Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet518/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   514   515   516   517   518   519   520   521   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг “Ўзбекистон Республика-
сини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги фармони –Т.; 2017
2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг “Китоб маҳсулотларини 
нашр этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик 
маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар тўғрисида” ги 
ПҚ-3271-сонли қарори (2017 йил 13 сентабр) –Т.; “Халқ сўзи” газетаси 2017 йил 14 сентабр 
184 (6878) –сони. 
3. Айзенк Г.Ю. Проверьте свои интеллектуальные способности / Пер. с англ. 2-е изд. - 
Рига, 1992, 176 с.
4. Ғозиев Э.Ғ. Талабаларни умумлаштириш усулларига ўргатиш ва уларнинг ақлий 
тараққиёти.- Т.:Ўқитувчи, 1983. 
5. Давлетшин М.Г., Ковалев А.Г., Крутецкий В.А. Қобилият ва унинг диагностикаси.- 
Т.:Ўқитувчи, 1979. 
O’ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING 
ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI 
Usmonov Sh.X. 
 Toshkent Davlat Iqtisodiyot unversiteti magistratura talabasi 
Erkin iqtisodiy hudud (EIH) — bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan 
shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan 
chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir. EIH-
investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam 
chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish,xalqaro 
aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 
tortish,valyuta,bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar 
oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir. EIH — jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-yillar 
oxirida paydo boʻlgan xoʻjalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. 
Ular,ayniqsa,Xitoy ,Bolgariya ,Italiya ,Vengirya ,Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda. 
EIH larni barpo qilishda quyidagi masalalarni hal qilish koʻzda tutadi: 
investitsiyalar, alohida hudud (mintaqa)lar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 
qulay sharoitlar bilan taʼminlash; 
resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy 
qilish; 


780 
xalqaro integratsiya va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 
EIHlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivojlanishini ragʻbatlantirish yoki 
iqtisodiyotning alohida sohalarini tez oʻsishini taʼminlash ekanligini koʻrishimiz mumkin. EIHlar 
turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi: 
import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud.
savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi va 
sotib olinishi mumkin. 
eksport ishlab-chiqarish hududlari- sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, 
yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy 
texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari 
ishlab chiqaradilar. 
ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik 
markazlar va boshqalar). 
Tarixga nazar soladigan bo’lsak dunyoda ko’plab davlatlar EIH orqali iqtisodiy rivojlanishga 
erishganlar. Mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekistonda ham EIH rivojlantirish boo’yicha 
istiqbolli harakatlar olib borilmoqda va bu o’z natijasini beryapti.Xususan,1996-yil 25-aprelda 
Erkin iqtisodiy hududlar to’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqildi. Mazkur 
qonunga muofiq Erkin iqtisodiy zona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil 
etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek uning qancha muddatga tashkil etilishi 
mazkur zonani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror bilan belgilanadi. Erkin iqtisodiy zonaning 
chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.236 Erkin 
iqtisodiy zonalarda alohida bojxona, valyuta, soliq tartiboti, shuningdek fuqarolar kirishi, chiqishi 
va bu yerda bo‘lishining, mehnat munosabatlari, moliya-kredit faoliyatining alohida tartiboti hamda 
investitsiyalarni jalb etishga, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga va zonani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan boshqacha tartibot o‘rnatilishi mumkin. Yuridik va jismoniy 
shaxslarning alohida huquqiy tartibotni buzish yo‘li bilan olgan daromadi (foydasi) qonun 
hujjatlariga muvofiq undirib olinadi. Mazkur qonunning 16-moddasiga asosan Erkin iqtisodiy 
zonalarda mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari (kelishuvlari) va yakka 
tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi. Jamoa shartnomalari va yakka 
tartibdagi mehnat shartnomalari mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining 
ahvolini qonun hujjatlarida, shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi 
ham qatnashchisi bo‘lgan konvensiyalarida nazarda tutilgan shartlarga nisbatan yomonlashtirishi 
mumkin emas. 12-yanvar 2017-yilda “URGUT”, “G‘IJDUVON”, “QO‘QON” VA “HAZORASP” 
EIZ ni tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni ishlab chiqildi. 
Mazkur farmonga muofiq “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” 
EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib : 
-tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan 
qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun 
xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish; 
-Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs 
salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash; 
-meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va 
qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz 
kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, 
qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab 
chiqarishlarni tashkil etish; 
-mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish 
hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat 
kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; 
236 Erkin iqtisodiy hududlar to’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 25.04.1996 


781 
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka 
qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va 
ularning qarorlari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish 
belgilangan.237 Bundan tashqari “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” 
EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil 
qiladi. Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va 
“Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Shuningdek 
O’tgan 2020-yil 17-fevralda Mahsus iqtisodiy zonalar to’g’risidagi qonun yangiladi.Ushbu qonunda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari etib quydagilar belgilandi: 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
1.Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish 
sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi; 
2.Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini tasdiqlaydi; 
3.Maxsus iqtisodiy zonalarning chegaralarini tasdiqlaydi; 
4.Maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlarini tuzadi, ularning faoliyatini 
muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi; 
5.Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining ustavlarini tasdiqlaydi, ularning faoliyatini 
muvofiqlashtirishni, monitoring va nazorat qilishni amalga oshiradi; 
6.Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish 
sohasidagi vakolatli davlat organlarini belgilaydi, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshiradi; 
7.Investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradi.238
Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya 
loyihalariga doir alohida talablarga binoan Investitsiya buyurtmanomasi topshirilgan paytda erkin 
iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalari 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqarish hajmlari ichki bozorning ehtiyojlarini qoplamaydigan yangi mahsulot turlarini ishlab 
chiqarishni nazarda tutgan bo‘lishi kerak. Erkin iqtisodiy zonalarda raqobat muhiti yaratilgan, ichki 
bozor to‘yingan yoki ishlab chiqarish hajmlari ichki bozor ehtiyojlarini qoplaydigan o‘xshash 
mahsulot ishlab chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lgan mahsulot turlarini 
ishlab chiqarishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Tegishli vakolatli organlarning O‘zbekiston Respublikasida o‘xshash mahsulot ishlab 
chiqaruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud emasligi, ishlab chiqarish hajmlari yetishmasligi 
va raqobat muhiti darajasi to‘g‘risidagi xulosalari keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning ma’muriy 
kengashiga taqdim etish uchun erkin iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan mustaqil ravishda so‘rab 
olinadi. 
Ushbu talablar to‘liq eksportga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari uchun tatbiq 
etilmaydi.Bundan tashqari biz raqamlarga to’xtaladigan bo’lsak o’tgan 2020 - yilning yanvar-mart 
oylarida jami 16 ta erkin iqtisodiy zona direktsiyasi ( EIZ), 70 ta kichik sanoat zona direktsiyasi ( 
KSZ), 3 ta texnopark hamda 97 ta paxta-to’qimachilik klasterlari mavjud bo’lib, ularning 
tarkibidagi korxonalar soni EIZlarda 416 tani, KSZlarida 1355 tani, texnoparklarda 55 tani va 
klasterlarda 97 tani tashkil etdi. 2020 - yil yanvar-mart oylarida EIZ, KSZ, texnopark va klasterlar 
tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi Sanoat mahsuloti 
ishlab chiqarish hajmi EIZda – 2300,1 mlrd. so`mni, KSZda – 523,8 mlrd. so`mni, texnopark – 50,1 
mlrd. so`mni va klasterlarda – 2569,6 mlrd. so`mni tashkil qildi; Eng yuqori koʼrsatkich EIZlar 
tarkibidagi korxonalar hissasiga to’g’ri kelgan bo’lib 2300,1 mlrd. soʼmni tashkil etgan. Taqqoslash 
uchun: 2019 yil yanvar-mart oylarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi EIZda – 1330,5 mlrd. 
so`m, KSZda – 472,5 mlrd. so`m, texnoparkda – 20,7 mlrd. so`m va klasterlar tarkibiga kiruvchi 
237 “URGUT”, “G‘IJDUVON”, “QO‘QON” VA “HAZORASP” EIZ ni tashkil etish bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasi prezidenti farmoni.12.01.2017 
238 Mahsus iqtisodiy zonalar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.17.02.2020 


782 
korxonalarda 515,6 mlrd. so`mni tashkil qilgan bo’lsa, 2020 yil yanvar-mart oylarida ushbu 
ko’rsatkich EIZda – 2300,1 mlrd. so`mni (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 72,9 %ga oshgan), 
KSZda – 523,8 mlrd. so`m (mos ravishda 10,8%), texnoparkda – 50,1 mlrd. so`m (mos ravishda 
2,4m.) va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalarda 2569,6 mlrd. so`mni (mos ravishda 5 m.) 
tashkil qilgan.239 
Xulosa o’rnida shuni takidlab o’tish kerakki,Erkin iqtisodiy hududlar orqali ulkan iqtisodiy 
samaralarga erishishimiz mumkin. Buning uchun esa Erkin iqtisodiy hududlarni to’g’ri 
tashkillashtirish,ya’ni birinchi galda qaror,qonun,qonun osti hujjatlari orqali tartibga solishimiz 
kerak.Agar biz EIHni to’g’ri tashkillashtirib xorijiy investitsiyalarning katta oqimini jalb qila olsak 
biz kelajakda yuksak iqtisodiy samaralarga erishishimiz mumkin bo’ladi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   514   515   516   517   518   519   520   521   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish