516
FIZIKA FANIDAN “SUYUQLIKNING XOSSALARI, SIRT TARANGLIK”
MAVZULARIDA INNOVATSION YONDASHUV VA FANLARARO BOG’LANISH
Nabiyeva N.Q.
Buxoro viloyat Buxoro tuman XTBga qarashli
15-umumta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi
Annotatsiya
: Fizika fanidan ta’lim berishning umumiy o’rta ta’lim negizida fizikadan
fundamental bilim berish, fizik hodisalar va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish
orqali o’quvchilarning dunyoqarashi va falsafiy mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish,
tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatlarini oshirish, olgan bilimlarini
kundalik hayotiy ehtiyojlarida va xalq xo’jaligidagi amaliyotda qo’llanilishi kerak. Suyuqlikning
xossalari, sirt taranglik kuchini asl mohiyatini tushuntirish va ta’lim sifatini ya’ni ushbu mavzularni
innovatsion usullar yordamida yoritib berish bugungi kun o’qituvchisi oldida turgan dolzarb
masalalardan biridir.
To develop students’ ability to reason and think philosophically, to understand physical
processes in nature and technology, to provide fundamental knowledge of physics on the basis of
general secondary education in physics, to explain physical phenomena and physical phenomena in
a scientific manner, practical knowledge of physics should be used in everyday life and in the
practice of national economy. Explaining fluid properties, the true nature of surface tension, and
highlighting the quality of education, such as innovative ways of teaching, is one of the most
pressing challenges facing today’s teacher.
Развить у студентов способность мыслить и философски мыслить, понимать
физические процессы в природе и технике, предоставлять фундаменталные знания по
физике на основе общего среднего образования по физике, объяснять физические явления и
физические явления в научной манере, его следует использовать повседневной жизни и в
практике народного хозяйства. Объяснение свойств жидкости, истинной природы
поверхностного натяжения и акцентирование внимания на качестве образования, таких
как инновационные способы обучения, является одной из самых насущных проблем, стоящих
перед современным учителем.
Molekulyar fizikani o’qitishda asosiy masalalardan biri o’quvchilarning modda tuzilishi va
issiqlik hodisalari haqida olgan bilimlarini yanada kengaytirishdan, ularning bu bo’limlarga oid
dastlabki tasavvurlarini ilmiy tushunchalar darajasiga ko’tarihdan iborat. Mexanikani o’rganishdan
molekulyar fizikani o’rganishga o’tish o’quvchilarning olamni to’g’ri tushunishlarida muhim
bosqich hisoblanadi. Ana shu bosqichda o’quvchilarga mexanika bilan molekulyar fizikani
o’rtasidagi muhim farqni mazmuni va mohiyati jihatidan aniq anglay bilishga o’rgatish lozim.
O’quvchilarni hayotga to’g’ri tayyorlash, politexnik ta’limni amalga oshirish va o’quvchilarni kasb
tanlashga to’g’ri yo’naltirish, ular ongida ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish va shu kabi
masalalar umumta’lim maktablari oldida turgan asosiy masalalar hisoblanadi.
Qattiq jismlardan farqli ravishda tashqi ta’sir natijasida o’z shaklini oson o’zgartirgan oqa
oladigan moddalar oquvchi moddalar deyiladi. Suyuqliklar va gaz kabi oquvchi moddalar qaysi
idishga solinsa, o’sha idishning shaklini oladi. Suyuqliklar aniq shaklga ega bo’lmasa ham aniq
hajmga ega. Suyuqlik molekulalari orasidagi ta’sir kuchlari suyuqlikning aniq shaklga ega
bo’lishini ta’minlamasa ham, ularning aniq hajmga ega bo’lishini ta’minlaydi. Suyuqliklarda biror
kuch ta’sir qilganda suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchi itarish kuchiga aylanadi va
suyuqlik molekulalarini bir-biriga yaqinlashtirib bo’lmaydi. Suyuqliklarning siqilishi yo’q deydigan
darajada kichikdir. Moddaning eng tartibsiz holati bo’lgan gazlarning oquvchanligi juda yuqori.
Gazlar siqiladigan oquvchi moddalar ham deyiladi. Qattiq jismlar va suyuqliklarda nisbatan yuqori
energiyaga ega bo’lgan gazlar kichik ta’sir natijasida ham shaklini o’zgartiradi.
Oquvchi moddalarning oqishi yoki tinch turishi kundalik hayotda ko’p uchraydi. Yomg’irning
yog’ishi, tuproqdagi suvning daraxt kapilyarlarida yuqoriga ko’tarilishi kabi hodisalar oquvchi
moddalarning xossalari orqali tushuntiriladi. Agdeziya, kogeziya, sirt tarangligi va kapilyarlik
517
hodisalari suyuqliklarning xossalari hisoblanadi. Yuvilgan kiyiklarga qaralganda ichidagi suv
ko’rinmaydi, ammo kiyim siqilganda suv molekulalari bir-biriga birikib, tomchilar hosil qilib oqadi.
Tomchilar suv molekulalari orasidagi tortishish kuchi sababli hosil bo’ladi. Kiyimning siqilishiga
qaramasdan namli qolish sababi esa to’qimalarda ushlanibqolgan suv molekulalaridir. Bir xil va
faqli tur molekularning bir-biriga ta’siri adgeziya va kogeziya deyiladi.
Farqli modda molekulalarining bir-biriga yopishishiga sabab bo’lgan tortishish kuchiga
adgeziya (yopishish) deyiladi. Masalan, yuvilgan stakan sirtida suv tomchilari hosil bo’lgan
adgeziya natijasida suv tomchilari stakanga yopishadi. Yomg’ir natijasida oynalarning,
mashinalarning, sochlarning ho’llanishi, guldagi yoki yaproqdagi suv tomchilarining yopishishi
kuchlari natijasida yuzaga keladi
Farqli turdagi moddalarning atomlari va molekulalari orasida bo’lgani kabi bir moddaning
o’z atomlari va molekulalari orasida ham tortishish kuchi bordir. Bir modda atomlarining yoki
molekulalarining orasidagi tortishish kuchiga kogeziya (bir-birini ushlash) deyiladi. Ho’llamaslik
hodisasi qattiq jismlarda yuqori, suyuqliklarda kichik, gazlarda esa yo’q deydigan darajada kichik.
Kogeziya moddaning turiga ko’ra o’zgaradi. Suv molekulalari orasidagi kogeziya, simob
molekulalari orasidagi kogeziyadan kichikdir. Simob qaysi sirtga tushsa ham shar shaklini oladi.
Yomg’ir tomchilari esa shar shaklida bo’lsa ham yerga tushganda yoyilib, shar shaklini yo’qotadi.
Buning sababi simob molekulalari orasidagi bir-birini ushlab turish kuchidan kattaligidir.
1-masala.Quyida berilgan hodisalarning qaysilari adgeziya yoki kogeziya bilan bog’liq?
I.Yomg’irlarda sochimizning ho’l bo’lishi
II.Suyuqlik tomchilarining hosil bo’lishi
III.Changning yuzimizga yopishishi
IV.Asalning qoshiqqa yopishishi
V.Jo’mrakdan suvning oqishi
Yechimi. Adgeziya farqli turdagi modda molekulalarining bir-biriga tortishishi bo’lgani
uchun I,II,III adgeziya natijasida sodir bo’ladi. Kogeziya bir modda molekulalarining bir-biriga
tortishish bo’lgani uchun II,V kogeziya natijasida sodir bo’ladi.
Suv sirtida Suv sirtida yurish va suvdan quruq chiqish insonlar uchun imkonsiz bo’lsa ham
ba’zi jonzotlar uchun bular tabiiy hodisalardir. Suv bilan liq to’la bir stakanga yuqoridan qaralganda
suv sirtining elastic parda kabi egilganligini ko’rish mumkin. Turg’un suyuqliklar sirtining
molekulalari orasidagi tortishish kuchining ta’sirida elastik parda kabi ko’rinishiga sirt tarangligi
deyiladi. Stakandagi suv molekulalari orasidagi tortishish kuchi(kogeziya), suv sirtida ta’sir qilgan
havo molekulalari orasidagi tortishish kuchidan (adgeziya) kattaroq bo’lgani uchun suv sirti
tortilgan parda kabi ko’rinadi. Bu farq sirt tarangligini vujudga keltiradi. Stakandagi suv sirt
tarangligining ta’sirida to’kilmasdan tursa, bir tomchi suv qo’shilganda elastic shakl buziladi va
suyuqlik stakandan toshadi.
Molekulalar orasidagi kogeziya katta bo’lgan suyuqliklarningsirt tarangligi ham katta bo’ladi.
Suv molekulalari orasidagi kuchli ta’sirdan sababli bir qancha suyuqlikka nisbatan yuqori sirt
tarangligiga ega. Bu tortishish kuchi natijasida molekulalar bir joyga to’planishga va eng kichik
sirtni hosil qilishga harakat qiladi. Teng hajmli geometrik shakllar orasida eng kichik sirtga ega jism
shar bo’lgani uchun suv tomchilari shar shaklini oladi. Shar shakliga ega bo’lgan suv tomchisining
jo’mrakda osilib turishi adgeziya kuchining ta’sirida sodir bo’ladi. Tomchining og’irligi jo’mrak
bilan tomchi orasidagi adgeziya kuchidan katta bo’lsa, tomchi jo’mrakdan uziladi.
2-masala. Ikki idishda tuzli va toza suvga bir xil ingichka nay botirildi. Bu naylardagi suv
balandliklari orasidagi munosabat qanday bo’ladi?
Yechish: Tuz suvning sirt taranglik koeffitsiyentini orttiradi. Shuning uchun tuzli suvning sirt
taranglik koeffitsiyenti suvning sirt taranglik koeffitsiyentidan katta bo’ladi. Bu sababdan tuzli
suvning naydagi balandligi toza suvga nisbatan pastroq bo’ladi.
Mazkur mavzuni o’tishda o’quvchilarga chuqur va mustahkam nazariy bilim berish ularning
bu tushunchaga oid olgan bilimlarini hayotga tatbiq eta bilishlariga ham e’tibor berish lozim. Shu
boisdan o’qituvchi diqqatiquyidagi masalalarni hal qilishga ham qaratilishi kerak.
518
1)
O’quvchilarning tabiatshunoslik, botanika, geografiya fanlaridan olgan bilimlari va hayotiy
tajribalarga asoslanib, ular ongida agrofizika va biofizikaga doir bilimlar hosil qilish hamda
ularning o’quv malakalarini rivojlantirish.
2)
O’qishni amaliy ish bilan bog’lovchi qishloq xo’jaligiga oid fizik tajribalar o’tkazish, shu
asosda o’quvchilarni turli qishloq xo’jalik kasblari va bunda uchraydigan fizikjarayon hamda
qonuniyatlar bilan tanishtirish.
Bularni amalga oshirish uchun esa fizik bug’lanish bilan birga biologic bug’lanish haqida ham
tushuncha berish lozim. Bug’lanishning turmushda, tabitda qanday ahamiyat kasb etishi haqida ham
to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, qishloq maktablarida tuproq temperaturasining
o’simliklar va tuproq orqali suvning bug’lanish intensivligiga bog’liq bo’lishi, bug’lanishga sarf
bo’ladigan issiqlik miqdori va shular asosida tuproq temperaturasini o’zgartirish usullari kabi
masalalarni ko’rib o’tish foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |