Savdo iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi.
25
nafaqat mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning miqdori bilan,
balki ushbu tovar va xizmatlar qanday taqsimlanganligi bilan ham aniqlanadi.
Ikkinchidan, savdo ishlab chiqarish va iste'mol hajmlarining oshishiga sharoit
yaratadi, chunki u xarajat nuqtai nazaridan qo'limizdan eng yaxshi keladigan faoliyatga
to'la ixtisoslashishimizga imkon beradi. Odamlar biror faoliyat turiga ixtisoslashganda,
ular uning mahsulotlarini boshqalarga sotishlari mumkin. Sotishdan olingan
daromadni mustaqil ishlab chiqarish qimmat bo'lgan narsalarni xarid qilishga ishlatish
mumkin. Ushbu ayirboshlashlar orqali odamlar shu tarzda ixtisoslashsa, tovar va
xizmatlarni ixtisoslashmagan holatga qaraqanda kattaroq hajmda ishlab chiqaradilar.
Iqtisodchilar bu printsipni qiyosiy ustunlik qonuni
(?)
deb atashadi. Bu qonun shaxslar,
korxonalar, mintaqalar va mamlakatlar o'rtasidagi savdoga tegishli.
Qiyosiy ustunlik qonunining asosida sog'lom mantiq yotibdi. Agar kimdir sizni
ishlab chiqarish tannarxingizdan arzonroq bahoda (hamma xarajatlar muqobil qiymat
ekanligini unutmang) mahsulot bilan ta'minlashga rozi bo'lsa, unda uni sotib olish
mantiqqa to'g'ri keladi. Shunda siz vaqt va resurslaringizni o'zingiz arzon narxda ishlab
chiqara oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanishingiz mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, qo'lingizdan eng yaxshi kelganini ishlab chiqaring, qolganini
esa sotib oling. Natijada, siz va sizning savdo hamkorlaringiz ixtisoslashuv
(?)
va
savdodan o'zaro manfaat topasiz. Bu esa ishlab chiqarish hajmi va daromadlarning
oshishiga olib keladi. Aksincha, agar hamma narsani mustaqil ishlab chiqarishga
urinsangiz, bu vaqt va resurslaringizni tannarxi yuqori ko'plab narsalarni ishlab
chiqarishga sarflashni anglatadi. Bu esa ishlab chiqarish va daromadlarning
kamayishiga olib keladi.
Masalan, tibbiy hujjatlarni yuritish yoki qabulga yozish ko'pchilik
shifokorlarning qo'lidan yaxshi kelishi mumkin, lekin ular bu xizmatlarni qilish uchun
boshqa kimsani yollagani ma'qulroq. Shifokorlar hujjatlarni yuritishga sarflagan
vaqtini bemorlarni ko'rishga sarflashlari mumkin. Bemorlarni qabul qilishga sarflangan
vaqtning ancha qimmatligi tufayli shifokorlarning tibbiy hujjatlarni yuritishining
muqobil qiymati baland bo'ladi. Demak, shifokorlar tibbiy hujjatlarni yuritish uchun
deyarli har doim boshqalarni yollashni ma'qul topadi. Undan tashqari, agar shifokor
26
tibbiy xizmarlarni ko'rsatishga ixtisoslashib, hujjatlarni yuritishga esa qiyosiy
ustunlikka ega shaxsni ishga yollasa, bu boshqa holatga qaraganda xarajatlarni
kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmini
(?)
oshiradi.
Uchinchidan, ixtiyoriy ayirboshlash korxonalarga katta miqyosli ishlab
chiqarish uslubidan foydalanib, mahsulot birligi tannarxini pasaytirishga imkon
beradi. Savdo korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarini keng ko'lamli bozorlarda
sotishlariga imkon yaratadi. Natijada, 1989-yilda Moldova sharbatlarining jahon
bozorlariga kirishi misolidek, korxonalar katta hajmda mahsulot ishlab chiqarishni
rejalashtirishlari va ishlab chiqarish jarayonida miqyos samarasi
(?)
uslubidan
foydalanishlari mumkin bo'ladi. Ushbu jarayonlar mahsulot birligi tannarxini keskin
kamayishiga va ishchi boshiga mahsulot hajmini sezilarli darajada oshishiga olib keladi.
Bu natijalarga savdosiz erishib bo'lmas edi. Bozor kuchlari
(?)
muntazam ravishda ishlab
chiqarishni (yuqori tannarxli ishlab chiqaruvchilardan) kam tannarxli ishlab
chiqaruvchilar tomon qayta taqsimlaydi. Natijada, ochiq bozorlar ko'pincha mahsulot
va resurslarni ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar qiymatini, miqdorini va xilma-
xilligini maksimallashtirishni nazarda tutgan holda taqsimlaydi. Xitoy boshqariladigan
iqtisodiyotning ajoyib namunasidir. 1995-yilda jahon savdo tizimiga qo'shilgandan so'ng
fuqarolari savdo va qiyosiy ustunlikdan foydalana oldilar, bu esa milliardlab odamlarni
(Xitoy va mintaqadagi boshqa mamlakatlarda) qashshoqlikdan olib chiqishga imkon
yaratdi.
O'qish uchun:
Duayt Li. «Ixtisoslashuv va boylik»
Zamonaviy dunyoda savdoning ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatish qiyin. Savdo
ko'pchiligimizga o'zimiz mustaqil ishlab chiqara olishimiz mumkin bo'lgan miqdordan
ancha ko'p miqdorda turli xil tovar va xizmatlarni iste'mol qilishimizga imkon yaratadi.
Shaxsan ham uy-joy qurish, ham kiyim va oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan bog'liq
mashaqqatlarni tasavvur qila olasizmi? Kompyuyter, televizor, idish-tovoq yuvish
27
mashinasi, avtomobil va telefonlar ishlab chiqarish to'g'risida gapirmasak ham bo'ladi.
Qayd etilgan buyumlarga ega bo'lgan insonlar yashaydigan jamiyatda iqtisodiyot, avvalo
shaxslar hamkorlik qilishini, ixtisoslashuvini va savdo qilishini ta'minlaganligi sababli
ular ushbu buyumlarga ega. Ichki yoki xalqaro ayirboshlashga to'sqinlik qilgan
mamlakatlarda fuqarolarning savdo manfaatlariga erishish va yanada farovon hayot
kechirish imkoniyati pasayadi. To'g'ri, dinamik jahon iqtisodiyoti deganda har bir
mamlakat mehnat bozorini vaqt o'tgan sari o'zgarishlarga duch kelishini anglatadi.
Bunga munosib chora sifatida, dunyodagi deyarli barcha iqtisodchilar importni
cheklash o'rniga ishchilarni yangi ish joylarga yo'naltirishga ko'maklashish to'g'ri yo'l
ekanligiga qo'shiladilar.
Video:
Ixtiyoriy ayirboshlash iqtisodiyoti