Berilgan dialogni monologik matnga aylantiring.
Javob
Tohir Malik. So„nggi o„q
Savollarimga Jahongirning bergan javoblarini yozib borar ekanman, uning
savollarga birato„la javob berishidan maktab ko„rgan jinoyatchi ekanligi sezilib
turardi. Keyin undan 1957-yilning beshinchi oktabr sanasida qayerda ekanligini
so„radim. U menga o„sha paytda Daydidarada ekanligini aytdi, sababini bilishga
qiziqqan edim, bolaligini o„sha yerda o„tganligini aytdi. Odatdagiday savollarni
davom ettirdim. Marhum unga tanish ekanligini so„raganimda, u ezgin ohangda
uni tanimasligini aytdi. Bu holati meni biroz ajablantirdi, shunda men undan
marhumni nimaga o„ldirganligini so„ragan edim, u bu ishni ov qilayotib behosdan
unga tegib ketganligini aytdi. Shundan so„ng o„qni marhumni qayeriga tekkanligini
bilishni xohladim, ayblanuvchi esa buni ko„rmaganligini, chunki o„shanda qo„rqib
qochib ketganligini aytdi. Shu paytda ayblanuvchini yolg„on gapirayotganini
payqadim va uni qayerdadir adashishini sezib, savollarni to„xtovsiz bera
boshladim. Marhumni qay holatda otganligini ham bilmasligini aytdi, miltig„ini
esa daryoga uloqtirib yuborganini aytar ekan unda qandaydir bezovtalik sezila
boshladi. Shu paytda taslim bo„lganligini ishora qilib, boshqa savol bermasligimni,
aybiga iqror ekanligini aytdi va uni bu jinoyati uchun otib tashlashimni so„radi.
Unga biroz tikilib qaradim va unga go„llik yarshmas ekanligini, dunyoda sud
degan narsa borligini eslatib, bizni qo„limizni ham qonga botirishni so„ramasligini
aytdim.
Mantiqiy savollar. A bo‘lim
5. Odamlar turli xil yo„llar bilan o„rganadilar. Ba`zi odamlar biron narsani
qilish, yasash, amalda qo„llash orqali o„rgansalar, ba`zilar o„sha narsa haqida o„qib
o„rganadilar, yana ba`zilar odamlarning shu narsa haqidagi gaplarini eshitib
o„rganadilar.
Siz uchun o„rganishning qaysi yo„li ma`qulroq? Javobingizni misollar bilan
asoslang.
Javob
Har bir inson dunyoga kelgandan so„ng sekin asta bu dunyoning bilimlarini,
sir-asrorlarini, hayotning qonuniyatlarini o„rgana boshlaydi. Albatta, Olloh
hammani birdek yaratmagan. Shunday ekan, hammaning potensiali, harakteri,
imkoniyatlari turli xil. Shu jumladan, o„qib-o„rganishning ham qay usulini afzal
ko„rish ham shu insonning o„ziga bog„liq, kimdir o„qib o„rganishni ustun bilsa,
kimdir uni amaliyotda o„rganishni afzal ko„rsa, yana kimdir eshitish omili orqali
o„rganishni ustun biladi.
Albatta, o„rganishning yuqorida keltirilgan turlarini ham o„ziga yarasha ustun
va kamchilik tomonlari mavjud. Ularni bu jihatlarini birma bir tahlil qilishga
harakat qilamiz. Inson dastlabki bilimlarni eshitish omili orqali o„rganadi. Shuning
uchun birinchi navbatda eshitish orqali o„rganishni tahlil qilamiz. Eshitish omili
orqali o„rganishning quyidagicha ustun tomonlarini keltirib o„tishimiz mumkin:
birinchi navbatda vaqt tejamkorligi. Hammamizga ma`lumki, biz audio
ma`lumotlarni eshitganimizda yoki biror ma`ruza tinglaganimizda shu narsani
o„qiganga yo amalda bajarganga nisbatan kamroq vaqt talab etiladi. Ikkinchidan,
alohida sharoit talab qilmasligi. Biz xohlagan vaqtda xohlagan joyda
o„zlashtirishimiz mumkin. Eshitish orqali o„rganishning salbiy tomoniga
to„xtaladigan bo„lsak, u boshqa o„rganish usullariga nisbatan inson xotirasida
saqlanish muddati sezilarli darajada qisqa.
O„rganishning o„qish omilini bir necha o„ziga yarasha ustun tomonlari
mavjud. Inson hayoti davomida ko„plab ma`lumotlarni o„qish orqali biladi.
Dunyodagi juda ko„plab axborot kitoblarda muhrlangan bo„ladi. Bu usulning
salbiy tomoniga kelsak, bu usulda bo„sh qop tik turmaydi deganlaridek, hamma
narsani biz o„qish orqali o„rgana olmaymiz. Albatta, bu maqol amaliy bajarish
orqali o`rganishga nisbatan.
O„rganishning amaliy bajarish ham eng muhim bilish vositasi hisoblanadi.
Biz hamma o„qigan narsalarimizni ham amaliyotda bajara olmaymiz. Shunday
ekan, bu o„rgangan bilimlarimiz bamisoli bo„sh qopdir, qachonki biz uni amaliy
bajarsak, to„ladi, ya`ni mukammal holatga keladi. Lekin biz dunyodagi shunday
nazariy bilimlar borki, biz ularni amaliy bajara olmaymiz, chunki buni iloji yo„q,
yana shunday bilimlar borki, biz ularni amaliyotsiz o„rgana olmaymiz, negaki, buni
nazariy jihatda iloji yo„q.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, dunyoda mukammal narsaning o„zi yo„q.
Shuning uchun biz o„rganishning faqatgina bir usuli orqali hamma narsani
dunyodagi ilmlarni egallay olmaymiz. Ular bir-birini to„ldiradi. Hamma narsani
ham o„qish, ham uqish kerak.
Mantiqiy savollar. B bo‘lim
20. Guruh talabalari tomonidan o„tkazilgan shanbalikka batafsil bildirishnoma
yozib bering.
Javob
10.6.2020
Toshkent davlat yuridik universiteti
Atrof muhitni obodonlashtirish va universitet binosida ozodalikni saqlash
bo„yicha
2020-yil “10” iyun
Do'stlaringiz bilan baham: |