Ma’naviyatning estetik asoslari


Ma'naviyatni rivojlantirish - davlat siyosatining asosi



Download 131,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana29.12.2021
Hajmi131,92 Kb.
#82979
1   2   3   4
Ma'naviyatni rivojlantirish - davlat siyosatining asosi 

Ma'naviyatning rivojlanishi davlat yuritayotgan siyosatga bog'liqligi 

uning  jamiyatning  rivojlanishiga  asosiy  turtki  beruvchi  hodisaligida 

namoyon bo'ladi. Masalan, sobiq sho'rolar tuzumi davrida ma'naviyat va 

u  bilan  bog'liq  masalalarga  sust  e'tibor  berilgan,  buning  oqibati  o'laroq 

davlatda manqurtlar sonining ortib borishi hamda davlatning har sohada 

ortda  qolib  ketishi  va  ma'naviy  parokandalik,  ruhiy  qashshoqlikning 

kuchayib ketishiga va davlatning inqirozga yuz tutishiga olib keldi. 

Ma'naviyatning  davlat  siyosati  darajasiga  ko'tarilishining  asosiy 

sabablari:\ 

Birinchidan,  jamiyatda  amalga  oshiriladigan  barcha  vazifalarning 

taqdiri,  unda  yashaydigan  odamlarning  tafakkuri,  ongi  qay  darajada 

o'sishi bilan bog'liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi 

bo'lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo'nalishidan kelib chiqqan holda 

o'zgartirmasdan turib ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. 

Ikkinchidan,  ittifoq  tarqalib  ketishi  bilan  uning  mafkurasidan 

kechish va har qanday mafkuraga qarshi kurashish jarayoni boshlandi. Bu 

esa  odamlarning  ma'naviyatiga,  qadriyatlariga  o'zining  salbiy  ta'sirini 




o'tkazdi. Ba'zi olimlar avval iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish zarur, ana 

o'shanda ma'naviyat ham o'z iziga tushib ketadi degan fikrlarni aytdilar. 

Bu  esa  insonlarni  bir  tomonlama  ya'ni  shaxsiy  manfaatlarga  ustuvorlik 

berish  tuyg'usini  kuchaytirib  yubordi  xolos,  vatanparvarlik  va  milliy 

manfaatlardan o'zining manfaatlarini ustun qo'yish boshlanib ketdi. 

Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi esa yangi jamiyat qurish uchun 

xatarli.  

Uchinchidan, 

ittifoqning 

tarqalib 

ketishi

iqtisodiy 



munosabatlarning  uzilishi  nafaqat  bizda  balki  butun  MDH  hududida 

keskin  iqtisodiy  muammolarni  yuzaga  kelishi  odamlarni  dovdiratib 

qo'ydi, ko'pchilik hollarda yoshlarning ta'lim olish, kasb o'rganish o'rniga 

bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfi yuzaga keldi. Pul topish, o'z 

iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish albatta yaxshi, lekin bu shaxs va  millat 

kamoloti manfaatlariga zid kelmasligi, ularning ma'naviy qashshoqlashib 

ketishiga  olib  kelmasligi  lozim.  Bunday  xavfli  jarayonning  oldini  olish 

zarur. 


To'rtinchidan,  ittifoq  davrida  erishilgan  barcha  yutuqlar  faqatgina 

Rossiya  manfaatlariga  xizmat  qilib  keldi,  O'zbekistonga  turli  bahonalar 

bilan rus millati vakillarining ko'chib kelishi va bu yerda ruscha turmush 

tarzi,  rus  tili,  rus  an'analarini  singdirish,  mahalliy  xalqlarni  boshqarish 

hisobiga  rus  millati  ma'naviyati  ustivorligiga  erishish  va  rus  turmush 

tarzini  shakllantirishga  ham  xizmat  qilib  keldi.  Bunday  ayyor  va 

zo'rovona  siyosat  oqibatida  millatlarning  o'zligini  anglashga  bo'lgan 

intilishiga  zarba  berildi.  Bu  narsa  millatning  yo'q  bo'lib  ketish  xavfini 

tug'dirdi. Bu salbiy jarayonning oldi olinmasdan,  millat rivojiga erishib 



bo'lmaydi.  Uni  bartaraf  etish  faqat  milliy  ma'naviyatni  tiklash  va 

rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Beshinchidan,  millat  katta  yoki  kichik  bo'lishidan  qat'iy  nazar 

ma'lum 


moddiy 

va 


ma'naviy 

boyliklarni 

yaratuvchisi, 

istemolchisi, 

boshqalarda  uchramaydigan

,  o'ziga  xos  xususiyatlari 

mavjudligini va o'zining mustaqil o'rniga ega bo'lish kabi omillarni, ya'ni 

chinakam  millat  sifatidagi  maqomini  tiklash  hayotiy  zarurat  darajasiga 

ko'tarilgan edi. 

Oltinchidan, o'zbeklar jahon sivilizatsiyasiga o'zining katta hissasini 

qo'shgan xalqdir. Uning ma'naviyat, fan, madaniyat sohasidagi yutuqlari 

hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Ittifoq esa bizdagi 

bu yutuqlarni, bobokalonlarimizni unutishga intilar edi. 

Mustaqillik  sharoitida  esa  uni  qayta  tiklash,  jahonda  o'zining 

munosib va adolatli o'rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma'naviyatni 

rivojlantirish orqali erishish mumkin. 

Yettinchidan,  ma'naviyat  millatni  va  butun  mamlakat  aholisini 

ma'lum 


maqsadlar 

sari 


davlat 

atrofida 

uyushtiruvchi, 

ularni 


faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug'lovchi, 

uning qadrini anglatuvchi ulkan mexanizmdir. Bu muhim mexanizmdan 

mustaqillikni  mustahkamlash,  islohotlarni  amalga  oshirish,  millatimizni 

qaddini  ko'tarishda  foydalanishga  bo'lgan  ehtiyoj  davlatimiz  hukumati 

tomonidan o'z vaqtida anglab yetildi. 

Mustaqillikdan so'ng  ma'naviyatni rivojlantirish va  milliy  merosni 

qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko'tarildi. 

Shu  sababli  Prezident  tomonidan  1994  yil  23  aprelda  «Ma'naviyat  va 

ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to'g'risida»gi, 1996 yil 9 



sentyabrda  ushbu  markaz  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va 

samaradorligini oshirish to'g'risidagi, 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika 

ma'naviyat  va  ma'rifat  kengashini  qo'llab-quvvatlash  to'g'risidagi» 

farmonlari  chiqarildi.  Ushbu  farmonga  muvofiq  oliy  o'quv  yurtlarida 

1997  yildan  buyon  «Ma'naviyat  asoslari»  fani  va  maktablarda 

«Odobnoma» darslari o'tilmoqda, viloyatlarda va korxonalarda markazlar 

ishlab turibdi. 

Milliy  ma'naviy  tiklanish  kontseptsiyasi  I.A.Karimov  tomonidan 

ishlab chiqilgan bo'lib, quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi: 

1. Ma'naviy meros va diniy qadriyatlarni o'zlashtirish, milliy tuyg'ularni 

mustahkamlash. 

2. Milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, uni xalqimiz dunyoqarashiga 

aylantirishga erishish. 

3. Ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga 

oshirish... 

4.  Milliy,  ma'naviy  salohiyatimizning  jahon  sivilizatsiyasidagi  o'rnini 

tiklash  va  hozirgi  zamon  umumjahon  ma'naviyati  tizimi  rivojiga  hissa 

qo'shish. 

5.  Yoshlar  ma'naviyatini  milliy  g'oya 

bilan  boyitib  borish

,  ular  ongida 

mafkuraviy immunitetni kuchaytirish. 

6.  Insoniyatning  asrlar  davomida  yaratgan  va  umumjahon  mulkiga 

aylangan barcha boyliklarni milliy – ma'naviy salohiyatimizning ajralmas 

qismiga aylantirish. 

Xulosa  qilib  aytganda,  ma'naviyat  insonni  jamiki  boshqa 

mavjudotlardan  ajratib  turuvchi  ijtimoiy  hodisa,  odam  ruhiy  va  aqliy 

olamining majmui, inson qalbidagi ilohiy nurdir. 



Download 131,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish