Narxlar muvozanatga olib keladi
Bozor narxlari ham xaridorlarning, ham sotuvchilarning tanlovlariga ta'sir ko'rsatadi.
Agar narxining o'sishi mahsulotni xaridorlar uchun qimmatroq qilsa, odatda xaridorlar
mahsulotni kamroq miqdorga xarid kiladilar. Demak, tovar yoki xizmat narxi bilan
talab miqdori o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. Ushbu teskari bog'liqlik talab
qonuni
(?)
deb ataladi.
Sotuvchilarga esa mahsulot narxining o'sishi qo'shimcha daromad keltiradi va
shuning uchun ham ular ko'proq mahsulot yetkazib berishga harakat qiladilar. Demak,
mahsulot narxi bilan taklif miqdori o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud. Bu ijobiy
bog'liqlik taklif qonuni
(?)
deb ataladi.
Talab qonuni shunchalik universal tushunchaki, iqtisodchilar unga biror
mazmunli istisno bor-yo'qligini o'nlab yillar davomida izlab topishga harakat qilib
kelyaptilar. Biroq, taklif qonuni deyarli doimo to'g'ri amal qilsada, u ba'zi istisnolardan
xoli emasligini nazarda tutish lozim. Misol uchun, o'qish to'lovini to'lash uchun
universitet talabasi ishlaydi (ya'ni ish kuchini taklif qilayapti). Uning ish haqi
(mehnatining sotish bahosi) oshdi, deb tasavvur qilaylik. Agar bu unga kamroq soat
ishlab o'qish to'lovini to'lashiga imkon bersa, darsga ko'proq vaqt ajratishi uchun u o'z
ish kuchi taklifini qisqartirishi mumkin.
Narx, talab va taklif miqdori o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklarni iqtisodchilar
ko'pincha grafiklar yordamida namoyish qiladilar. Buning uchun tovar narxi vertikal y
o'qida, vaqt birligiga (masalan, ha a, oy yoki yil) tovar miqdori esa gorizontal x o'qida
ko'rsatiladi. 2-chizma klassik talab va taklif grafigini muzqaymoq va Gruziya milliy
valyutasi lari misolida namoyish etadi. Talab egri chizig'i xaridorlar alternativ
narxlarda turli miqdordagi muzqaymoq sotib olishlarini ko'rsatadi. Talab egri chizig'i
pastga va o'ngga yo'nalganligiga e'tibor bering. Bu narx pasaygani sari iste'molchilar
ELEMENT 1.6
Narxlar xaridor va sotuvchlar tanlovlarini muvozanatga keltiradi.
32
ko'proq muzqaymoq xarid qilishlarini bildiradi. Bu talab qonunini grafik orqali
ko'rsatishdir.
Taklif egri chizig'i ishlab chiqaruvchilar alternativ narxlarda turli miqdordagi
muzqaymoq ishlab chiqarishlarini ko'rsatadi. 2-chizmada ko'rsatilganidek, taklif egri
chizig'i tepaga va o'ngga yo'nalgan bo'lib, bu ishlab chiqaruvchilar yuqoriroq narxlarda
ko'proq muzqaymoq yetkazib berishga moyilligini bildiradi. Taklif egri chizig'i taklif
qonunini grafik orqali tasvirlaydi.
2-chizma: Talab, takilf va muvozanat narx
Do'stlaringiz bilan baham: |