ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1395
Muallifning yana bir maqolasi: “Lison ut-tayr”: haqiqat va majoz sintezi” deb
nomlanadi. Ushbu maqolada quyidagicha adabiy va tanqidiy fikrlar bayon etiladi:
“Ma’lumki, “Lison ut-tayr”, “Mantiq ut-tayr” dan ko’proq shakl jihatidan farq qiladi.
Mohiyat e’tibori bilan esa bu ikki doston bir-biriga juda yaqin asarlar hisoblanadi.
Xolbuki, sho’ro adabiyotshunosligida bu ikki mushtarak dostonni bir-biriga qarshi
qo’yish, xatto ularning, “falsafiy konsepsiyasi bir-biriga ziddir” tarzida xulosa chiqarish
holatlari ko’p bo’ldi. Lekin adolat nuqtai nazaridan aytib o’tish kerakki, N.Mallayev
tomonidan “O’zbek adabiyoti tarixi” darsligining “Lison ut-tayr” va “Mantiq ut-tayr”
faslida ikki asar o’rtasidagi bir nozik tafovut to’g’ri qayd etilgan: “Attor dostonida
qushlar to’g’ridan-to’g’ri Simurg’ni izlash yo’liga tushsalar, Navoiy dostonida qushlar
o’rin talashib, janjallashganidan so’ng Simurg’ni izlash yo’liga tushadilar”. Akademik
V.Zohidov “Navoiyning falsafiy qarashlari” (1948) mavzusidagi doktorlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Uning “Navoiyning “Lison ut-tayr” asari” nomli
maqolasida mazkur doston g’oyaviy-falsafiy nuqtai nazarlari asoslab berilgan.
Navoiyshunos olim A. Hayitmetov tadqiqotlarida esa mazkur dostonning ayrim metod
va uslubiga doir nazariy qarashlar ifoda etilgan.
“Mantiq ut-tayr” asarini esa forschadan Najmiddin Komilov va Mahkam
Mahmudovlar mahorat bilan tarjima qilib, nasriy bayonini nashr ettirdilar. Ushbu asar
ustida qator tadqiqotlar yaratildi. Jumladan, A.Pirimqulovning “Attorga ta’zim” nomli
maqolasida ham A.Navoiy va F.Attor dostonlari haqida, Navoiyning Attorga ehtiromi
haqida so’z boradi. S.Olim o’zining “Lison ut- tayr” ni anglash mas’uliyati va “Lison
ut-tayr”: haqiqat va majoz sintezi” nomli maqolalarida ham o’zining adabiy tanqidiy
qarashlarini berib o’tadi. B.Nurmuhammedovning “A.Navoiyning “Lison ut-tayr”
dostonida avliyolik ta’rifi” tadqiqotida “valiy”, “avliyo”, “valoyat” kabi so’zlarning
lug’aviy va istilohiy ma’nolari, ularning F.Attor va A.Navoiy ijodida qo’llanilishi kabi
masalalar u yoki bu darajada yoritilgan.
Shunga ko`ra O`zbek olimlaridan V.Zohidov, I.Sulton, B.Valixo`jayev,
A.Qayumov, N.Mallayev, A.Xayitmetov, A.Abdug`afurov, E.Rustamov,
Sh.Eshonxo`jayev, M.Oripov, M.Imomnazarov, I.Haqqul, S.G`aniyeva, Sh.Sharipov,
S.Olim, Z.Hamidov, Z.Mamadaliyeva va boshqa tadqiqotchi olimlar “Lison ut-tayr”
va “Mantiq ut- tayr” ga doir tadqiqotlar: maqola va risolalar yaratishgan.
Ushbu tadqiqot bo’yicha yana bir muhim bir manba borki, bu Izzat Sultonning
“Navoiyning qalb daftari” tadqiqotlar to’plamidir.
Mazkur kitobda A.Navoiyning ko’plab asarlari bilan birga “Lison ut-tayr” dostoni
xususida kerakli ma’lumotlar beriladi. Asarda “Lison ut-tayr” kitobida Navoiy hikoya
qiladi: “Maktabda bo’lgan bir voqea esimga tushadi. Maktabda biz bolalar har birimiz
har asardan saboq olishga harakat qilib, qichqirib o’qiymiz. Ustoz bizga savodimiz
ravon bo’lsin deb she’r o’qitar erdi. Nasrdan esa birimiz “Guliston” ni, va birimiz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |