Harakat faoliyatini o’qitishning xususiyatlari. Harakat faoliyatini o’qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari qo’shib hal qilinmay, sog’lomlatirish xususiyatiga oid vazifalar ham hal qilinadi. Hech qaysi umum-taolim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo’lmaydigan sog’lom-lashtirish vazifasi harakat faoliyatini o’qitishda yorqin namayon bo’ladi.
Harakat faoliyatini o’qitishda bilim berish vazifalari ham o’zini xususiyatlariga ega. O’quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi komponenti o’quvchilarning aktiv harakat faoliyatidir. Ularning o’quv-mehnat faoliyati hammadan avval potentsial jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O’quvchining o’quv faoliyatining ayrim qonuniyatlarini bilish, insonning ish qobiliyatining umumiy qonuniyatlarini hisobga olish kerakligini taqazo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha faktorlarga bog’liq: avlodidan (ota-onasidan) meros qobiliyat-lar, hayotiy jarayonda to’plangan tajribalar va maolum belgi-langan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu faktorlar qanchalar yaxshi rivojlangan bo’lsa, inson shunchalar katta ishchanlik (qobiliyati)ni namoyon qila oladi.
Odatdagi sharoitda inson o’zining ish qobiliyatining bir qismidangina foydalana oladi xolos. Zahirasidagi deb hisob-langan boshqa qismi faqat oshirib qo’yilgan maksimal talab-larga javob berishda namayon bo’lishi mumkin. Odatdagidan tashqari tashqi sharoit muhim rezerv ish qobiliyatining namoyon bo’lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, odamning qobiliyatni maksimal mobilizatsiya qila bilishni tarbiyalaydi. Maksimal mobilizatsiya qobiliyatini rivojlantirish, o’z navbatida, sharoitga bog’liq.
Harakat faoliyatini o’qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shaklantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o’quvchi jismoniy tayyorgarligi-ning xarakterini belgilaydi. Maktab o’quvchilari jismoniy tarbiya dasturidagi harakat faoliyatlari tizimi hayotiy-amaliy-ligi pritsipiga amal qilingan holda shunday tanlab ajratil-ganki, ularning ko’pchiligini kundalik turmush amaliyotda qo’llaganlar yoki lozim bo’lsa ularni keyinroq qo’llashlari mumkin. Tizim-ning amaliyotda qo’llanilishi uchun undan bir-birini takror-laydigan yoki ikkinchi darajali bo’lgan faoliyatlar chiqarib tashlangan. Bu jarayonni oboektivlashtirish uchun hozirgi kunda matematik hisoblash (statistika) uslubiyatidan foydalanil-moqda. Ular yordamida harakat faoliyatlari tarkibidagi o’zaro bog’liq bo’lgan va bir biriga o’xshash elementlar miqdorining xarakteri o’rganilmoqda. O’xshash elementlar miqdori, o’quvchilarning yoshi va jinsiy xususiyatlarining chegarasini eotiborga olinmoqda. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan solishtirilganda uni boshqa harakat faoliyatlari bilan ko’p marotaba bog’lanishlarga ega ekanligi va shuning uchun u bolaning rivojlanishi lokomatsiyasi (M.A. Godik, 1966) dara-jasining umumlashtirilgan ko’rsatkichi sifatida qaralishi mumkin ekan. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Boshqacha qilib aytganda, bu faoliyatlarning taosiri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin (K.D. Bakuneno, 1967).
Taolim jarayoning uchinchi xususiyati – taolimni ikki yo’nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi.
a) harakat malakasi harakat sifatlarini rivojlanishi bilan bog’liqdir. Eng avvalo aynan o’sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi.
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo’lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o’zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
Masalan: qisqa masofaga yugurishni o’qitishda tezlik ri-vojlanadi, lekin tezlik kuchni, chidamlilikni va boshqalarni optimal rivojlantirgandagina bu sifat effektliroq rivojlanadi.
Harakat faoliyatlarini o’qitishning samaradorligi jis-moniy bilim va jismoniy rivojlanganlik darajasi ko’rsat-kichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlarini egallanishini to’g’ri tashkillangan pedagogik jarayon albatta jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlarning oshishiga olib keladi.
Bilim berish vazifalarining hal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan organik birlikdadir. Taolimning tarbiyaviy xarakteri haqidagi tushuncha jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biri tarzida yuzaga chiq-moqda. Maxsus tashkillanmagan jarayon sifatida jismoniy mashqlardan foydalanish jarayoni hech qanday pedagogik qim-matga ega emas, ularning tarbiyaviy taosiri to’laligicha pedagogik jarayonning sifatiga bog’liq. O’z davridayoq P.F. Lesgaft muskullarni mashqlantirishga inson psixikasiga va uning intelektiga taosir etuvchi kuchli vosita deb qaragan.
Barcha fanlarning o’qituvchilari qatori jismoniy tarbiya o’qituvchisi ham tarbiya jarayonida tarbiyaning barcha elementlari kompleksini o’z tizginida ushlab turishga odatla-nishi lozim. Tarbiyaning umumiy vazifalari hal qilinishiga o’quv fani o’z taosirini o’tkazmay qolmasligi mutaxassislarga ayonligiga qaramasdan, taolimda jismoniy tarbiya uchun xarakterli bo’lgan ayrim xususiy vazifalarni ham oldinga suradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |