Alohida muskul guruhlarini rivojlantirishiga qarab ham jismoniy mashqlar turkumlana boshlandi: bo’yin, yelka kamar, bel-yonbosh, harakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashqlar. Bu turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo’lib, o’tirgan, yotgan holda amalga oshiriladigan, egiluv-chanlik va kuchni rivojlantirish mashqlari bo’lishi mumkin.
Sport turlari bo’yicha jismoniy mashqlarni turkumlash. O’z navbatida, har bir sport turi o’z mashqlarining individual klassifikatsiyasiga ega: sport o’yinlari – futbol, basketbol va hokazolar.
Yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi deb ham atay boshladilar.
Biomexanikada – statik, dinamik, tsiklik, atsiklik, kombinatsiyalashtirilgan, harakatning tuzilishi yoki bajarish holatiga qarab turkumlangan jismoniy mashqlar deb guruhlana boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |