PSIXOLOGIK TEST:
“MANTIQIY FIKRLASHNI TEKSHIRISH” METODIKASI
Sizga mantiqiy-sanoq munosabatlarini aniqlash uchun 20 ta vazifa taklif qilinmoqda.
Har bir vazifada qaysi biri katta yoki kichikligini aniqlash va topilgan natijani chiziq tagiga belgilar (< >) yoki «katta», «kichik» so’zlari bilan yozish zarur. Barcha vazifalarni miyada, iloji boricha tez va xatosiz yechish kerak. Vazifalarni yechish uchun 10 daqiqa beriladi.
1. A B dan 6 marta kata B V dan 7 marta kichik
2. A B dan 10 marta kichik B V dan 6 marta katta
3. A B dan 3 marta kata B V dan 6 marta kichik
4. A B dan 3 marta kata B V dan 5 marta kichik
5. A B dan 3 marta kichik B V dan 5 marta katta
6. A B dan 9 marta kata B V dan 12 marta kichik
7. A B dan 6 marta kata B V dan 7 marta kichik
8. A B dan 3 marta kichik B V dan 7 marta katta
9. A B dan 9 marta kata B V dan 4 marta kichik
10. A B dan 2 marta kichik B V dan 8 marta katta
11. A B dan 3 marta kichik B V dan 4 marta katta
12. A B dan 2 marta kata B V dan 5 marta kichik
13. A B dan 10 marta kichik B V dan 3 marta katta
14. A B dan 5 marta kichik B V dan 2 marta katta
15. A B dan 4 marta kata B V dan 3 marta kichik
16. A B dan 3 marta kichik B V dan 2 marta katta
17. A B dan 4 marta kata B V dan 7 marta kichik
18. A B dan 4 marta kata .B V dan 3 marta kichik
19. A B dan 5 marta kichik B V dan 8 marta katta
20. A B dan 7 marta kata B V dan 3 marta kichik
Vaqt o’tishi bilan eksperiment tugatiladi va to’g’ri yechilgan vazifalar soni aniqlanadi. Bunda 10 tadan ortiq vazifani to’g’ri yechish kattalar uchun me’yor hisoblanadi.
Kalit:
1 V>A; 2. V>A; 3. V>A; 4. V>A; 5. A>V; 7. V>A; 8. A>V; 9. A>V; 10. A>V ; 11. A>V ; 12. V>A; 13. V>A; 14. V>A; 15. V>A; 16. V>A; 17. V>A; 18. A>V; 19. A>V ; 20. A>V .
“ORTIQCHASINI O’CHIRISH” METODIKASI
Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va chalg’ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu metodikaning ikki turi bor: predmetli va so’zli. Metodikaning predmetli turida qo’zg’atuvchi material alohida qog’ozlarda berilishi zarur. Har bir qog’ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq, qora yoki rangli bo’lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo’yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi yo’riqnoma beriladi: «Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz 3 ta predmetni birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga kirmaganligi uchun uni o’chirish kerak».
Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Metodikaning og’zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo’llash mumkin. Tajriba o’tkazish uchun so’zlar qatori yozilgan maxsus qog’oz varag’i bo’ladi.
Yo’riqnoma: «Har bir qatorda 5 ta so’z bor, 4 ta so’zni bir guruhga kiritib nom bering, bir so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak».
1. Stol, stul, krovat, pol, shkaf.
2. Sut, qaymoq, qatiq, so’ema, go’sht.
3. Botinka, ztik, bog’ich, tufli, tapochka.
4. Bolg’a, arra, mix, bolta, randa.
5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho’r.
6. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli.
7. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped.
8. Abror, Murot, Aziz, Asqarov, Nabi.
9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr.
10. Tokar, o’qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt.
11. Palto, plash, ko’ylak, tugma, shim.
12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt.
Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |