Onglilik va faollilik printsipiga muvofiq yildan yilga bolalar o’rgatilgan harakat faoliyati haqida bilimlarga ega bo’la borishlari, bajarilgan harakat nimaga faqat aynan shunday bajarilishi kerakligi, boshqacha bajarilganda xatolarni sodir bo’lishi mumkinligi haqida fikr yurita oladigan bo’lishlari lozim. Bu bilan ularning fikrlash doirasi Ken-gayadi. Kichik yoshdagi, jismlarni ko’rish orqali fikrlaydi-ganlarda hayotiy misollar bilan, jismoniy mashqning ahamiyati, uni kundalik turmushda qo’llanilishini shug’ullanuvchining sog’ligiga tahsiri va boshqalar haqida hayotiy misollar keltirish bilan mashklanishga ongli munosabat shakllantiriladi.
V-IX sinf o’quvchilarida nisbatan qiyin harakat malakalari shakllantiriladi. Bu jarayon o’rganilgan materiallarni ko’p marotaba qaytarish orqaligina amalga oshirilishi, shundagina yuqori natijalar uchun ko’p ter va og’ir mashaqqatlar tortish kerakligi ularning ongiga singdiriladi. Bu yoshdagilar psixi-kasiga eotibor berish muhim ahamiyatga ega. Ular o’rganilayotgan harakat faoliyatini tezdagina egallab olishga urinadilar. Buni urinli emasligini tushunmay xatolarga yo’l qo’yadilar. SHuning uchun harakat texnikasi ustida ishlash og’ir ekanligini alohida tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Xarakatlarni o’zlashtirishda bir-biridan xatolar topishga ularni majburlash, xatolarni ko’ra bilish, uni tahlil kilishga o’rgatish va yul kuyilishi mumkin bulgan xatolarni oldini olishga zamin yaratadi. Qolaversa o’qitilgan mavzularni qaytarishda ularni guruhchalarga rahbarlik qilish malakasini shakllantirishni hayotiy shakliy ahamiyati muxim. Mustaqil fikrlashiga eotibor karatishni kimmati katta.
Yuqori sinf o’quvchilariga yangi adabiyotlar, sport texnikasi, taktikasi haqida tushunchalar, mustaqil shug’ullanishlari uchun masla-hatlar berish maqsadga muvofiq.
Bajarib ko’rsatish printsipi o’quvchilarda o’sha harakatlar haqida aniq tushunchalar hosil qilishda muhim rolp o’ynaydi. Kichik va o’rta yoshdagilarda taqlid qilish refleksi juda rivojlangan bo’ladi. Ular ko’rsatilgan harakatlarni aynan o’zini, nusxasini, tezda va butunligicha qaytara oladilar. SHunga kurabu printsipiga rioya qilish o’qituvchidan alohida eotiborni hamda o’quvchilar bajarayotgan mashqni ahamiyatini mukammal tushuntirish lozimligi talabini qo’yadi.
Yuqori sinf o’quvchilari turli xil tayyorgarliklarni o’tadilar, harakatlarni o’zlari mustaqil kuzatib baholay oladilar. Mashqlarni yaxshi bajaradiganlarini, yaxshi namoyish qila oladiganlarini uslubiy tarbiyalash maqsadga muvofiq, ulardan o’qituvchilar mashg’ulotlar paytida yordamchi sifatida foydalanishlari mumkin buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |