Yosh buxoroliklar – Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi).
Dastlab “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan.
1910-20 yillarda “Yosh buxoroliklar” partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar
ziyolilar, savdogarlar va shahar kambag’allari vakillari kirgan. Ular boshida
mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o’tkazish, konstitutsiyaviy
monarxiya o’rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo’yish tarafdori
bo’lgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Usmonxo’ja Po’latxo’jayev (Usmon Xo’ja), Otaulla Xo’jayev, Ahmadjon Hamdiy
(Abusaidov), Homidxo’ja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim “Yosh
buxoroliklar”ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik, uning faoliyatida
Fitrat, Fayzulla Xo’jayev va Muhiddin Mansurov katta rol o’ynashdi. “Yosh
buxoroliklar” iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga o’qishga
jo’natdi. Ular partiyaning moddiy mablag’i hisobidan ta’lim olishgan. Fayzulla
Xo’jayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablag’ ajratgan. Istanbulda
“Buxoro ta’limi maorif jamiyati” tashkil qilinib, jamiyat a’zolari Turkistonda
maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi. Jamiyatning ko’magi bilan
Fitrat va boshqa taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda nashr qilinib, Turkiston
mintaqasiga tarqatildi. “Yosh buxoroliklar”ning maqsadi yangi usul maktablarini
ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini o’stirish, maktab,
2.2. Buxoro amirligida harbiy, diniy va sud sohasidagi davlat
muassasalari faoliyati
Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida, davlat boshqaruvida harbiyma’muriy va din peshvolarining tutgan o‘rni ham o‘ziga xos bo‘lgan. amirlikda dinvakillari juda ko‘p bo‘lgan va ular ta’sirli kuchga ega bo‘lishgan. Din vakillari
aksariyat hollarda imtiyozli guruhlardan - sayyid va xo‘jalardan tashkil topgan edi.
Rossiya istilosiga qadar bo‘lgan davrda jamiyat madaniy hayotiga mas’ul
bo‘lgan shoirlar, mudarrislar, talabalar hayotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmagan.
Asosiy soliq to‘lovchi aholi, jamiyat moddiy boyliklarini yaratuvchi ijtimoiy
tabaqa bo‘lgan raiyat, ijtimoiy tabaqaning quyi qismida qolib, ijtimoiy
adolatsizliklarning asosiy og‘irligi ular zimmasida edi. Mang‘itlar davrida ham
Buxoroda qulchilik saqlangan edi. Qullar asosan rus, eron millatlariga mansub
bo‘lib, harbiy talonchilik yurishlarida qo‘lga olinar va turkmanlar yoki qozoqlar
tomonidan Buxoro bozorida sotilar edi. amirlikda davlatni ijtimoiy tabaqalarga
bo‘lishda aholining qaysi millat yoki urug‘ga mansubligiga ham e’tibor berilgan.
Buxoro qozikaloni huzurida qirq a'lam va 12 muftiydan iborat rivoyatlar
tuzuvchi muftiylar devoni bo`lgan. Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori
mavqega ega bo`lgan. Ular katta yerlarga egalik qilar edi. Shayxulislom bosh
ruhoniy va adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat ma'naviy hayotini
boshqargan. Sud hokimiyati ruhoniylar qo`lida bo`lgan. Barcha qozilar (qozi-ulquzzot) qozikalonga bo`ysungan. Davlat boshqaruvida u yoki bu lavozim
vazifasiga qarab o`zgarib turgan.
Buxoro qozi kaloni huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat rivoyatlar
tuzuvchi muftiylar devoni bo’lgan. Amirlikda musulmon ruhoniylari yuqori
mavqega ega edi. Ular katta yerlarga egalik qilardi. Shayxulislom bosh ruhoniy va
adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat ma’naviy hayotini boshqargan.
Sud hokimiyati ruhoniylar qo’lida bo’lgan. Barcha qozilar qozi kalonga
bo’ysungan. Davlat boshqaruvida u yoki bu lavozim vazifasiga qarab o’zgarib
turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |