Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Адабиётлар: 
1.Амонашвили Ш.А.Обучение.Оценка.Отметка. –М., 1980. 
 
2.Ананъев Б.Г. Избранные психологические труды. :В 2 т.-М. 1980.Т 2. 
3.М.Г.Давлетшин ва бошқалар "Ёш даврлар ва ва педагогик психология" Т.ТДПУ. 2009. 
4. М.Г.Давлетшин. Замонавий мактаб ўқитувчисининг психологияси. “Педагогика ва 
психология” (илмий оммабоп серия). Т., Низомий номидаги ТДПУ, 1999/1.
 
IJTIMOIY KOMPETENTLIK TALABA SHAXSINING INTEGRATIV TARKIBIY QISMI 
Oribboeva D. 
NamDU katta o’qituvchisi
Botirov A. 
Estakada MCHJ o’quv markazi O’MI direktor o’rinbosari
Kompetentlik (xabardorlik) – bu kompetensiyalar tizimi, belgilangan sohada samarali faoliyat 
uchun zarur bilim va tajribaning mavjudligi sanalib insonning xabardorligi faoliyatning turli 
sohalarida shaxsning zarur muammolarni hal qilishini o‘z ichiga oluvchi ma’lum tuzilmasi sifatida 
insonning mustaqil bilim olishi, ijtimoiylashuvi, ijtimoiy-mehnati va madaniylashuvida namoyon 
bo’ladi. 
O‘rta taֹ’lim maktablari bitiruvchilari ega bo‘lishi lozim bo‘lgan bilim va ko’nikmalar 
tarkibida mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish, muammoni birgalikdagi yechimini ishlab chiqishda faol 
qatnashish, mojaroli vaziyatlarni ijobiy yo‘l bilan hal qilishni o‘rganish, turli demokratik institutlar 
faoliyatida samarali ishtirok etish kabi ijtimoiy vazifalarni egallash kiradi.
Bundan tashqari ijtimoiy kompetentlik faoliyat natijasi yoki shaxsning ma’lum bir faoliyat 
turida muvaffaqiyat ko‘rsatkichi sifatida tavsiflanib, uning shakllanishi va tarkibi insonning yoshiga 
bog‘liq. Turli yosh davrlarida ijtimoiy boxabarlikning shakllanish va rivojlanish jarayoni ham 
umumiy, ham alohida hislatlarga ega. 
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy komptentlik bu bilimlarning noodatiy yig‘indisi bo’lib 
insonning hayotiy muammo va vazifalarni hal qilishida, egallangan bilim va malakalar, o‘quv va 
hayotiy tajriba, ijtimoiy qadriyatlar va shaxsiy motivlardan foydalanib kundalik holatlarda yechim 
topa olish qobiliyati sanaladi. 
Bundan tashqari ijtimoiy kompetentlik talaba shaxsining integrativ tarkibiy qismi bo’lib, 
talabaga uning ijtimoiy rolini muvaffaqiyatli bajarishiga va jamiyatda hayotiy faoliyatini amalga 
oshirish imkonini beradi, shu bilan birga o’z manfaatlarini va jamiyatning o’zga a’zolari manfaatlari 
bilan samarali uyg’unlashtira oladi.
Ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning barchasi ijtimoiy komponetlar tarkibiga kirib ijtimoiy 
kompetentlikning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’lib ushbu guruh o’z ichiga ijtimoiy 
faollik, mas’uliyatlilik, mustaqillik, o’ziga ishonch, tashabbuskorlik, muloqotga kirishuvchanlik 


569 
(kommunikativlik), refleksivlik, empativlik, bag’rikenglik, moslashuvchanlik, kreativlik (ijodiy 
tafakkur) kabi sifatlarni qamrab oladi. 
Ko’plab mualliflarning tadqiqotlari tahlillari shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy kompetentlik va 
uning turlarini shakllanishi barcha sohalarda faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning yoki bo’lajak 
mutaxassislarning mavjud kasbiy faoliyati uchun muhim. 
Inson hayotida kasbiy faoliyatning muhimligini tan olgan holda, oliy o’quv yurtida tahsil 
olish davrini muhimligini inkor qilish noto’g’ri, ushbu davrning qadri shundaki, nafaqat kasbiy 
hayotga, balki hayotni o’ziga tayyorlovchi ma’lum bir o’tish davridir. Talabalik davri hayotga 
tayyorlov emas, balki hayotning o’zidir. Oliygohda tahsil davri 4-5 yil davom etadi. Yoshlar uchun 
bu ahamiyatli qiziqarli va muhim voqealar bilan to’la, ko’p holatlarda kasbiy faoliyat bilan bog’liq 
bo’lmagan voqea-hodisalarga boy bo’ladi. Ma’lum bir davr o’tib, odamlar tomonidan talabalik 
yillari hayotning eng baxtli va qiziqarli yillari sifatida yodga olinadi.
Biroq, talabalik davri salbiy xotiralarga ega bo’lganlar ham kam emas. Bunga oliygohni 
noto’g’ri tanlanishi, shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar, talabalik hayotiga va oliygoh muhitiga 
moslasha olmaslik, tengdoshlar va o’qituvchilar bilan muloqotga kira olmaslik, ijtimoiy hayotda 
ishtirok eta olmaslik, bo’sh vaqtidan unumli foydalana olmaslik va h.k.lar sabab bo’lishi mumkin. 
Bunday holat, talabada ijtimoiy kompetentlik yoki uning alohida belgilari mavjud emasligi yoki 
past darajada shakllanganilini haqida guvohlik beradi.
Oliygohda tahsil olish jarayonida ijtimoiy kompetentlikni shakllanishning muhimligi haqida 
gapirganda, S.S. Baxteeva ta’kidlashicha, “birinchidan, bu davrda shaxs kasbga va gumanitar 
bilimlarga ega bo’ladi, kasbiy, shaxsiy va umummadaniy tayyorlanadi, shu bilan birga ularni 
uyg’unlashgan sinteziga qulay imkon yaratiladi; ikkinchidan, bu davrda eng muhim qadriyatlarni 
anglash, dunyoqarashi va “Men”, shaxsiy hayot tarzi shakllanadi” [2]. 
Talabalarda ijtimoiy kompetentlikni ro’yhatini aniqlashda, oliygoh ularning shakllanishi 
uchun yaratib bergan sharoit va imkoniyatlari muhim omillaridan hisoblanadi.
Shulardan kelib chiqib, bizningcha, oliygoh talabasining ijtimoiy kompetentligi o’z ichiga 
quyidagilarni (partsial kompetentliklar): muloqotda, fuqaroviy, madaniy-hordiqiy, hamda ijtimoiy-
shaxsiy komponentlarni o’z ichiga oladi. Talabaning ijtimoiy kompetentligini yagona partsial 
kompetentsiyalarning birligi sifatida o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq, ular bir-biriga ta’sir etadi, 
to’ldiradi va qisman bir-biri bilan o’rin almashadi. Qabul qilingan tizim va tarkibga ko’ra, har 
qanday partsial kompetentlik quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) kognitiv komponent, 
2) aksiologik komponent, 
3) motivatsion komponent, 
4) ahloqiy komponent, 
5) hissiy-irodaviy, 
6) shaxsiy komponent. 
Shaxsiy komponent shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlarini birlashtirib, ular ijtimoiy 
kompetentligida namoyon bo’ladi. Zamonaviy ijtimoiy-psixologiya fanida shaxsning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari sanog’i muammosi hamon dolzarbligini yo’qotmagani bois, ijtimoiy-
psixologik sifatlarni tanlashda G.M.Andreevaning bergan ta’rifidan foydalanishimiz mumkin: 
“Shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bu-real ijtimoiy guruhlarda, boshqa insonlar bilan 
muloqotda va o’zaro faoliyatda shakllanuvchi sifatlardir»[1]. Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning miqyosi nihoyatda keng va tadqiqotchiga ularni tanlashda 
ma’lum ma’noda erkinlik berilgan. 
Talabaning ijtimoiy kompetentligi uning atrofdagilar bilan munosabatida, ya’ni tezkor 
ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishda, sog’lom turmush tarzida, faoliyatning 
asosiy turlarida muvafaqiyatga egaligi, o’zining hozirgi va kelajak hayotiga mas’ulligidir. 
Kelajakda oliy o’quv yurtini tamomlagandan so’ng, ijtimoiy kompetentlikka egaligi, unga 
muvaffaqiyatli kasbiy va mavqe darajasini o’sishida katta madad bo’ladi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish