Manuel de français Ikkinchi chet tili


Murakkab nisbiy olmoshlar (pronoms relatifs composés)



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/297
Sana20.04.2022
Hajmi3,64 Mb.
#566028
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   297
Bog'liq
Manuel Исматов Сарвар

Murakkab nisbiy olmoshlar (pronoms relatifs composés) 
nombre masculin 
féminin 
singulier 
lequel 
duquel 
auquel 
laquelle 
de laquelle 
à laquelle 
pluriel 
lesquels 
desquels 
auxquels 
lesquelles 
desquelles 
auxquelles 
Lequel, laquelle, lesquels, lesquelles nisbiy olmoshlar o`z antecedentlari 
bilan ularning rod va soniga moslashadilar. Murakkab nisbiy olmoshlar aniq predmet 
hamda mavhun tushunchalar nomlari o`rnida qo`llanadi. 
Murakkab nisbiy olmoshlar ko`pincha predloglar bilan qo`llanib, gapda 
vositali to`ldiruvchi, aniqlovchi va hol vazifasini bajaradi. Ex : L’homme avecle fils 
duquel j’étudie est ingénieur. Men o`g`li bilan o`qiyotgan kishi – injener. Le parc 
dans lequel nous nous promenons se trouve au bord de la mer. Dengiz bo`yida 
joylashgan parkda biz sayr qilyapmiz.
Lequel, lesquels, lesquelles murakkab nisbiy olmoshlari à va de 
predloglari bilan tutashganda quyidagi shakllarni hosil qiladi : 
à predlogi bilan : à + lequel = auquel 
à + lesquels = auxquels 
à + lesquelles = auxquelles 


~ 118 ~ 
ex : le problème auquel nous pensons est difficile. Biz o`ylayotgan problema – qiyin. 
Ce sont les mots auxquels il a fallu réféchir. Bular fikr yuritilishi lozim bo`lgan 
so`zlardir. Ce sont les questions auxquelles il faut répondre. Bular javob berish kerak 
bo`lgan savollardir. 
de predlogi bilan tutashganda : de + lequel = duquel 
de + lesquels = desquelles 
de + lesquelles = desquelles. 
duquel, de laquelle, desquels, desquelles formalar o`rniga odatda rod va sonda 
o`zgarmaydigan sodda dont nisbiy olmoshi qo`llanadi. Ex : C’est un travail dont (bu 
yerda duquel ishlatilmaydi) il s’occupe en ce moment. Bu u hozir shug`ullanayotgan 
ish. Ce sont de grandes maisons dont (desquelles ishlatilmaydi) les fenêtres donnent 
sur une large avenue. Bu derazalari keng ko`chaga qarab ochiladigan katta uylar. 
Duquel, de laquelle, desquels, desquelles murakkab nisbiy olmoshlari 
oldida kelgan ot predlog bilan qo`llansa murakkab nisbiy olmoshlarining qo`llanishi 
shart. Ex: Voici notre institut, en face duquel se trouve la station du métro. Mana 
qarshisida metro stansiyasi joylashgan bizning institut. La rivière, au bord de laquelle 
est situé ce parc n’est pas très large. Sohilida bu park joylashgan daryo unchalik keng 
emas. Les élèves dans les dicteês desquels il y a des fautes doivent les corriger. 
Diktantlarida xatosi bor o`quvchilar ularni tuzatishlari kerak. 
Eslatma : laquelle murakkab nisbiy olmoshi à va de predloglari bilan 
tutashmaydi, bo`lak yoziladi. Ex : La fillette à laquelle tu as donné ton livre est ma 
voisine. Sen kitobingni bergan qiz mening qo`shnim. La mer au bord de laquelle nous 
nous reposons est loin de chez nous. Sohilida biz dam olayotgan dengiz bizdan 
uzoqda. 
Lequel, laquelle, lesquels, lesquelles murakkab nisbiy olmoshlar gapda ega 
hamda vositasiz to`ldiruvchi vazifasida ham qo`llanadi. Lekin ular o`rnida qui (ega) 
que (vositasiz to`ldiruvchi) nisbiy olmoshlari ishlatiladi. Ex : l’élève qui (lequel) joue 
dans la cour est mon ami. Hovlida o`ynayotgan o`quvchi mening do`stim. La revue 
que (laquelle) je lis est intéressante. Men o`qiyotgan jurnal qiziqarli. 
Murakkab nisbiy olmoshlar ko`pincha predloglar bilan qo`llanib, gapda 
vositali to`ldiruvchi, aniqlovchi va hol vazifalarini bajaradi. Ex : l’exercice auquel je 
réflechis n’est pas facile. Men o`ylayotgan mashq oson emas. (auquel – vositali 
to`ldiruvchi). L’homme avec le fils duquel je travaille est professeur. O`g`li men 
bilan ishlayotgan kishi – o`qituvchi. (duquel - aniqlovchi). L’usine dans laquelle (où) 
nous travaillons est grande. Biz ishlayotgan zavod – katta, (dans laquelle – o`rin 
holi). 
Fransuz tilida nisbiy olmoshli qo`shma gaplar o`zbek tiliga tarjima 
qilinganda ko`pincha ular sodda yoyiq gaplarga aylanadi. Ergash gapdagi qo`llangan 
nisbiy olmosh kesim bilan tutashib sifatdosh shaklini oladi. Bunga asosiy sabab 
fransuzcha nisbiy olmoshlarning o`zbek tilida aniq muqobillari kam ishlatilishidadir. 
Ex : Les étrangers qui arrivent à Tashkent, visitent les musées et les théâtres. 
Toshkentga kelgan chet elliklar muzey va teatrlarni tomosha qiladilar. Le professeur 
que nous attendons va venir. Biz kutayotgan o`qituvchi hozir keladi. L’homme que
vous avez rencontré est notre professeur. Siz uchratgan kishi bizning o`qituvchimiz. 


~ 119 ~ 
L’escalier, dont les marches étaient en bois n’était pas glissant. Zinapoyaning 
yog`ochdan bo`lgan pillapoyalari tayinchoq emas edi. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish