'xshashligi, insonlar hayotidagi munosabatlarning yaqinligi va, umuman, hayotning ko'p holatlarida bir xil vaziyat hosil qilishi bilan izohlagan ma'qulroq. Masalan: «Ilon chaqqan, arqondan qo'rqar» (ingliz), «Kuygan mushuk sovuq suvdan qo'rqar» (fransuz), «Jo'jani tuxum ochilgandan so'ng sana» (ingliz), «Bigizni qopda yashirib bo'lmas» (rus) maqollari, «Qo'rqqanga arqon ilon ko'rinar», «Sutdan kuygan qatiqni puflab ichib- di», «Jo'jani kuzda sanaymiz», «Oyni etak bilan yopib bo'lmas» kabi o'zbek maqollari bilan o'xshash ma'noni bildiradi.
Xalq maqollarining matni bilan tanishar ekanmiz, xalqimiz el farzandlarining bir-biriga hamkor, halol, pok bo'lishi bilan birga mard, vatanparvar, ilmni sevuvchi shaxs darajasiga ko'tarilishini ham xohlaganligiga ishonamiz. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng uzoq o'tmishda yashab o'tgan o'nlab olim va allomalarning nomlari, asarlari, kashfiyotlari haqidagi dalillar qayta tik- landi. Natijada, «Olim bo'lsang, olam seniki», «Olimdan ot qoladi, nodondan dod», «Ota-onasini tanimagan, tangrisini tanimas» kabilardagi fikrlar tasdiqlandi.
Albatta, inson hayoti bevosita oila bilan bog'liq. Oiladagi turmushning totuvligi har bir oila a'zosining taqdiriga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Oilasi notinch odamning xayoli turg'un bo'lmaydi. Bunday sharoitda tarbiyalangan bolalar ham har tomonlama insoniy yetuklikka erisha olmaydilar. Shuning uchun ham xalq maqollari qatoridan «Oila ahil bo'lsa, omad o'z oyog'i bilan kelar», «Oila — tinch — yurt tinch», «Oila qo'sh, ustunli ayvon», «Husn to'yda kerak, mehr kunda» kabi namunalar o'rin olgan. Ma'lum bo'ladiki, asrlar davomida xalqimiz o'zining dun- yoqarashini ijobiy fazilat va nuqsonlarga bo'lgan muno- sabatini, ezgulik va yovuzlik haqidagi fikr va mulohazalari- ni o'z maqollarida ifoda etgan. Bu hikmatli so'zlar har bir o'zbek farzandi uchun ota-bobosidan qolgan pand-nasihat sifatida qabul qilinmog'i lozimdir. Chunki yuqorida misol sifatida keltirilgan maqollarning o'zi ham ming-ming yillar davomida ajdodlarimiz hayot tajribasidan o'tib, zamon sinovlariga bardosh bergan holda bizgacha yetib kelgan.
Xalq maqollari asrlar davomida o'zining shakl va maz- mun jihatdan benazirligi bilan buyuk va taniqli adiblar e'ti- borini jalb qilib keldi. Yusuf Xos Hojibdan tortib Muqimiygacha, Alisher Navoiydan tortib Abdulla Qah- horgacha xalq maqollaridan samarali foydalanganlar. Hatto xalq o'zi yaratgan maqollaridan doston, ertak, rivoyat va naqllarda unumli foydalangan. Jumladan, Alisher Navoiy lirikasida «Chiqmag'on jong'a umid», «It uyub qoldiyu, ko'chdi karvon», «Men firoqdin desam, ul der Iroqdin»; Bobur ijodida: «Bo'lib turur ikki ko'zim yo'lida to'rt», «Men edim saningdek, sen bo'lg'oysen maningdek»; Abdulla Qahhor ijodida «Otning o'limi, itning bayrami», «Quruq qoshiq og'iz yirtar»; «Alpomish» dostonida «Sulton suyagini xo'rlamas», «Elakka borgan xotinning ellik og'iz gapi bor» kabi maqollar ko'plab uchraydi.
Folklorshunoslik ilmida shoir va yozuvchilar tomonidan xalq maqollarining asar matnida keltirilishi
Download 28,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish