Mantik ilmining predmeti, asosiy konunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati



Download 63,08 Kb.
bet9/23
Sana26.06.2022
Hajmi63,08 Kb.
#707210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
3-mavzu g'arb falsafasi (11)

Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati
Mantiqiy kategoriyalarning universal harakterga ega bo’lishi ularni bilishda, ishlab chiqarish jarayonlarida, texnika tarmoqlarida ixtisoslashtirilgan holda tadbiq etish imkoniyatini tug’diradi. Bu esa, mantiqdan turli fanlarning konkret masalalarini hal qilishda foydalanishning keng imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Fanning tobora rivojlanib borishi, borliqning murakkab qonunlarining kashf etilishi ilmiy bilish metodi va mantiq apparatini shunga moslashtirishni, tafakkurning har bir konkret masala xaqida aniq, xatosiz, tez hulosalar bera olishini talab qiladi.
Ilmiy va texnik jarayonning bunday talabi natijasida turli fanlarga ixtisoslashgan mantiq tarmoqlari vujudga keldi.
Fan qadriyatlar tizimida o’ziga xos o’ringa ega. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch – quvvatni birlashtiradi, millat dunyoqarashini shakllantiradi, ta’lim – tarbiya, axloq me’yorlarini vujudga keltiradi, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalaydi, mamlakatda qudratli ilmiy potensialni yaratishga xizmat qiladi.
Mantiqni bilish, ayniqsa, ilm fan bilan shug’ullanish, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish, borgan sari ko’payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda o’zlashtirish, ilmiy masalalarning tuzilishini tez bilib olish uchun ham muhim rol o’ynaydi. Mantiqning ilmiy – nazariy ishlar hamda insonning amaliy faoliyati uchun bo’lgan ahamiyatini alohida uqtirish bilan birga, chin hulosa chiqarishning hal qiluvchi sharti – hayotni chuqur o’rganish, har bir voqyelikdagi hollarni mantiq talablari asosida bilish zarur.


Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o’stirishdagi ahamiyati
Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko’tarish va insoniyatning uzoq tajribasi natijasida takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson fikrining ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo’lishini ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o’rganish kishilarning o’z tafakkuri va o’zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi. Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyatlari sohasidagi ishi uchun katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to’g’ri foydalana olish, ta’lim tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning mantiqiy tomonlarini bilish talabalarda o’z nutqining asosli bo’lishini ta’minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam beradi.
Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Xususan, bunday hollarda fikrlash subyekti haqiqatni aniqlash yoki uning sofligini saqlab qolish, asoslash uchun mantiqiy qonun – qoidalarni to’g’ri tadbiq eta bilishi, suxbatdoshining fikridagi xatolarni tez topa olishi, o’z fikrini dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa uning mantiq fanini yaxshi bilishiga ko’p jihatdan bog’liqdir.

Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)
Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Mantiq ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o’rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo’ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formal mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari obyektiv olam va bilish jarayoniga xos bo’lgan eng umumiy qonunlar bo’lib, dialektik mantiqning o’rganish sohasi hisoblanadi. Formal mantiq qonunlari esa faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o’rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo’lishini e’tiborga olgan holda o’rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zaruriy bog’lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqyelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to’g’ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo’lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o’zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to’g’ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo’lish va isbotlilik (asoslanganlik) to’g’ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bo’lganligi uchun, ularning har birini alohida-alohida ko’rib chiqamiz.

Download 63,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish