Boshqaruvning prezidentlik va parlament
tizimlarini taqqoslash
Dunyodagi barcha demokratik jamiyatlar prezidentlik yoki parlament tizimiga
asoslangan. Albatta, mukammal demokratik tizimning o'zi yo'q. Har bir demokratik
tizimning o'z afzallik va kamchiliklari bor. Keyingi ikki qismda biz prezidentlik va
parlament tizimlarini taqqoslaymiz hamda ularning parlamentni saylash qoidalariga
bog'liqligini qarab chiqamiz. (Ushbu muhokamaning xulosasi maqola oxiridagi jadvalda
keltirilgan).
Prezidentlik demokratiya tizimida ijroiya hokimiyatining rahbari (prezident)
qonun chiqaruvchi hokimiyatdan (parlament) alohida saylanadi. Shu sababli parlament
prezidentni vakolatidan mahrum qilish huquqiga emas. Faqvqulodda holatlarda
impichment chorasi bundan mustasno.
Parlament tizimida ijroiya hokimiyat rahbari (bosh vazir) parlament tomonidan
tayinlanadi va, shu bilan birga, parlament ishonchsizlik ovozi bilan ijroiya hokimiyatini
tarqatib yuborish huquqiga ega. Demak, parlament tizimida ijroiya va qonun
chiqaruvchi hokimiyat konstitutsiyada alohida bo'linmagan.
Agar parlament tizimida hokimiyatni ko'pchilik koalitsiyasi nazorat qilsa, u
qarorlarni tez va samarali qabul qila oladi. Agar bosh vazir qonun chiqaruvchi
ko'pchilikka tayansa, u hokimiyatni uni qo'llab-quvvatlovchi qonun chiqaruvchilar
o'rtasida adolatli taqsimlash yo'lidagi obro'sini saqlab turishiga harakat qiladi.
Hukmron parlament koalitsiyasi a'zolarini hukumatning davomiyligiga bog'liq bo'lgan
qonun loyihasini ishonch ovozi bilan qo'llab-quvvatlashga undash mumkin. Natijada,
prezidentlik tizimidagi partiyalarga nisbatan parlament tizimidagilar intizomliroq va
jipslashganroq bo'ladi.
418
Prezidentlik tizimida prezident uni qayta saylanishini qo'llab-quvvatlaydigan
homiylarga imtiyozlar berishga moyil. Natijada, parlament tizimidagiga nisbatan
sustroq nazoratni his qilgan qonun chiqaruvchilarning ko'magiga erishish uchun
qonun loyihalariga alohida imtiyozlar («bochkadagi yog'» siyosati) kiritishga to'g'ri
keladi.
Parlament tizimida agar hech qaysi partiya ko'pchilikni tashkil etmasa, unda
birgalikda ko'pchilikni tashkil etadigan partiyalar hukumatni tuzish bo'yicha biror
kelishuvga kelmaguncha hukumatda falaj vaziyat davom etishi mumkin. Bu ko'pincha
saylovlardan keyingi birinchi ha alarda sodir bo'ladi, ammo yangi hukmron koalitsiya
odatda tez tuziladi. Ammo prezidentlik tizimida esa, agar parlament prezident partiyasi
nazorati ostida bo'lmasa, qaror qabul qilishdagi shunday falajlik butun prezidentlik
muddatida davom etishi mumkin. Bunday holar AQSHda yaqin o'n yilliklarda sodir
bo'lib kelyapti.
Agar parlament koalitsiyasidagi partiyalarga koalitsiyaga qo'shilish yetarlicha
manfaat keltirmasa, ular hukumatni iste'foga chiqarish bilan tahdid qilishi mumkin.
Parlament tizimidagi bunday tahdidlar muntazam hukumat inqirozlari va davlat
faoliyatida uzoq muddatli uzilishlar xafvini oshirishi mumkin. Biroq, «konstruktiv
ishonchsizlik ovozi» deb ataluvchi konstitutsiya qoidasi bilan yuqoridagi riskning
keyingisini pasaytirish mumkin. Bunda parlament hukumati uning o'rnini bosuvchi
muqobil ko'pchilik mavjud bo'lgan taqdirdagina tarqalib yuborilishi mumkin. Bu qoida
birinchi marta Germaniyada joriy etilgan bo'lib, u hozirgi kunda ko'p mamlakatlarda
amal qiladi.
Yaxshi amal qiluvchi prezidentlik tizimlari ham mavjud bo'lib, ularda ijroiya
hokimiyatning vakolatlari cheklangan, chunki parlament prezidentlarning o'z
vakolatlarini kengaytirishga bo'lgan moyilliklarini samarali nazorat qiladi. Misol
sifatida xayolga avvalo AQSH va Chili keladi. Ammo dunyodagi prezidentlik
tizimlarining ko'pchiligida yakka hokimiyatchilikka moyillik kuzatiladi, chunki
prezidentlar hokimiyatning barcha tarmoqlari ustidan nazoratni o'rnatmaguncha, ular
vakolatlarini kengaytirishga harakat qilaveradi. Bu vakolati cheksiz deb his qilgan
amaldagi prezidentning o'z vakolatini suiiste'mol qilinishiga olib kelishi mumkin.
419
Rossiya va Turkiya bunga joriy misoldir. Moldovadan tashqari sobiq Sovet Ittifoqidagi
barcha respublikalar prezidentlik tizimiga o'tgan bo'lib, Markaziy va G'arbiy
Yevropadagi parlament tizimiga asoslangan mamlakatlarga solishtirganda, ularning
yutuqlari ko'pincha uncha katta emas. Ukrainaning oxirgi 25 yildagi tarixi bunga
misoldir.
Ba'zi mamlakatlar, shu jumladan Ukraina, aralash yarim-prezidentlik tizimiga
amal qilib, unda vakolatlar saylangan prezident va parlamentga hisobot beruvchi bosh
vazir o'rtasida taqsimlangan. Yarim-prezidentlik tizimi tarafdorlari prezidentlik va
parlament tizimlarining eng yaxshi tomonlarini jamlashga umid qiladilar, lekin
tanqidchilar ular bu ikki tizimning eng salbiy tomonlarini jamlashidan
xavotirlanadilar. Albatta, har qanday yarim-prezidentlik tizimi ijroiya hokimiyat
doirasida prezident va bosh vazir o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yarim-prezidentlik tizimlaridan birinchisi Germaniya Veymar Respublikasida
amal qilgan bo'lib, u Ikkinchi jahon urushidan oldin natsistlar hokimiyatga kelganda
qulagan. Hozirgi Frantsiyani ko'pincha yarim prezidentlik tizimiga asoslangan deb
hisoblashadi, lekin Frantsiyani parlament tizimiga asoslangan deyish to'g'riroq bo'ladi,
chunki parlament prezidentning partiyasidan boshqa partiya nazorati ostida bo'lganda,
hukumatni amalda bosh vazir nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |