221
darkor! Zero, risola muallifi har bir adib ijodiy kredosini "estetik tamoyillar, estetik góya va estetik
ideal" tayinlashini e’tirof etishi obyektiv xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi. Chunonchi,
g’oyaviylik yetakchi mezon sifatida belgilangan sharoitda badiiylik tamoyillariga e’tibor berish
yangi ilmiy qarashlar shakllanishiga turtki beradi. B.Nazarov Oybek ijodida uchraydigan ba’zi
xatolarni xolis ko’rsatib o’tadi.
"60-70-yillardan e’tiboran Shukrullo poeziyasida zamon va zamondoshimiz, Vatan va
vatandoshimiz ruhida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlarni inson qalbi kechinmalari orqali kuylash
tendensiyasining yangi bosqichga ko’tarilganini ko’ramiz. Bu jarayon uning ayniqsa "Inson va
yaxshilik", "Inson inson uchun", "Yulduzlar", "Suyanchiq", "Yashagim keladi" nomli she’riy
to’plamlaridagi asarlarida yorqin namoyon bo’ladi" [4, 92]. Tahlil jarayonida muallif adabiy-
madaniy hayotda ma’naviy sog’lomlashuv jarayoni boshlanganini ilgáydi, o’zining ilmiy
tafakkurini ham yangicha sath asosiga quradi. Shukrullo she’riyati estetikasi asoslarini baholagan
olim badiiy adabiyotda inson omiliga munosabat o’zgaruvi yangicha badiiy-estetik tamoyillar qaror
topishini kafolatlashiga ishonch bildiradi.
"Adabiyotimiz taraqqiyotining hech qaysi bir bosqichida adabiy jarayonga 60-70-
yillardagidek yosh ijodkorlarning rang-barang, boy va baquvvat to’lqini kirib kelgan emas. Bu
to’lqin vakillari ruboiy va sonetdan tortib, lirik poemalargacha, salmoqli dramatik dostondan tortib,
she’riy romanlargacha, xullas poeziyaning barcha shakllarida barakali ijod qilmoqdalar. Ular o’z
ustozlarining ilg’or an’analarini davom ettirib va yanada boyitib, adabiyotimizni ham shakl, ham
mazmun jihatidan yanada rang-barang qilmoqdalar, adabiy-madaniy ravnaqimizni yangi bosqichga
ko’tarishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar" [4, 127]. Iqtibosda bir nechta jihat
e’tiborni tortadi: birinchidan, muallif adabiyotda vujudga kelayotgan ijodiy yuksalish alomatlarini
to’g’ri ilg’aydi, ikkinchidan, kenja avlod yangi ma’naviy iqlim boshlovchilari sifatida iste’dod
darajasini zabt etadi, uchinchidan, uslubiy-shakliy izlanishlar hajmi 60-70-yillar avlodiga bog’liq!
Umuman, Baxtiyor Nazarov o’zbek adabiy tanqidchiligi jabhasida o’z ilmiy maktabini
yaratgan olim hisoblanadi. Nazariy kuzatish va jonli mushohadalarda mutaxassis kuchli analitik
sifatida namoyon bo’ladi. She’r ruhiyati, badiiy nutq tadriji, adabiy mahorat masalalarini yaxlitlikda
baholash mayli filolog qarashlari teran va izchil, yaxlit va to’laqonli tayanchga egaligini
dalolatlaydi. Ayniqsa, uning estetik quvvat-hofizasi "Bu sehrli dunyo" (1980) va "Hayotiylik –
bezavol mezon" (1985) risolalarida qabarib ko’rinadi. She’r ilmi bilimdoni sifatida munaqqid hanuz
ijod olamida hosil bo’layotgan o’zgarishlarni muntazam kuzatib boradi, munosabat bildiradi va
xolis baholaydi. Nozik ilmiy talqinlarda shoirona iqtidor hamda olimona zako ko’zga tashlanadi.
Muhimi, munaqqid ilmiy pozitsiyasi hamisha aniq va izchil, mantiqiy dalolatlangan hamda
asoslangan bilim-tasavvurlarga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: