Маoлумотнома



Download 2,17 Mb.
bet163/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

Umumiy vazifalar bilim berish, jisman tarbiyalash va sog’lomlashtirishdan iborat bo’lib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat taolim standarti dasturidagi maxsus vazi-falar tarzida hal qilinadi.

Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:

1) o’quvchilar organizmining sog’ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish;

2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo’lish uchun shu yoshga xos bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

3) hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko’nikma-larini rivojlantirish va keyinchalik kerak bo’ladiganlari bilan qurollantirish;

4) o’quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilim-larni berish;

5) o’quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish;

6) o’quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalash vazifalari hal qilinadi.

Bu vazifalar maonaviy tarbiyaning elementlari hisoblangan-axloqiy ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o’quvchilarni yoshini ulg’ayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o’qitishning ayrim etaplariga aniqliklar kiritadi va maktab yoshining quyidagi 3 xil guruhga ajratib taolim tarbiya ishlari hal qilinadi.

Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (1-4 sinflar) organizmi tabiiy rivojlanishda bo’ladi. Biz uni jismonan garmonik rivojlanishini yo’lga qo’yishimiz kerak bo’ladi.

Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasini harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga eotibor beriladi. Bulardan tashqari qomatni to’g’ri tuta bilishga o’rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiena qoidalariga oid bilimlar qo’shib berish bilan tarbiya jarayoni yo’lga qo’yiladi.

12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar o’sayotgan yosh organizmga samarali taosir ko’rsatadi. SHuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga quly imkoniyatlar ochilgan bo’ladi.

Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi-hayotda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasini, gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari, velosipedda yurish va boshqa sport turlari, sport taktikasiga oid boshlang’ich nazariy tushunchalarni berishdir. Bu yoshdagilarda asosan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo’lga qo’yiladi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini tushuntirish jarayoni yo’lga qo’yiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati takomillashtiri-ladi, musobaqa qoidalari o’zlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabi-atning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishga o’rgatiladi.

16-18 yoshdagi umumtaolim maktabi, akademik, kasb-hunar litseylari va kollejlarning o’quvchilari organizmi yoshi ulg’ay-gan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya jarayoni buni yanada kuchaytirishga yo’naltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shug’ullanish taolim tizimining shu yoshdagilarini ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o’z tanasini boshqara olish, kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har tomonlama jismonan garmonik tarbiya belgilarini chuqurlashtirishga yo’naltiriladi.

Organizm tabiiy o’sib borar ekan uning funktsional imkoniyat-larini oshib borishi ham muqarrar. Oldin egallangan harakat malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo’lgan harakat malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshda-gilarda ularning jismoniy madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, sport trenirovkasi asoslari, sportchini o’z-o’zini nazorat qilishi qoidalariga o’rgatish maqsadga muvofiq bo’ladi.




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish