Mantiqiy masalalar yechish.
Qachon bo’linma bo’linuvchiga teng bo’ladi?
(Javob: bo’luvchi 1 bo’lsa)
Agar kechasi 12-00 da yomg’ir quyib yog’ayotgan bo’lsa, 48 soatdan keyin quyosh chiqadimi?
(Javob: yo’q, yana kechasi 12-00 da bo’ladi)
Tovuqni bir oyog’I bilan tortilsa 1,5 kg keldi. Ikkala oyog’I bilan tortilsa qancha kg keladi?
(Javob: yana 1,5 kg keladi)
Ali, Vali, Soli 6 kmga yugurib borishdi. Ularni har biri necha km dan yugurishgan?
(Javob: 6 kmdan)
Raqamlar orasiga 4 amal ishorasi va qavsdan foydalanib, tenglikni to’g’irlang?
1+2+3+4+5+6+7+ (8x9)=100
1+2(2x3)+(4x5)+6-7+8x9=100
1x2+34+56+7-8+9=100
1+2+3+4+5+67+8+9=100
12+3-4+5+67+8+9=100
12-3-4+5-6+7+89=100
123+4-5+67-89=100
123+45-67+8-9=100
123-45-67+89=100
(Javob: “qizil” bilan qo’yildi)
Soat 12 dan 25 minut o’tganini ko’rsatib turibdi. Agar soat va minut millkalari almashsa, qaysi vaqti ko’rsatadi?
(Javob: ertalab 5-00 yoki kechki 17-00)
Oxirgi natijani topish: Bir xonali son o’ylang. Unga 29 sonini qo’shing. Yig’indini birlar xonasini o’chiring. O’nlar xonasidagi sonni 10 ga ko’paytiring. Ko’paytmaga 4 sonini qo’shing, yig’indini 3 ga ko’paytiring, undan 2 sonini airing.
(Javob: ayorma doimo100 chiqadi)
Mulohazali masala: 48 ta gugurt cho’pini 3 ta bo’lakka bo’lindi. Ular teng emas, ammo 1-to’pdan 2-to’pga, 2-to’pda qancha bo’lsa, shuncha; keyin 2-to’pdan 3-to’pga, shu 3-to’pda qancha bo’lsa shuncha; olib qo’ysam va nixoyat 3-to’pdan 1-to’pga qancha qolgan bo’lsa, shuncha olib qo’ysam, hamma to’pdagi cho’plar teng bo’ladi? Dastlab har bir to’pda qanchadan gugurt cho’pi bo’lgan?
(Javob: I-22 ta II-14 ta III-12 ta)
8 ta 8 raqamidan 1000 hosil qiling?
(Javob: 888+88+8+8+8=1000)
3 ta 2 va 3 ta 3 raqamidan foydalanib, 24 sonini hosil qiling-chi?
( Javob: 22+2=24; 3 – 3 = 24 )
Mulohazali masalalar. “Baliqni og’irligi qancha”. Baliqni dumi 1 kg, boshi uni dumi va tanasi og’irligini yarmiga teng. Tanasi esa boshi va dumini og’irligiga teng. Baliqni og’irligi qancha?
(Javob: 8 kg)
Qo’shish qonunlaridan foydalanib, natijani tez hisoblang.
7091+(1819+509)
386+287+213+564
(9073+1329)+2671
Fermerni 102 ga yeri bor. Uni yarmiga g’alla ekdi. Qolgan yerni uchdan ikki qismiga paxta ekdi. Qolgan yer esa bog’ qilindi. Necha gektar bog’ qilingan?
(Javob: 17 ga)
“Oxirgi sonni topish” o’yini.
Son o’ylang. Unga 11 ni qo’shing. Yig’indini 2 ga ko’paytiring. Ko’paytmadan 20 sonini airing. Ayirmani 5 ga ko’paytiring. Bu ko’paytmadan o’ylagan soningizdan 10 marta katta sonni ayting. Ayirma 10 qoladi.
(Javob: Ayirma doimo 10 chiqaveradi)
15) 1 ta cho'pning 2 ta uchi bor. 5 ta cho'pniki-chi? 5,5 ta cho'pda-chi? 10 tada-chi?
(Javob: 10, 12)
4 ta gugurt cho'pdan 15 sonini yozing-chi? (Javob: XV)
5 5 5 = 0 amal ifodalar yordamida tenglikni to'g'rilang. (Javob: 5x(5-5) = 0)
1 so'mni 10, 15, 20 tiyinliklar bilan maydalash usullarini ko'rsating.
Javob
|
10 tiyin
|
15 tiyin
|
20 tiyin
|
1 usul—
|
3 ta
|
2 ta
|
2 ta
|
2 usul —
|
2 ta
|
4 ta
|
1 ta
|
3 usul —
|
1 ta
|
2 ta
|
3 ta
|
4 usul —
|
5 ta
|
2 ta
|
1 ta
|
(davom ettiring)
Ota 45 yoshda, uning lta o'g'li 15 yosh, ikkinchisi 11 yosh, uchinchisi 7 yoshda. Necha yildan keyin otasining yoshi uchala o'g'illari yoshi yig'indisiga teng bo'lib qoladi?
(Javob: 6 yildan keyin)
Do'stlaringiz bilan baham: |