Infuzoriya tufelkaning binar bo‘linishi
Bezgak paraziti hayot siklida shizogoniya –
ko‘p bo‘linish sodir bo‘ladi. Hujayra yadrosi
bir necha marta mitoz bo‘linib, yosh
hujayralarni hosil qiladi.
Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari,
zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi.
Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan
gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat
qiladi.