497
yaratish uchun” [3: 992] deb ta’riflagan. Turkiya harbiy tarixining taniqli tadqiqotchisi prof.
I.X.Uzuncharshili devshirme to‘g‘risidagi qonun ikkita asosiy maqsadni ko‘zda tutgan degan fikrni
ilgari suradi: yanicharlar korpusi askarlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va xristian yoshlarini
zo‘rlik bilan islomlashtirish va turklashtirish yo‘li bilan Bolqonda turk musulmon aholisini
ko‘paytirish [4: 13].
Aslida devshirme musulmon olamida mavjud bo‘lgan qullik institutining davomi, o‘ziga xos
tarixiy vaziyatga muvofiq qullarni sotib olishning o‘zgartirilgan usuli va vositasi edi. Devshirme
tizimi mos ravishda 3, 5, 7 yillikni o‘z ichiga olar edi. Bunga sabab dastlabki davrlarda sultonga
qo‘shin va qullikka ishlatish uchun ko‘proq odam kerak edi. Shuning uchun har 3 yilda bolalar
yig‘ib ketilgan. Turkiyada XVII asrda boshlangan ichki tanazzul, harbiy kuchning zaiflashuvi va
Yevropadagi raqiblarning tobora rivojlanib borishi natijasida yangi yirik yurishlarni amalga
oshirishning iloji yo‘qligi sabab endilikda devshirme tizimi har 7 yillikda amalga oshirila
boshlangan. Shu bilan birga yanicharlar ko‘rpusining shaxsiy tarkibida katta o‘zgarish yuz berdi.
Uni endi yanicharlar farzandlari va turklar to‘ldira boshladilar. Devshirmeda qabul
qilinuvchilarning yoshi va sonida ma’lum bir norma yo‘q edi. Yollangan yigitlarning yoshi 8
yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan. Biroq ba’zi manbalarda 5-10 yoshli bolalarni ham olib ketish
kuzatilgan. XVI asrning birinchi yarmidagi devshirmega yollash to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra har
qirq uydan bitta bola yollanishga majbur bo‘lgan. Sultonlar tomonidan berilgan topshiriqqa ko‘ra
oilada bitta o‘g‘il bo‘lsa devshirmega olinmagan. Bu sultonlarning insonparvarligi emas, balki bu
oilada keyingi ishchi kuchiga zamin yaratish. Ya’ni bu bola kelajakda oila qursa ishchi kuchi
ko‘payadi. Mana shu narsa sultonlarga kerak edi. Yollashda yana ba’zi istisno ham mavjud edi.
Oilali yigitlar ham devshirmega olinmas edi. Natijada ota-onalar farzandlarini olib qolish
maqsadida ularni 10-15 yoshlaridan uylantirib qo‘yishgan. Lekin sultonlik tomonidan
uylanganlardan soliq olish belgilangan. Ba’zi ota-onalar bolalarini tog‘larga yashirib qo‘yishgan,
atayin bolalarni mayib qilishgan. Chunki devshirmega mayib, kuchsiz, xunuk, kalta, uzun yigitlar
olinmagan. Dastlab devshirmega olinganlar 2-3 ming kishi bo‘lsa, XVII asr birinchi yarmida
kamaya boshlagan. Devshirmega olish aholi orasida ikki xil qabul qilingan. Ba’zi oilalar uchun
devshirmega yollash fojea hisoblangan.Ya’ni ular olib ketilgandan so‘ng sultonning quli sifatida
portlarda, qal’alar qurilishida ishlatilgan. U yerdan tirik qaytish amrimahol edi. Yana ba’zi oilalar
ahvolini yaxshilanishiga umid qilishgan. Sababi farzandi sulton saroyida ma’lum lavozimni
egallasa, oilasiga yordam berishidan manfaatdor edi. Hattoki sulton Mehmed II Konstantinopolni
egallagan davrda 48 ta vazirdan atigi 18 tasi (ba’zi ma’lumotlarda 12) kelib chiqishi turk bo‘lgan.
Shuning uchun ba’zi turklar sulton “Devon”ini “qullar bozori” deb atashgan. Devshirme
Usmoniylar jamiyatiga ko‘plab buyuk insonlarni berdi. Ular orasida buyuk vazir Mehmed Sokollu
ham bo‘lgan. U serb oilasida tug‘ilgan. Asl ismi Boyo Nenadich bo‘lgan. Qolaversa armanistonlik
me’mor Sinan, yunon millatiga mansub harbiy rahbar Ibrohim Posho va Mag‘rib gubernatori Qilich
Ali Posholar ham bor edi. XVI asr oxiridan boshlab yanicharlarning tartibi o‘zgarib ketdi. Unga
musulmonlarning o‘zlari, hatto, zodagonlar ro‘yxatdan o‘tishni boshladi. Taqiqlar olib tashlandi.
Endi yanicharlar savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi va oila qurishi mumkin bo‘ldi. Buning natijasida
devshirme o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib devshirme tizimi
o‘z faoliyatini tugatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: