Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Guliston davlat universiteti
|
Guliston shahri, 4-mavze
|
Kafedra:
|
“Tarix” kafedrasi
|
“Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti
|
Ta’lim sohasi va yo’nalishi:
|
200000– umumkasbiy fanlar
|
5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
Ma’ruza:
t.f.n. To’ychiboyev
Baxodir
Bosimovich
Amaliyot: t.f.n. To’ychiboyev
Baxodir
Bosimovich
|
e-mail:
|
bahodir@umail.uz
|
Dars vaqti va joyi:
|
Bosh bino 306- auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
02.02.2019-06.04.2019
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Chorshanba va Payshanba kunlari 15.00 dan 17.00 gacha
|
Fanga ajratilgan
soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
74
|
Ma’ruza:
|
38
|
Amaliyot
|
36
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi :
|
Manbashunoslik va tarixshunoslik fanini chuqur o’zlashtirish, nazariy va amaliy masalalar echimini to’liq nihoyasiga etkazish qator fundamental fanlarga asoslanadi, chunonchi: arxeologiya va etnologiya asoslari, xronologiya, jahon tarixi, antropogenez, tabiiy fanlarning zamonaviy kontseptsiyasi, falasafa, iqtisodiyot fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o’qitishdan maqsad – «Manbashunoslik va tarixshunoslik” fanini o’rganishdan maqsad talabalarda ushbu sohalar to’g’risida umumiy tushuncha hosil qilish va ularda qiziqish uyg’otish hamda O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil o’rganish, voqea-hodisalarning tahlil qilish malakasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi:
Yuqorida ta’kidlangan maqsaddan kelib chiqib, fanni o’qitishda quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutiladi:
Turli manbalarni o’rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;
Tarixiy manbalar turlarini tasniflash;
O’zbekiston tarixining turli davrlariga oid manbalar haqida tushunsha hosil qildirish;
Talabalarda tarixiy manbalar bilan ishlash malakalarini takomillashtirish.
Talabalarga tarixiy hodisalar nima va ularning ijobiy yoki salbiy oqibatlar farqini ko’rsatish, asoslash hamda , tarix, etnografiya, arxeologiya, antropologiya, manbashunoslik, tilshunoslikka oid dalillarni qo’llashga o’rgatish;
Tarixiy qonuniyatlar bilan talabalarni tanishtirib borish;
Tarixiy voqea-hodisalarni izohlab, analitik tahlilga qarab yo’naltirilgan tadqiqot olib borish yo’lini o’rgatish;
Berilayotgan dalillarga o’z munosabatlarini bayon qilish zarurligini anglatish va bunga ko’niktirish yo’llarini izlash;
Voqealarning to’g’ri yozilish yo’llarini, to’g’ri va oqilona holatda izoh berish yo’llarini o’rgatish;
Respublikamiz hududi tarixini o’rganishni kuchaytirish, O’zbekistonning asl tarixini yaratish uchun hamda amaliy tadqiqotlar olib borishni davom ettirish zarurligini ko’rsatish;
Yoshlarda tarixga muhabbat, ajdodlar xotirasiga xurmat, moddiy va ma’naviy merosni ko’z qorachig’iday asrash hissini uyg’otishni ko’zda tutadi.
|
|