8. Ma'vzu: Ma'naviyatga ilmiy yondoshuv va tamoyillar
mohiyati
Ma'ruza rejasi
1. Ma'naviyatga turli yondoshuv va munosabatlarning umumiy tavsifi, ularning tarixiy va zamonaviy, diniy va dunyoviy ko‘rinishlari.
2. Ma'naviyatga idealistik va materialistik; gumanistik, demokratik va texnokratik yondoshuvlar mohiyati.
3. Ijtimoiy-falsafiy yondoshuvlar: dogmatik, dialektik, sinergetik, pozitivistik, pragmatik va ekzistensional yondoshuvlar.
4. Ma'naviyatga ilmiy yondoshuvning ahamiyati.
Ikkinchi mavzu o’rganayotganda, ma’naviytaga turlicha yondashuvlar va munosabatlar to’g’risida gapirilgan edi. Biz ularni takrorlab o’tirmaymiz. Faqat asosiy tezislari va xulosalarini yana bir bor eslatamiz.
Ma’naviyatga yondashuvlar fikr yuritayotgan, kishining tadqiq etayotgan omilining e’tiqodi, dunyoqarashi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasi, ilmiy maktabi an’analariga muvofiq har xil bo’ladi. Eng avvalo ma’naviyatga dunyoviy va diniy nuqtai nazardan yondashish mumkin. Dunyoviy yondashuv ma’naviytaning kelib chiqishini, mazmun mohiyatini, ijtimoiy vazifalarini ilohiy kuchlar, ilohiy omillar va ilohiy maqsad bilan bog’lamaydi. Diniy yondashuv esa, aksincha bog’laydi. Ezgulik, burch, vijdon, yoki nafs, hirs, xiyonat, go’zalik va h.k. kelib chiqishiga g’ayritabiiy kuchlarning insonga ta’siri, to’gri yoki xato yo’l ko’rsatishi, undashi natijasidir. Barcha ijobiy tuyg’ular, intilishlar, ezguliklar ollohdan, uning ko’rsatmalari, barcha salbiylari esa shaytondan.
Dunyoviy yondashuvlarni ilmiy va noilmiy yondashuvlarga bo’lishimiz mumkin. Ilmiy yondashuvlar ma’naviyatga izchil tarixiy va mantiqiy, turli ilmiy tahlil va umumlashtirish usullaridan foydalanib munosabatda bo’ladi. Ma’naviyat hodisalarning sabablari, harakatlantiruvchi kuchlarini topishga harakat qiladi. Ijtimoiy determinizm sabab-oqibat aloqadorligi nuqtai nazaridan ularni o’rganish, har xil asossiz uydurma, fanatiziya va g’ayritabiiy, parapsixologik omillarga berilmaslik ilmiy yondashuvning asosiy belgiladir. Ilmiy yondashuv o’rganayotgan jarayondagi noaniq, nomalum jihatlarni hech qachon g’ayritabiiy sabablarga yo’ymaydi. Balki ularni ilmiy muammo sifatida e’tirof etadi va uni tadqiq etishga e’tiborini qaratadi. U turli ilmiy farazlarni olg’a surishi mumkin, lekin fantasti uydurmalarni emas. Ilmiy farazlar hech qachon mantiqqa zid kelmaydi. Ular hali aniqlanmagan, nashr etilmagan obyektiv aloqalar, qonuniyatlar to’g’risidagi mantiqiy tahminlardir.
Ilmiy yondashuv falsafiy-e’tiqodiy jihatdan materialistik yoki idealistik bo’lishi mumkin. Materialistik yondashuv ma’naviyatni ijtimoiy hodisa, inson ehtiyojlari, ijtimoiy munosabatlarni anglab olish va ularni tartibga solish zaruratining mahsuli, moddiy-iqtisodiy bazis ustida paydo bo’lgan mafkuraviy qurilma, deb hisoblanadi. Idealistik yondashuv esa ma’naviyatni inson ongi, tafakkuri, tuyg’ulari, g’oyalari, aqliy faoliyati mahsuli deb baholaydi. O’z navbatida inson aqli, g’oyalari transident hodisa, ya’ni tug’ma, jamiyatdan va insoning o’zidan tashqaridagi hodisa (kant), yoki mutlaq g’oyaning, mutlaq ruhning insonda sintezlashuv (Gegel) hodisasi deb qaraydi. Materialistik yondashuvlar dialektik yoki metafizik ko’rinishlarga ega. Ulardan tashqari yana vulgar-materialistik bo’lishi mumkin, ammo u shaklan ilmiy ko’rinsada, aslida noilmiydir. Dunyoviy noilmiy yondashuv rang-barang va chigal shakllarda namoyon bo’lilishi mumkin. Ular ko’proq undalik ong, hayotiy tajriba, turmushning har xil muammolariga duch kelgan kishining tizimlashtirilmagan va aqlirasolikdan kelib chiqib qilgan xulosalari, natijalari, yoki his-hayajoni, tuyg’ulari tug’dirgan bir tomonlama munosabat, yoki ma’naviy hodisalarning sabab-oqibat bog’liqliklarini, o’zaro aloqalarini noto’g’ri tushunish oqibatlari bo’lishi mumkin. Noilmiy yondashuvlar, yuqorida aytilganidek, vulgar-materialistik bo’lishi mumkin. Sotsial- darvinizm konsepsiaylari shulardan biridir. Unda biologik qonunlar jamiyatga nisbatan notanqidiy, mexanistik ravishda qo’llaniladi. Vulgar-materializmning boshqa shakllari ham bor. Noilmiy yondashuvlar ba’zan tadqiqotchining ma’naviyatga biryoqlama yondashuvi, hodisasining biror jihatini mutlaqlashtirish oqibati ham bo’lishi mimkin.
His-hayajonlar, bir yoqlamalik narsa va hodisal;arning biror tomonini mutlaqlashtirish turli hil tasodiflarga, jamiyat va insonga nisbatan noilohiy, ammo irratsional qarashlarni, munosabatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, odamlar kometalar (xalq tilida – dumli yulduzlar) har xil tabiiy ofatlarga, epidemiyalarga sabab bo’ladi, deb ishonganlar, hozir ham bunday kishilar yo’q emas. Boshqa misol: sayyoralarning bir-biriga nisbatan egallagan joyi, burchagi va sh.k.lar tug’ilayotgan bolaning taqdiriga, odamlarning kundalik hayotiga ta’sir ko’rsatishiga ishonadigan odamlar ko’p. Munnajimlarning bashoratlari, tuzgan gorospoklarini chop etadigan gazeta va jurnallarning, telekanallarning esa son-sanog’i yo’q.
Biror kishining shaxsiga sig’inish, daho ijodkorlar shaxsisni va qoldirgan merosini ideallashtirish, yoki o’tmishga o’tmish madaniyati va urf-odatlariga notanqidiy, mutlaqlashtirish nuqtai-nazaridan baho berish ham mazmunan irranatsionaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |