Mantiqiy Iqtisodiyot


Ukraina uchun qaysi tizim ma'qulroq?



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

Ukraina uchun qaysi tizim ma'qulroq?

Ukrainadagi yarim-prezidentlik tizimida vazirlar Oliy Radaga bo'ysunadi, lekin

mahalliy hokimiyat rahbarlari prezident tomonidan tayinlanadi. Vakolatlarning

bunday bo'linishi Ukrainada kamida uchta sababga ko'ra muhim muammo tug'diradi.




421

Birinchidan, u hukumat ichida vazirlar va mahalliy hokimiyat rahbarlari o'rtasida

ziddiyatlarning davom etadigan holatni yuzaga chiqaradi. Ikkinchidan, prezident kam

ovoz oladigan hududlarda o'zi tayinlagan mahalliy amaldorlar bilan bog'liq korruptsiya

holatlariga uncha e'tibor bermasligi mumkin. Buni tushungan ushbu hududlardagi

saylovchilarning aksariyati prezidentga qarshi bo'lishi mantiqqa to'g'ri keladi. Shu

sababli bu vaziyat Ukrainadagi prezident siyosatining hududiy qutblanishining

muntazam oshishiga sabab bo'lmoqda.

Uchinchidan, mahalliy hukumatning prezident tomonidan nazorat qilinishi

saylovchilarning mahalliy hokimiyatda yangi istiqbolli milliy liderlarni aniqlash

qobiliyatini pasaytiradi. Muvaffaqiyatli demokratik mamlakatlarning ko'pchiligida

saylangan mahalliy hokimiyat vakillari milliy rahbar sifatida kuchli nomzod

ekanliklarini mahalliy homikiyatda sifatli xizmatlari orqali isbotlashlari mumkin.

Ammo Ukraina prezidenti mahalliy hokimiyat rahbarlarini tayinlab, vazifasidan ozod

qila olgani uchun, u ushbu vakolatdan unga qarshi kuchli raqobatchi nomzod bo'lishi

mumkin bo'lgan mahalliy liderlarni lavozimidan bo'shatishda foydalanishi mumkin.

Demak, Ukrainada yarim-prezidentlik tizimi demokratik raqobatni zaiflashtirishga

moyil.


Hozir Ukraina jamiyatda korruptsiyaga qarshi kurashishga o'zining bor kuchini

sarflashga tayyor milliy liderga muhtoj. Agar prezident va bosh vazirning ikkalasi

hokimiyatning katta qism amaldorlarini tayinlash huquqiga ega bo'lsa, ularning

ikkalasi ham yirik korruptsiya bilan bog'liq janjallardan isnodda qolishi mumkin. Agar

Ukraina xalqi jamiyatning barcha jabhalarida korruptsiyani fosh qilishga o'zini to'liq

bag'ishlagan prezidentni xohlasa, unda prezident davlat mulozimlarini tayinlash

huquqidan butunlay ozod qilinishi lozim. Bu haqiqiy parlament tizimiga o'tishga kuchli

asos bo'lib, u hukumat amaldorlarini to'liq Oliy Radaga, viloyat va tumanlardagi

mahalliy amaldorlarni esa tegishli viloyat yoki tuman kengashlariga bo'ysundiradi.

Ukraina uchun Avstriya yaxshi namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin. Avstriya

prezidenti xalq tomonidan saylanadi, lekin uning hukumatni nazorat qilish vakolati

juda cheklangan. Hukumat uchun bevosita mas'uliyatdan ozod qilingan Avstriya

prezidentlari jamiyat manfaatlarining faol himoyachilariga aylandilar. Natijada,



422

avstriyalik prezidentlar tezda mashhur bo'lib, ular odatda ko'pchilik ovoz bilan qayta

saylanadilar (hattoki prezident partiyasi boshqa saylovlarda uncha yaxshi natijalarga

erishmasa ham).

Prezident vakolatlarini cheklash va mahalliy boshqarishni detsentralizatsiya

qilish bo'yicha yuqorida keltirilgan asoslar Ukraina saylov tizimini isloh qilishga bog'liq

emas. Shunga qaramasdan, ba'zilar Oliy Radada proportsional vakillik orqali

ajratiladigan o'rinlar sonini 50 foizdan 100 foizgacha oshirish maqsadida saylov

tizimini isloh qilishni ilgari surdilar. Agar yagona ovozli saylov uchastkalari bekor

qilinsa, hududlar bo'yicha partiya nomzodlaridan qaysi biriga ovoz berish uchun

saylovchilarga imkoniyat yaratuvchi ochiq partiya ro'yxatlarini tuzish muhim bo'ladi.

Agar parlamentda 20 va undan ko'proq vakillarga ega yirik saylov uchastkalarida

proportsional vakillik tizimi joriy qilinsa, unda Oliy Radada hukumat ko'pchiligini

shakllantira oluvchi har qanday partiyalar koalitsiyasi har bir saylov uchastkasidan

hech bo'lmasa birorta nomzodni qo'shishga harakar qilardi. Ya'ni, saylov tizimidagi

islohotlar Ukraina hududiy tarqoqligini kamaytirishga ham yordam berishi mumkin.

Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish masalasi faqat Ukraina fuqarolari

tomonidan demokratik yo'l bilan hal qilinishi kerak. Amaldagi saylangan mamlakat

rahbarlari vakolatlarini cheklashga qaratilgan har qanday o'zgarishlarga qarshi

chiqishlari tabiiy. Shu sababli jamiyatning jiddiy talablarisiz konstitutsiyaviy islohotlar

kamdan-kam muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy islohotlarga bo'lgan

bunday qarshiliklarning mavjudligi har doim ham salbiy holat emas, chunki hukumat

barqarorligi muhimdir. Shuning uchun konstitutsiyalar faqat jiddiy ehtiyoj bo'lganda

o'zgartirilishi kerak. Ushbu maqolaning maqsadi Ukraina xalqiga konstitutsiyaviy

islohotlar bilan bog'liq masalalarga jiddiy e'tibor berish vaqti kelganligini ko'rsatishdan

iborat.



Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish