5. Yakunlash darslari – o’z mazmuniga va pedagogik vazifasi nuqtai nazaridan xillanayotgan darslardan butunlay farqlanadi. Bu darslar davomida o’quv yili, o’quv choragi, dastur materialini o’zlashtirish uchun o’tkazilgan turkum darslarga yakun yasaladi.
Yakun o’quvchilarning bilimlari, egallagan harakat malaka-lari va ko’nikmalarini baholash tarzida amalga oshiriladi. Bunday darslar o’quv choraklarining oxirgi yoki dastur materialning bo’limlarini yakuni, o’qitilayotgan material uchun foydalanilgan darslar turkumini tugallanishidan so’ng hamda o’quv yilining oxirgi darslari sifatida tashkillanadi. Yakunlov darslari oldindan rejalashtiriladi. Bu darslarga o’quvchilar o’zlarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligining ko’rsatkichlarini yakuniy hisoboti bilan qatnashadilar. Hozirgi kunda darsning bu xilini ota-onalar ishtirokida o’tkazish odatga aylantiriladi. Darsning bu xili faqat o’quv tarbiya jarayoni uchun yakun bo’lib qolmay, eng avvalo o’qituvchi, o’quvchi va ota-onalar uchun ham yakuniydir. Darsning bu xili ham yuqorida qayd qilingan o’zining tashkiliy tuzilmasining qismlaridan tashqari har bir qismning tarkibiy elementlariga ega.
Jismoniy tarbiya darslarini yuqorida qayd qilingan pedagogik vazifalariga ko’ra xillashdan tashqari ularni tashkillash xarakteriga qarab ham xillanadi. Ular: 1. Aktsentli (urg’uli) darslar. 2. Aralash darslar. 3. Kompleksli darslar.
1. Aktsentli darslar o’z mazmuniga ko’ra o’quv dasturining alohida ajratilgan bo’limi bo’yicha (gimnastika, yengil atletika, voleybol, basketbol va h.k.lardek darslar tarzida) uyushti-riladi. Darsda o’qitish jarayoni faqat shu bo’lim materialini o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirishga yo’naltiri-ladi. Dars qismlarining tarkibiy elementlari ham shu bo’lim materialidan iborat bo’lishi shart.
2. Aralash darslar o’zining mazmunida o’quv dasturining tarkibidagi bir necha bo’lim materialini o’qitishni ham yangi o’zlashtirilmagan, ham o’zlashtirilib, takomillashtiriladigan materialni o’qitishga aralash dars deyiladi. O’quvchilar bir necha guruhlarga ajralib, dars davomida o’zlashtirib ulguril-magan mavzular ustida ishlaydilar.
3. Kompleksli darslarning mazmuni o’quv dasturining turli xil bo’limlari bo’yicha u yoki bu jismoniy sifatni tarbiyalash yoki pedagogik vazifalariga ko’ra tanishtirish, o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirishni maqsad qilib, bir darsning o’zida bir necha mavzu (voleybol, yengil atletika, suzish, gimnastika va h.k.lar) o’qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |